1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
33. BOSIM. BOSIM BIRLIKLARI
Yumshoq qor ustida kishi har qadamda qorga botib, yurishi qiyinlashadi. Ammo kishi oyog’iga chang’i bog’lasa, qorga botmay bemalol yurishi mumkin. Nima uchun? Kishi chang’ida yoki chang’isiz turganida qorga o’z og’irligiga teng bo’lgan bir xil kuch bilan bosadi. Ammo bu kuchning ta’siri bu ikki holda boshqa-boshqa bo’ladi, chunki kishi bosib. turgan maydon yuzi turlichadir. Chang’i tagining yuzi oyoq kiyimimiz tag charmi yuzidan taxminan yigirma marta kattadir. Binobarin, kishi chang’ida turganda qorning har bir birlik yuziga chang’isiz turgandagiga Qaraganda yigirma marta kam kuch bilan bosadi. Doskaga gazeta osayotgan o’quvchi har bir knopkani bir xil kuch bilan bosadi. Ammo uchi o’tkir bo’lgan knopka yog’ochga oson kiradi. Shunday qilib, bosim kuchining ta’siri natijasi bu kuchning moduligagina emas, balki kuch perpendikulyar ta’sir qiladigan sirt yuziga ham bog’liqdir. Bunday xulosani tajribalar tasdiqlaydi. Kuchning ta’sir natijasi sirtning birlik yuziga qanday kuch ta’sir qilishiga bog’liq. Ko’rib chiqilgan misollarda kuchlar jism sirtiga perpendikulyar ravishda ta’sir qildi. Odamning og’irligi qor sirtiga perpendikulyar; knopkaga ta’sir qilgan kuch uning sirtiga pyerpendikulyar edi. Sirtga perpendikulyar ta’sir qiluvchi kuchning shu sirt yuziga nisbatiga teng bo’lgan kattalik bosim deyiladi. Binobarin, bosimni aniqlash uchun sirtga perpendi-kulyar ta’sir qilayotgan kuchni sirt yuziga bo’lish kerak 20 yuz kuch bosim yoki S F p , bunda p-bosim, F- sirtga ta’sir qiyaotgan kuch, S-sirtning yuzi. Bosim birligi qilib, 1 N kuch ning 1 m 2 ga bosimi qabul qilingan. Bu birlik qisqacha 1 2 m N shaklida yoziladi. Fransiya olimi Paskal sharafiga 1 2 m N bosim birligi paskal deb atasladi (qisqacha Pa). Shunday qilib, 2 1 1 m N Pa . Shuningdek, bosim birligi 1 gPa=100 Pa; 1 kPa=1000 Pa. Mi sol. Bolaning massasi 45 kg, botinkasi tag charmining yuzi 300 sm 2 . Uning polga beradigan bosimini hisoblaymiz. kPa Pa S mg S F p 15 15000 03 , 0 8 , 9 45 . 1.Ta’sir kuchi shu kuch ta’sir etadigan tayanch yuziga bog’liq bo’lishini ko’rsatadigan misollar keltiring. 2. Nima uchun chang’ida yurgan kishi qorga botib ketmaydi? 3. Nima uchun o’tkir uchli knopka o’tmas uchli knopkaga qaraganda daraxtga oson kiradi? 4. Ta’sir kuchi sirtning yuziga bog’liq bo’lishini qanday tajribada ko’rsatish mumkin? 5. Bosim deb nimaga aytiladi? 6. Bosim qanday aniqlanadi? 7. Qanday bosim birliklarini bilasiz? 15-mashq 1. Massasi 6610 kg bo’ l gan gusenistali DT-75M traktori ikkala gusenitsasining tayanch yuzi 1,4 m 2 . Shu traktorning yerga beradigan bosimini aniqlang. 2. Odam belkurakka yuqoridan 600 N kuch bilan bosadi. Agar belkurakning eni 20 sm, kesuvchi uchining qalinligi 0,5 mm bo’lsa u tuproqqa qanday bosim ko’rsatadi? 3. Massasi 45 kg bo’lgan bola changida turibdi. Har qaysi chang’ining uzunligi 1,5 m eni 10 sm. Bola qorga qanday bosim ko’rsatadi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling