1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
59. ENYERGIYA
Zavod va fabrikalarda stanok va mashinalarning ishlashi uchun elektr dvigatellari ularni harakatga keltirishi keraq bunda elektr dvigatellari elektr enyergiyasini sarf qiladi. Avtomobil va samolyotlar, teplovoz va teplo-xodlar yonadigan yoqilg’i enyergiyasini sarflab, gidroturbinalar baland joydan tushayotgan suv enyergiyasini sarflab harakat qiladi. O’zimiz ham yashash va ishlash uchun o’z enyergiya zahiramizni davriy ravishda ovqatlanib to’ldirib turishimiz kerak. «Enyergiya» so’zi turmushda ko’p ishlatiladi. Masalan, ko’p ish bajaradigan kichilarni g’ayratli, ko’p enyergiyali kishilar deyiladi. Enyergiya nima? Bu savolga javob berish uchun misollar ko’rib o’tamiz. Siqilgan prujina ( qu yi da gi r as m) to’g’rilanib ish bajarishi, masalan, yukni yuqoriga ko’tarishi (quyidagi rasm) yoki aravachani harakatga keltirishi mumkin. 37 Harakatsiz turgan yuk yerdan yuqori ko’tarilganda u ish bajarmaydi, ammo bu yuk yerga tushsa ish bajarishi mumkin. Har qanday harakatlanuvchi jism ish bajara olish qobiliyatiga ega bo’ladi. Masalan, qiya tekislikdan dumalab tushgan A po’lat sharcha (quyidagi rasm) B yog’och brusokka urilib, uni biror masofaga siljitadi. Bunda ish bajariladi. Agar jism yoki bir-biriga ta’sir qiluvchi bir necha jism (jismlar sistemasi) ish bajara olish qobiliyatiga ega bo’lsa, bu holda ular enyergiyaga ega deb aytadilar. Biz ko’rib o’tgan misollardagi siqilgan prujina, yerdan yuqorida turgan yuk harakatlanayotgan po’lat sharcha enyergiyaga ega bo’ladi. Enyergiya -jism (yoki bir necha jism) qanday ish bajara olishini ko’rsatuvchi fizik kattalikdir. Ish qanday birliklar bilan o’lchansa, enyergiya ham shu birliklar bilan joulda o’lchanadi. Jism qanchalik ko’p ish bajarishi mumkin bo’lsa, uning enyergiyasi shunchalik ko’p bo’ladi. Ish bajarish vaqtida jism enyergiyasi o’zgaradi. Bajarilgan ish enyergiya o’zgarishisa teng. 1. Ish va enyergiya bir-biriga bog’liq bo’lgan fizik kattaliklar ekanini qanday misollarda ko’rsatish mumkin? 2. Qanday holda jism enyergiyaga ega deb aytish mumkin? 3. Enyergiya qanday birliklarda o’lchanadi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling