1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. SUYUQLIKNING ERKIN SIRTI
- 37. SUYUQLIK VA GAZ ICHIDAGI BOSIM
16-mashq
1. Vodoprovodning brezent shlangi suvga to’ldirilmagan vaqtda yassi lenta ko’rinishida bo’ladi. Shlangga suv tuldirilgandan so’ng uning shakli qanday bo’ladi? Nima uchun? 3. Butilka yasashda nay orqali havo damlanadi va erigan shisha butilka shakliga keladi (quyidagi rasm). Bunda qanday fizik hodisadan foy-dalaniladi? 22 36. SUYUQLIKNING ERKIN SIRTI Suyuqlikning erkin sirti deb uning idish devorla-riga tegmay turgan sirtiga aytiladi. Idishga quyilgan suyuqlikka og’irlik kuchi ta’sir qiladi. Suyuqlikning erkin sirtini tashkil qiluvchi hamma molekulalar bu kuch ta’siri ostida bir xil balandlikda yoki bir xil sathda joilashmaguncha, suyuqlik yuqoriroq joilaridan pastroq joylariga siljiydi. Sath deb istalgan gorizontal sirtga aytiladi. Sirtning gorizontalligini aniqlashda ishlatiladigan asbob v a t e r p a s deb ataladi Suyuqliklardan farqli o’laroq gazlarda erkin sirt yo’q. Buning sababi tushunarli. Gazlarda moleku-lalar suyuqliklarnikiga qaraganda bir-biridan ancha uzoq joylashgan. Gazlarda molekulalarning o’zaro tortishish kuchi juda kichik shuning uchun gaz molekulalari har tomonga uchib o’zlariga berilgan hajmni butunlay egallaydi. 1. Suyuqlikning erkin sirti deb qanday sirtga aytiladi? 2. Anchagina keng idishlarda suyuqlikning erkin sirti gorizontal joylashishining sababini qanday tushuntirish mumkin? 3. Sirtning gorizontalligi tekshiriladigan asbob nima deb ataladi? 4. Gazlarda erkin sirtning bo’lmasligini qanday tushuntirish mumkin? 37. SUYUQLIK VA GAZ ICHIDAGI BOSIM Yerdagi hamma jismlarga bosgani singari suyuq-likka ham og’irlik kuchi ta’sir qiladi. Shuning uchun idishga quyilgan suyuqlik o’zining og’irligi bilan bosim hosil qilib, bu bosim Paskal qonuniga asosan hamma yo’nalish bo’yicha uzatiladi. Demak suyuq-lik ichida ham bosim mavjud ekan. Bunga tajribada ishonch hosil qilish mumkin. Pastki teshigi yupqa rezina parda bilan berkitilgan shisha nayga suv quyamiz. Suyuqlikning og’irligi ta’sirida nayning rezina pardali tubi qavarib chiqadi (quyidagi ras). Rezina parda ustidagi suv ustuni qancha baland bo’lsa, pardaning shuncha ko’p kavarib chiqishini tajriba ko’rsatadi (yuqoridagi rasm). Ammo nayning rezina tubi qavarib chiqqandan so’ng har safar naydagi suv muvozanatga keladi (to’xtaydi), chunki suvga og’irlik kuchidan tashqari rezina pardaning elastiklik kuchi ham ta’sir qiladi. Ichiga suv quyilgan rezina tubli nayni birmuncha keng bo’lgan suvli boshqa idishga tushiramiz Nayni pastga chuqurroq tushirgan sari rezina parda asta-sekin to’g’rilana borishini ko’ramiz. Rezina pardaning butunlay to’g’rilanishi, unga yuqoridan va pastdan bo’lgan bosimlarning bir xil ekanini ko’rsatadi. Suvning naydagi va idishdagi sathi bir xil bo’lganda parda to’liq to’g’rilanadi. Rezina parda yon tomonidagi teshikni yuqoridagi rasmda ko’rsatilgandek bekitib turadigan nay bilan ham xuddi shunday tajriba o’tkazish mumkin. Agar bu suvli nay suvli ikkinchi idishga tushirilsa, naydagi va idishdagi suvlarning sathlari tenglashishi bilan pardaning to’g’rilanib qolganini payqaymiz. Bu esa suyuqlikning rezina pardaga yon tomondan beradigan bosimi ham ikkala tomondan bir xil ekanini birdiradi. Tubi tushib ketadigan idish olamiz. Uni suvli bankaga tushiramiz. Bunda suvning pastdan yuqoriga berayotgan bosimi tufayli idish tubi idish chetlariga jips yopishib turadi So’ngra idishga ehtiyotlik bilan suv quyamiz. Idishdagi suvning sathi bankadagi suvning sathi bilan tenglashganda idish tubi idishdan ajraladi. Ajralish paytida idish tubiga yuqoridan idishdagi suyuqik ustuni bosadi, pastdan yuqoriga esa banka ichidagi xuddi shunday suyuqlik ustuni bosadi. Bu ikkala bosim kattalik jihatidan bir-biriga teng, idish tubi esa og’irlik kuchi ta’sirida stilindrdan ajraladi. Yuqorida suv bilan o’tkazilgan tajribalar bayon etildi, ammo suv o’rnida boshqa biror suyuqlik olinganda ham xuddi shunday bo’lar edi deb, xulosaga kelish qiyin emas. Shunday qilib, suyuqlik ichida bosim mavjud va bu bosim ayni bir sathda hamma yo’nalishlar bo’yicha bir- biriga teng ekanligini tajribalar tasdiqdaydi. Chuqurlik oshgan sari bosim ortadi. Gazlar bu jihatdan suyuqliklardan hech farq qilmaydi, chunki ular ham og’irlikka ega. Ammo shuni esda tushish kerakki, gazning zichligi suyuqlik zichligidan bir necha yuz marta kichik. Idishdagi gazning og’irligi juda oz va uning «og’irlikdan bo’ladigan» bosimini ko’pchilik hollarda hisobga olmasa ham bo’ladi. 1. Suyuqlik ichida turli sathlarda bosimning har xil bo’lishini, ayni bir sathning hamma yo’nalishlarida esa bir xil bo’lishini tajribada qanday qilib ko’rsatish mumkin? 2. Gazning og’irligi tufayli hosil bo’lgan bosim ko’pchilik hollarda nima uchun e’tiborga olinmaydi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling