1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 43. TURLI BALANDLIKLARDA ATMOSFERA BOSIMI
20-mashq 1. 760 mm sim. ust. ga teng atmosfera bosimida, barometrdagi suv ustuni qanday balandlikda bo’lgan? 2. 1654 yili Otto Gerike atmosfera bosimi borligini 27 isbotlash uchun Magdeburg shahrida shunday bir tajriba qildi: bir-biriga tegizib qo’yilgan ikkita metall yarim shar ichidagi havoni so’rib oldi. Atmosfera bosimi yarim sharlarni bir-biriga shu qadar kuchli siqdiki, ularni sakkiz juft ot ham ajrata olmadi. Yarim sharlarning havo bosayotgan sirti 2800 sm 2 , atmosfera bosimi esa 760 mm. sim. ust. ga teng deb qabul qilinsa, ularni siqib turgan kuchni hisoblang. 3. Bir uchi berk ikkinchi uchida jo’mragi bo’lgan 1m uzunlikdagi nayning havosi so’rib olingan. Nayning jo’mrakli uchini simobga botirib, jo’mrak ochilgan. Simob nayni butunlay tuldiradimi? Agar simob o’rniga suv olinsa, u nayni butunlay to’ldiradimi? 4. a). 740 mm sim. ust., b) 780 mm sim. ust. bosimni gektopaskal bilan ifodalang. 43. TURLI BALANDLIKLARDA ATMOSFERA BOSIMI Suyuqlikda bosim suyuqlikning zichligiga va suyuqlik ustuni balandligiga bog’liq ekanini biz bilamiz. Suyuqlik kam siqiluvchan bo’lgani uchun uning zichligi turli chuqurliklarda deyarli bir xil, shuning uchun bosimni hisoblashda uning zichli-gini o’zgarmas deb olamiz va faqat sathining o’zgarishini hisobga olamiz. Gazlarda ish birmuncha murakkabroq bo’ladi. Gazlar juda siqiluvchan bo’ladi. Gaz qancha siqilsa, uning zichligi shuncha ko’p bo’ladi va u shunchalik ko’p bosim beradi. Axir gazning bosimi uning molekulalarining jism sirtiga urilishi natijasida hosil bo’ladida. Yer sirtiga yaqin turadigan havo qatlamlariga uning ustida turgan hamma havo qatlamlari bosadi. Ammo havo qatlami Yer sirtidan qancha baland joylashgan bo’lsa, u shuncha kam siqilgan, zichligi shuncha kam bo’ladi, demak u shunchalik kamroq bosim kosil qiladi. Agar, masalan, havo shari Yer sirtidan ko’tarilsa, bu holda havoning sharga bosimi kamayadi, bunga shar ustidagi havo ustuni baland-ligining kamayishigina sabab bo’lmasdan, balki havoning zichligi yuqorida pastdagiga nisbatan kam bo’lishi ham sabab bo’ladi. Shuning uchun havo bosimining balandlikka bog’liq bo’lishi suyuqlik bosimining uning ustuni balandligiga bog’liq bo’lishiga qaraganda murakkabroq. Kuzatishlar natijasi dengiz sathida yotgan joy-larda atmosfera bosimi o’rta hisob bilan 760 mm sim. ust. ga teng bo’lishini ko’rsatadi. Joy dengiz sathi-dan qancha baland bo’lsa, u yerda bosim shuncha kam bo’ladi. 0°C temperaturada balandligi 760 mm sim. Ust. Bosi-miga teng bo’lgan atmosfera bosimi normal atmosfera bosimi deyiladi. Normal atmosfera bosimi 101 300 Pa = 1013 gPa=101,3 kPa. Ko’pincha hisoblashlarda nomal atmosfera bosimi 101 kPa yoki 10 5 Pa deb olinadi. Yuqoridagi rasmda balandlik o’zgarishiga qarab atmosfera bosimining o’zgarishi ko’rsatilgan. Uncha baland bo’lmagan tepaliklarda har bir 12 m ko’tarilishda bosim o’rta hisob bilan 1 mm simob us-tunicha kamayadi. Bosimning balandlikka bog’liq bo’lishini bilgan holda barometr ko’rsatishlarining o’zgarishiga qa-rab joyning dengiz sathidan qancha baland ekanini aniqlash mumkin. Ko’tarilish balandligini bevosita aniqlashga imkon beruvchi shkalasi bo’lgan anero-idlar balandlik o’lchagich deyiladi. Ular aviatsiyada va tokka chiqishda ishlatiladi. 1. Yer sirtidan ko’tarilish balandligi ortishi bilan atmosfera bosimining kamayishini qanday tushuntirish mumkin? 2. Qanday atmosfera bosimi normal bosim deyiladi? 3. Balandlikni atmosfera bosimiga qarab o’lchashda ishlatiladigan asbob nima deb ataladi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling