1. tabiat va inson


SUYUQLIK VA GAZLARNING BOSIMI GIDRO-


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

SUYUQLIK VA GAZLARNING BOSIMI GIDRO- 
VA AYEROSTATIKA 
 
35. SUYUQLIK VA GAZLARNING BOSIMNI
UZATISHI. PASKAL QONUNI 
Suyuqlik va gazlarning qattiq jismlardan farqi shundan 
iboratki, bularda ayrim qatlamlar va mayda zarralar bir-
biriga nisbatan hamma yo’nalishda erkin siljishi 
mumkin. Masalan, stakandagi suvni harakatlantirish 
uchun uning sirtiga sekingina puflashning o’zi kifoya; 
daryo yoki ko’llarda oz-gina shamol paydo bo’lishi 
bilanoq ulardagi suvning beti jimirlay boshlaydi. 
Suyuqliklar va gazlarga berilgan bosim qattiq 
jismlardagidek faqat kuch ta’sir qilgan yo’nalish-dagina 
emas, balki hamma yo’nalishlarda o’zatilishi shu 
suyuqlik va gazlar zarralarining erkin harakatlanishidan 
kelib chiqadi. Bu hodisani batafsilroq ko’rib chiqamiz. 
Quyidagi rasmda suyuqlik yoki gaz solingan idish 
tasvirlangan. 
Idish siljiy oladigan porshen bilan berkitilgan. Nuqtalar 
bilan gaz zarralari tasvirlangan bo’lib, ular idishning 
butun hajmi bo’yicha bir tekisda taqsimlangan.
Biror kuch ta’sir ettirib, porshenni idishga bir oz 
kiritamiz, bunda porshen o’z ostidagi gazni siqadi. 
Natijada bu yerda gaz zarralari siqilishdan oldingi-siga 
qaraganda birmuncha zichroq joylashadi (yuqoridagi 
rasm). Gaz zarralari harakatchan bo’l-gani uchun hamma 
yo’nalish bo’yicha siljiydi, shu sababli ularning 
joylashishi yana bir tekis bo’lib qoladi, ammo oldingisiga 
nisbatan zichroq bo’ladi (yuqoridagi rasm), shuning 
uchun gaz bosimi hamma joyda ortadi. Bundan, 
qo’shimcha bosim gaz yoki suyuqlikning hamma 
zarralariga uzatiladi, degan xulosa kelib chiqadi. 
Masalan, agar porshen yaqinida gaz bosimi 1 Pa ortsa, 
u holda gaz ichidagi hamma nuqtalarda bosim 
oldingisiga nisbatan shuncha ortadi. Idish devorla-riga 
bo’lgan bosim ham 1 Pa ga ortadi. 
Suyuqlik yoki gazga ta’sir ettirilgan bosim suyuqlik 
yoki gazning har bir nuqtasiga o’zgarishsiz uzatiladi. Bu 
aytilgan fikr Paskal qonuni deyiladi. 
Paskal qonuni asosida kuydagi tajribalarni 
tushuntirish oson. 
Quyidagi rasmda turli joylarida tor teshiklari bo’lgan 
ichi bo’sh shar tasvirlangan. Sharga nay ulangan bo’lib, 
bu nay ichiga porshen kiritilgan. Agar sharni suvga 
tuldirib, porshenni nay 
ichiga itarsak sharning hamma teshiklaridan suv otilib 
chiqadi. Bu tajribada porshen naydagi suv sirtiga bosadi. 
Porshen tagidagi suv zarrachalari zichlashadi, uning 
bosimini chuqurroqda yotgan boshqa qatlamlarga 
uzatadi. Shunday qilib, porshenning bosimi shardagi 
suyuqlikning barcha nuqtalariga uzatiladi. Natijada 
suvning bir qismi shar ichidan hamma yo’nalishda 
chiquvchi oqim shaklida otilib chiqadi. Agar sharni 
tutunga tuldirib, porshenni nay ichiga itarsak u holda 
sharning hamma teshik-laridan tutun oqimi chiqa 
boshlaydi (quyidagi rasm). Bu gazlar ham o’ziga bo’lgan 
bosimni hamma tomonga bir xil uzatishini tasdiqlaydi. 
1.Suyuqlik va gazlar bosimni qanday uzatadi? 2. 
Suyuqlik va gazlar bosimni hamma tomonga bir xil 
uzatishini qanday tushuntirish mumkin? 3. Paskal 
qonuni qanday ifodalanadi? 4. Suyuqlik va gazlar orqali 
bosimning o’zatilish xususiyatini tajribada qanday 
ko’rsatish mumkin? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling