1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 54. ODDIY MEXANIZMLAR
29-mashq
1. Balandligi 22 m bo’lgan to’g’ondan 10 minut ichida 500 t suv oqib tushadi. Bunda qanday quvvat hosil bo’ladi? 2. Yurib ketayotgan kishi 2 soat ichida.10000 qadam bosib, har kadamida 40 J ish bajarsa, uning quvvati qancha bo’ladi? 3. Quvvati 100 kVt bo’lgan dvigatel 20 minutda qancha 34 ish bajaradi? 4. Transportyor 1 soat ichida 30 m 3 qumni 6 m balandlikka ko’taradi. Bu ishni bajarish uchun zarur bo’lgan dvigatel quvvatini aniqlang. Qumning zichligi 1500 3 m kg 54. ODDIY MEXANIZMLAR Qadim zamonlardan beri odamlar mexanik ish bajarish uchun turli moslamalardan foydalanib keladilar. Bevosita qo’l bilan siljitib qo’yish mumkin bo’l-magan og’ir buyumlarni (tosh, shkaf, stanok) yetar-licha uzun va mustahkam tayoq - richag yordamida joyidan qo’zg’atish oson ekani hammaga ma’lum. Bundan uch ming yil avval qadimgi Misrda piramidalar qurilishida og’ir tosh plitalarni richaglar bilan joydan-joyga siljitishgan va ancha balandga ko’tarishgan. Ko’p hollarda og’ir yukni biror balandlikka ko’tarish o’rniga uni shu balandlikka qiya tekislik bo’yicha dumalatib yoki sudrab olib chiqadilar blok yordamida ko’taradilar. Kuchni o’zgartirishga xizmat qiladigan moslamalar mexanizmlar deb ataladi. Richag va uning turlaridan - b l o k, cig’iriq; qiya tekislik va uning turlaridan - pona va vint oddiy mexa-nizmlardir. Ko’p hollarda oddiy mexanizmlar kuchdan yutishda, ya’ni jismga ta’sir etayotgan kuchni bir necha marta orttirishda qo’llaniladi. Turmushda, shuningdek zavod va fabrikadagi katta- katta po’lat taxtalarni kesadigan, buraydigan va shtamplaydigan yoki juda ingichka iplarni cho’zib, undan mato tayorlaydigan hamma murakkab mashinalarda ham oddiy mexanizmlar bor. Bu mexanizmlarni zamonaviy murakkab avtomatlarda bosma va hisoblash mashinalarida ham uchratish mumkin Oddiy mexanizmlar ishi bilan tanishgach, murakkab mashinalar tuzilishini bilib olish ham oson bo’ladi. 1.Oddiy mexanizm deb nimaga aytiladi? 2. Oddiy mexanizmlar nima maqsadda qo’llaniladi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling