1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
41. YERNING HAVO QATLAMINING
MAVJUDLIGI Hamma jismlar singari Yerning havo qatlami tarkibiga kiruvchi gaz molekulalari ham Yerga tortiladi. Shunday bo’lsa nima uchun ularning hammasi Yer sirtiga tushib qolmaydi? Yerning havo qatlami, uning atmosferasi qanday qilib saqlanib turadi? Buni tushunib olish uchun atmosferani tashkil qiluvchi gaz molekulalari uzluksiz va tartibsiz harakatda bo’lishini hisobga olish kerak. Unda yana boshqa savol tugiladi: bu molekulalar nima chun olam bo’shlig’iga uchib ketmaydi? Gap shundaki, molekula kosmik kema yoki raketa kabi Yerdan butunlay uchib chiqib ketishi uchun kamida 11,2 s km tezlikka ega bo’lishi kerak. Bu ikkinchi kosmik tezlik deb ataladigan tezlikdir. Yerning havo qatlamidagi molekulalarlarning o’rtacha tezligi bu kosmik tezlikdan ancha kam. Shuning uchun havoning ko’pchilik molekulalari Yerga og’irlik kuchi ta’sirida “bog’langan” bo’ladi. Molekulalarning tartibsiz harakati va ularga og’irlik kuchining ta’sir qilishi natijasida gaz molekulalari Yer atrofidagi fazoda erkin havo qatlamini yoki atmosferani hosil qilib “kezib” yuradilar. O’lchashlarning ko’rsatishicha, balandlikning ortishi bilan havoning zichligi tez kamayadi. Masalan, Yer yuzidan 5,5 km balandlikda havo-ning zichligi uning Yer yuzidagi zichligidan 2 marta kichik 11 km balandlikda 4 marta kichik bo’ladi va hokazo. Yuqorilashgan sari havo siyraklasha boradi. Nihoyat, eng yuqori qatlamlarda (Yer yuzidan yuzlab, minglab kilometr balandliklarda) atmosfera asta-sekin havosiz fazoga o’tadi. Atmosferaning aniq chegarasi yo’q. Qat’iy qilib aytganda, og’irlik kuchi ta’siri ostida istalgan yopiq idish ichidagi gazning zichligi idish hajmining hamma joyida bir xil emas. Idishning pastki qismida gazning zichligi uning ustki qismlari-dagiga qaraganda katta, shuning uchun idishdagi bosim ham bir xil emas: ustki tomonidagiga qaraganda tubida bosim ko’p. Biroq idish ichidagi gazning zichligi va bosimidagi bu farq shu qadar ozki, uni ko’p hollarda butunlay hisobga olmasa ham bo’ladi. Ammo bir necha ming kilometrga tarqalgan atmosfera uchun bu farq ancha katta. 1. Atmosfera tarkibiga kiruvchi gazlarning molekulalari og’irlik kuchi ta’siri ostida nima uchun Yerga tushib ketmaydi? 2. Atmosfera tarkibiga kiruvchi gazlarning molekulalari .hamma tomonga harakatlansa ham, nima uchun Yerdan butunlay uzoqlashib keta olmaydi? 3. Balandlikning ortishi bilan atmosfera qatlamining zichligi qanday o’z-garadi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling