1. tabiat va inson
ARXIMED KUCHI. ARXIMED QONUNI
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
48.ARXIMED KUCHI. ARXIMED QONUNI
Suyuqlik ichida turgan jismni itarib chiqaruvchi kuch kattaligini hisoblash mumkin. Ammo uni quyidagi rasmda tagvirlangan asbobdan foydanib, tajribada aniqlash oson. Prujinaga kichikroq chelak-cha va stilindr formasidagi jism osib qo’yiladi. Prujinaning cho’zilishini shtativdagi stryelka qayd qilib (quyidagi rasm), jismning havodagi og’irligini ko’rsatadi. Stilindrni yuqoriroq ko’tarib, uning ostiga 30 ichida jo’mragigacha suyuqligi bo’lgan jo’mrakli idish qo’yiladi va silindr suyuqlikka butunlay botiriladi (quyidagi rasm). Bunda suyuqlikning hajmi stilindr hajmiga teng bo’lgan qismi jo’mrakli idishdan stakanchaga quyiladi. Prujinaning ko’rsatkichi yuqori ko’tariladi, suyuqlik ichidagi jismning og’irligi kamayganini ko’rsatib, prujina qisqaradi. Bu holda jismga og’irlik kuchidan tashqari, yana uni suvdan itarib chiqaruvchi kuch ham ta’sir qiladi. Agar chelakchaga stakanchadagi suvni quysak u holda prujina ko’rsatkichi o’zining dastlabki holatiga kaytadi (quyidagi rasm). Bu tajribaga asoslanib shunday xulosa chiqarish mumkin, ya’ni suyuqlikka butunlay botirilgan jismni itarib chiqaruvchi kuch bu jism hajmiga teng hajmli suyuqlik og’irligiga teng. Agar shunga o’xshash tajribani biror gaz ichiga tushirilgan jism ustida o’tkazilsa, bu tajriba jismni gazdan itarib chiqaruvchi kuch bu jism hajmiga teng hajmli gaz og’irligiga teng ekanligini ko’rsatgan bo’lur edi. Jismni suyuqlik yoki gaz ichidan itarib chiqaruv-chi kuch shu kuch mavjudligini birinchi bo’lib ko’rsatgan va uning qiymatini hisoblab chiqargan qadimgi grek olimi A r x i m e d sharafiga arximed kuchi deb ataladi. Agar jism og’irligi vakuumda P=mg bo’lsa, bunda m-jism massasi, u holda shu jismning suyuqlik (yoki gaz) ichidagi og’irligi P 1 arximed kuchi F A qadar kam bo’ladi, ya’ni P 1 =gm-gm 1 , bunda, bunda m 1 -suyuqlik (gaz) ichidagi jism hajmi qadarli suyuqlik yoki gazning massasi. Shuning uchun ayrim hollarda suyuqlik (yoki gaz) ichiga botirilgan jism o’zining hajmi qadarli siqib chiqar-gan suyuqlik (yoki gaz) og’irligicha o’z og’irligidan yo’qotadi. Odatda, Arximed qonuni shunday ta’riflanadi. Zichligi bo’lgan suyuqlikda hajmi V bo’lgan jismga ta’sir qiluvchi Arximed kuchini hisoblaymiz. Arximed kuchi jism hajmi qadarli suyuqlik og’irligiga teng. Demak F A =P=mg. Jism siqib chiqargan suyuqlikning massasi m ni uning zichligi va hajmi orqali ifodalash mumkin, m= s V. Bu holda quyidagini hosil qilamiz: V g F s A 1 - m a s a l a . Hajmi 1,6 m 3 bo’lgan toshga ta’sir qiluvchi dengiz suvining itarish kuchini aniqlang. N V g F s A 16480 6 , 1 1030 10 . 2-masala. Jismning havodagi vazni 20 N suyuqlik-dagi vazni 12 N bo’lsa, unga ta’sir etuvchi arximed kuchi nimaga teng? N P P F A 8 12 20 1 1. Suyuqlik ichiga butunlay tushirilgan jism qanday kuch ta’siri ostida suyuqlik ichidan itarib chiqarili-shini tajribada qanday aniqlash mumkin? 2. Bu kuch nimaga teng? 3. Jismni suyuqlik yoki gaz ichidan itaribchiqaruvchi kuch qanday kuch deyiladi? 4. Arximed kuchini qanday hisoblash mumkin? 5. Arximed qonuni qanday ta’riflanadi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling