1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

25-mashq 
1. Ichida suv bo’lgan jo’mrakli idish tarozida muvo-
zanatga keltirildi (quyidagi rasm). Suvga. yog’och brusok 
solindi. Bunda tarozining muvozanati dastlab buziladi 
(quyidagi rasm). Ammo suzuvchi brusok siqib chiqargan 
suvning hammasi jo’mrak orqali oqib ketgach, tarozi 
qaytadan muvozanatga keldi. (quyidagi rasm). Bu 
hodisani tushuntirib bering. 
2. Nima uchun og’ir kema suzib yuradi-yu, suvga tushib 
ketgan mix cho’kadi? 
3. Quyidagi rasmda ikkita har xil suyuqlikda suzib
yuruvchi ayni bir jism tasvirlangan. Qaysi suyuqlikning 
zichligi ortiq? Nima uchun? Jismga ta’sir qiluvchi og’irlik 
kuchi va ikkala holning har birida arximed kuchi haqida 
nima deyish mumkin? 
4. Tagida qo’rg’oshin yuqi bo’lgan yog’och qalqovich 
suvga, so’ngra kerosinga tushrildi. Ikkala suyuqlikda ham 
qalqovich cho’kmadi. Ulardan qaysi birida qalqovich 
chuqurroq botadi? Nima uchun? 
5. Tuxum toza suvda cho’kadi, ammo sho’r suvda suzib 
yuradi. Sababini aytib bering.
6. zichliklar jadvalidan foydalanib, qaysi metallar 
simobda suzib yurishi, qaysilari esa cho’kib ketishini 
aniqlang.
7. Muz bo’lagi benzinda suzib yuradimi? Kero-sinda-chi? 
Glisterindachi? 
8. Uchta o’zaro aralashmaydigan suyuqliklar: suv, kerosin 
va simob bitta idishda qanday tartibda joylashadi?
9. Ichida suv, kerosin va simob bo’lgan idishlarda uchta 
yaxlit: probkadan, parafindan va po’latdan yasalgan 
sharchalar qanday joylashadi? Javobiigizni asoslab 
bering.
50. KEMALARNING SUZISHI
Daryo, ko’l va dengizlarda suzib yuruvchi kemalar 
zichliklari har xil bo’lgan turli-tuman materiallardan 
yasaladi. Kemalarning korpusi odatda, po’lat taxtalardan 
yasaladi. Kemani mustah-kam tutuvchi hamma ichki 
sinchlar ham turli metallardan yasaladi. Kema qurilishiga 
zichliklari suvning zichligidan ortiq bo’lgan va kam 
bo’lgan qanchadan-qancha materiallar ishlatiladi. 
Kemalar nima sababdan suv yuzida tura oladi va ko’p yuq 
ortishga hamda ularni tashishga moslangan bo’ladi? 
Suzib yuruvchi jism ustida o’tkazilgan tajriba-lardan 
ko’rdikki, jism o’zining suv ostidagi qismi bilan shunday 
miqdorda suvni siqib,chiqaradiki, bu suvning og’irligi 
jismning havodagi og’irligiga teng bo’ladi. Bu fikr har 
qanday kema uchun ham to’g’ridir. Kemaning suv 
ostidagi qismi siqib chiqargan suvning og’irligi 
kemaning yuki bilan birgalikdagi havodagi og’irligiga 
yoki yukli kemaga ta’sir qiluvchi og’irlik kuchiga teng. 
Kemaning suvga botadigan chuqurligi botish darajasi 
deyiladi. Kemaning yo’l qo’yiladigan eng ko’p botish 
darajasi kema korpusida qizil chiziq bilan belgilab 
quyiladi va bu chiziq vater chiziq (gollandcha — 
«vater»— suv) deyiladi. Kema vater chiziqqacha 
botganda yukli kemaga ta’sir qiluvchi og’irlik kuchiga 
teng og’irlikda siqib chiqarilgan suvning og’irligi 
kemaning suv sigimi deyiladi. 
1. Kemalarning suzishi nimaga asoslangan? 2. 
Kemaning botish darajasi deb nimaga aytiladi? 3. Vater 
chiziq deb nimaga aytiladi? 4. Kemaning suv sig’imi deb 
nimaga aytiladi? 
26-mashq 
1.Kema daryodan dengizga o’tganda botish darajasi 
qanday o’zgaradi? Javobingizni tushuntirib bering. 
2. Kemaga ta’sir qiluvchi og’irlik kuchi 100 000 kN. Bu 


32 
kema hajmi qancha bo’lgan suvni siqib chiqaradi? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling