1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 61. MEXANIK ENYERGIYANING BIR TURINING IKKINChI TURIGA AYLANISHI
32-mashq
1. Massasi 100 kg bo’lib, 10 m balandlikda turgan jism Yerga nisbatan qanday potensial enyergiyaga ega bo’ladi? 2. Qoziq qoqishda qo’llaniladigan kopyor to’qmog’- ining massasi 500 kg bo’lib, 10 m balandlikdan tushmoqda. 4 m balandlikda bolg’aning potensial enyergiyasi qancha bo’ladi? Uning bajargan ishi nimaga teng? 3. Har bir kub metr suv daryoning qaysi yerida- uning boshidami yoki quyilishidami-ko’proq potensial enyergiyaga ega bo’ladi? Javobingiz-ni asoslab bering. 4. Qaysi daryoda –tog’lik joydagi daryodami yoki tekislikdagi daryodami-har bir kub metr oqar suv ko’proq kinetik enyergiyaga ega bo’ladi? 5. Nurek GES dagi suvning tushish balandligi 275 metrga teng. GESning bitta turbinasi orqali har sekundda 155 m 3 suv o’tadi. Turbinada 1 s da qancha enyergiya sarf bo’ladi? Agar uning elektr quvvati 300 MVt ga teng bo’lsa, turbinaning FIKi qanchaga teng? 61. MEXANIK ENYERGIYANING BIR TURINING IKKINChI TURIGA AYLANISHI Tabiatda, texnikada va turmushda hamisha mexanik enyergiyaning bir turining boshqa turga: potensial enyergiyaning kinetik enyergiyaga va kinetik enyergiyaning potensial enyergiyaga aylanishini kuzatish mumkin. Mexanik enyergiyaning bir turini ikkinchisiga aylanish hodisasasini quyidagi rasmda tasvirlangan asbobda kuzatish juda qulay. Ipni o’qqa o’rab, asbobdagi diska yuqori ko’tariladi. Yuqori ko’tarilgan diska ma’lum miqdorda potensial enyergiyaga ega bo’ladi. Agar u qo’yib yuborilsa, aylanib pastga tusha boshlaydi. Tushgan sari diskaning potensial enyergiyasi kamaya boradi, ammo shu bilan bir vaqtda uning kinetik enyergiyasi ortadi. Tushishning oxirida diska shunday kinetik enyergiya zahirasiga ega bo’ladiki, buning natijasida u yana qaytadan deyarli dastlabki balandligiga ko’tarilishi mumkin. Diska yuqori ko’tarilgach yana tushadi, so’ngra yana ko’tariladi. Bu tajribada diskaning pastga tomon harakatida uning potensial enyergiyasi kinetik enyergiyaga aylanadi, yuqoriga tomon harakat qilganda uning kinetik enyergiyasi potensial enyergiyaga aylanadi. Enyergiyaning bir turining ikkinchi turiga o’tishi biror ikkita elastik jismning bir-biriga urilishida, masalan, rezinka koptokning polga yoki po’lat sharchaning po’lat plitaga urilishida yuz beradi. Agar po’lat plita ustida po’lat sharchani ko’tarib turib qo’yib yuborsak (yuqoridagi rasm), sharcha pastga tusha boshlaydi. Sharcha tushgan sari uning potensial enyergiyasi kamaya boradi, kinetik enyergiyasi ortadi, chunki sharchaning harakat tezligi ortadi. Sharcha plitaga kelib urilganda sharcha ham, plita ham siqiladi, bunda sharchaning kinetik enyergiyasi siqilgan plita va siqilgan sharchaning potensial enyergiyasiga aylanadi. So’ngra elastiklik kuchlari ta’siri natijasida plita va sharcha o’zining dastlabki shakliga keladi, sharcha plitadan sakrab ketadi, ularning potensial enyer-giyasi qaytadan sharchaning kinetik enyergiyasiga aylanadi: bunda sharcha plitaga urilish paytida qanday tezlikka ega bo’lgan bo’lsa, shunga teng tezlik bilan yuqoriga sakrab ketadi. Yuqoriga ko’tarilish vaqtida sharchaning tezligi, demak uning kinetik enyergiyasi kamayadi, potensial enyergiyasi esa ortadi. Sharcha plitadan sakrab ketganda, avval qanday balandlikdan tushgan bo’lsa, deyarli o’sha balandlikka ko’tariladi. Ko’tarilishning eng yuqori nuqtasida uning butun kinetik enyergiyasi yana qaytadan potensial enyergiyaga aylanadi. Tabiat hodisalarida, odatda, enyergiyaning bir turining ikkinchisiga aylanishi yuz beradi. Enyergiya bir jismdan ikkinchisiga ham o’tishi mumkin. Masalan, kamalakdan o’q otilganda tarang 39 tortilgan kamalak ipining potensial enyergiyasi, uchib ketayotgan kamalak o’qining kinetik enyergiyasiga o’tadi. 1. Mexanik enyergiyaning bir turining ikkinchi turiga aylanishini tajribada qanday ko’rsatish mumkin? 2. Suvning to’g’ondan tushishida enyergiyaning qanday aylanishlari yuz beradi? 3. Po’lat sharchaning po’lat plitaga urilishida enyergiyaning qanday aylanishlari yuz beradi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling