1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27. DINAMOMETR
- 8. KUCH - VEKTOR KATTALIK
12-mashq
1. Massasi 2,5 kg, 800 g, 1,2 t, 50 g bo’lgan jismga ta’sir qiladigan og’irlik kuchi qanchaga teng? 2. Massasi 10 kg; 200 g bo’lgan jismning og’irligi necha nyutonga teng? 3. Odamning og’irligi 800 N. Uning massasi qancha? 27. DINAMOMETR Kuch o’lchanadigan asboblar dinamometrlar deyiladi. Prujinali eng oddiy dinamometr quyidagicha yasaladi. Oq qog’oz yopishtirilgan taxtachaga ilgakli sterjeni bo’lgan prujina mahkamlanadi (quyidagi rasm). Sterjenning yuqorigi qismiga ko’rsatkich biriktiri-ladi. Ko’rsatkichning prujina cho’zilmagandagi vaziyati qog’ozga belgilanadi. Bu nolinchi chiziqcha bo’ladi. So’ng ra ilgakka massasi 8 , 9 1 kg, ya’ni 102 g bo’lgan yuk osiladi,. Bu yukka 1 N og’irlik kuchi ta’sir qiladi. 1 N kuch 16 ta’sirida prujina cho’zi-ladi, ko’rsatkich pastga to’shadi. Uning yangi vaziyati qog’ozga belgilanadi va bu chiziqcha yoniga 1 raqami qo’yiladi (yuqoridagi rasm). So’ngra massasi 204 g bo’lgan yo’q osiladi va 2 raqami quyiladi. Bu raqam shunday vaziyatda prujinaning elastiklik kuchi 2 N ekanini bildiradi. 306 g yuk yordamida 3 N belgisi, 408 g yo’q yordamida 4 N belgisi qo’yiladi va hokazo. Nyutonning o’ndan bir ulushlariga mos kelgan 0,1; 0,2; 0,3 N va hokazo bo’limlarni belgilash mumkin. Buni prujinaning deformastiyasi qancha ortsa, uning elastiklik kuchi shuncha marta ortishiga asoslanib qilish mumkin. Buning uchun 0 va 1; 1 va 2; 2 va 3 hokazo belgilar orasidagi oralikni 10 ta teng bo’lakka bo’lish kerak. Darajalangan prujina oddiy dinamometr bo’ladi (asbobni darajalash unga bo’limli shkala o’rnatish demakdir). Dinamometr yordamida og’irlik kuchinigina emas, balki boshqa kuchlarni: ishqalanish kuchini, elastiklik kuchini va hokazolarni o’lchashmumkin. Kaftni musht qilib qisganda qo’lning mus qo’l kuchini o’lchash uchun qo’l dinamometri — kuch o’lchagich (quyidagi rasm) qo’llaniladi. 1. Kuchlar qanday asbob bilan o’lchanadi? Uning tuzilishi nimaga asoslangan? 2. Oddiy dinamometr qanday qilib yasaladi? 3. 0,1 N ga mos kelgan bo’limlar dinamometr shkalasida qanday belgilanadi? 4. Kuch o’lchagich nimani o’lchashda qo’llaniladi? 28. KUCH - VEKTOR KATTALIK Kuchning jismga ta’siri uning son qiymatiga bog’liq. Prujina qanchalik ko’p kuch bilan cho’-zilsa, u shunchalik ko’p uzayadi. Ammo kuchning ta’siri kuchning yo’nalishiga ham bog’liq bo’ladi. Kuchning yo’nalishiga qarab prujina cho’ziladi yoki qisiladi, eshik ochiladi yoki yopiladi. Son qiymatidan (modulidan) tashqari yo’nalishga ham ega bo’lgan kattaliklar vektor kattaliklar deyiladi. Kuch — vektor kattalik. Vektor kattaliklar ustiga stryelka quyilgan harflar, masa- lan, F bilan, modul esa ustiga stryelka quyilmagan o’sha harflar bilan belgilanadi. Jismga ta’sir qiluvchi kuch uning qaysi nuqtasiga quyilganligi ham katta ahamiyatga ega. Eshik dastasining iloji boricha oshiq-moshiqlardan uzoqroqqa mahkamlanishi bejiz emas. Oshiq.-moshiqqa yaqin joydagi nuqtadan eshikni itarib ochib ko’ringchi. Bunday qilish eshikning dastasidan ushlab ochganga qaraganda qiyinroq bo’ladi. Yuqorida keltirilgan misollardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: kuchning jismga ko’rsata-digan ta’siri uning moduliga, yo’nalishiga va kuch quyilgan nuqtaga bog’liq. Mi sol. Polda massa si 50 kg bo’lgan unli qop turibdi. Qopning og’irlik kuchini va uning og’irligini hisoblaymiz. Bu kuchlarni chizmada tasvirlaimiz. Og’irlik kuchi jismning o’ziga ta’sir qilishini, og’irlik esa tayanchga ta’sir qilishini bilamiz N kg kg N gm P F 500 50 8 , 9 1. Kuchning ta’siri uning moduliga, yo’nalishiga va qo’yilish nuqtasiga bog’liqligini ko’rsatuvchi misollar keltiring. 2. Nima uchun kuch vektor kattalik bo’ladi? 3. Kuchlar chizmada qanday tasvirlanadi? 4. Og’irlik kuchi va jismning og’irligi chizmada tasvirlanganda nima bilan farq qiladi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling