1. tabiat va inson
TINCH HOLATDAGI ISHQALANISH
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32. MOLEKULALARNING O’ZARO TA’SIR KUCHLARI
31. TINCH HOLATDAGI ISHQALANISH
Biz bir jismning ikkinchi jism sirtida harakatlan-ganida hosil bo’ladigan ishqalanish kuchi bilan tanishdik. Qattiq jismlar tinch holatda turganda ularning tegib turgan sirtlari orasidagi ishqalanish kuchi haqida gapirish mumkinmi? Jism qiya tekislikda tinch holatda turganida, uni tekislik ustida ishqalanish kuchi tutib turadi. Haqiqatan ham, agar ishqalanish bo’lmaganda edi, jism og’irlik kuchi ta’siri ostida qiya tekislikdan pastga sirpanib tushar edi. Bu masalani jism gorizontal sirtda tinch holatda turgan hol uchun ham qarab chiqamiz. Masalan, pol ustida stol turibdi, deylik. Uni surib ko’raylik: Agar stolni sekinroq itarsak stol joyidan qo’zg’almaydi. Nimi uchun? Bu holda ta’sir etuvchi kuch pol va stol oyoqlari orasidagi ishqalanish kuchi bilan muvoza-natlashadi: Bu kuch bir-biriga nisbatan tinch turgan jismlar orasida mavjud bo’lgani uchun uni tinch holatdagi ishqalanish kuchi deb atash qabul qilingan. Tinch holatdagi ishqalanish kuchi bo’ladigan harakatga doim qarshi yo’nalgan bo’ladi. Jismni tinch holatdan chiqarish uchun urinilganda tinch holatdagi ishqalanish kuchi hosil bo’ladi. Tinch holatdagi eng katta ishqalanish kuchi jismni tinch holatdan chiqaradigan kuchga teng bo’ladi. Tinch holatdagi ishqalanish taxtaga qoqilgan mixni tutib turadi, ikki bo’lak gazmolni tikkanda iplarni to’tib turadi va hokazo. Tinch holatdagi ishqalanish kuchi qanday sharoitlarda paydo bo’ladi? 2. Tinch holatdagi ishqalanish kuchidan amalda foydalanishga misollar keltiring 32. MOLEKULALARNING O’ZARO TA’SIR KUCHLARI Molekulalar orasida tortishish kuchlari va itari-shish kuchlari ta’sir qiladi. Ipni uzganda, tayoqni sindirganda, muzni yorganda, suvni sachratganda molekulalarning tortishish kuchini yengamiz. Masalan, kesim yuzi 1 mm 2 bo’lgan ipak ipni uzish uchun unga 250 N ga yaqin kuch quyish (25 kg massali tosh osish, quyidagi rasm) kerak. Bu kuch ip uziladigan joydagi juda ko’p sonli molekulalarning tortishish kuchini yengish uchun kerak. 19 Jismlar siqilganda molekulalarning itarishish kuchlarini yengamiz. Tortishish kuchlari ta’sir qila-digan masofalardan yanada kichikroq masofalarda itarishish kuchlari ancha sezilarli bo’ladi. O’z o’lchamlariga qaraganda bir-biridan ancha katta masofada turgan ikki molekulani tasavvur qilaylik Bunday masofada molekulalarning tortishish kuchi juda kichik itarishish kuchi esa tortishish kuchidan ham kichik. Molekulalar yaqinlashgan sari ikkala kuch ham ortib boradi, lekin itarishish kuchi tezroq ortadi. Molekulalarning bundan keyin yaqinlashi-shida itarishish kuchi modul jihatidan tortishish kuchi bilan tenglashadi. Agar molekulalar yaqinla-sha borsa, u holda ikkala kuch yana ortadi. Ammo itarishish kuchi tezroq ortadi, endi uning moduli tortishish kuchi modulidan katta bo’lib qoladi va molekulalar bir-biridan itariladi. Masalan, po’lat trosni cho’zganda uning molekulalari tarqalib ketadi, molekulalarning tortishish kuchi itarishish kuchidan. katta bo’lib qoladi, agar trosni cho’zishni to’xtatsak u yana qisqaradi. Trosni siqqanda esa molekulalar yaqinlashadi, itarishish kuchi tortishish kuchidan katta bo’lib qoladi, agar trosni siqishni to’xtatsak u cho’ziladi. Demak trosda elastiklik kuchining hosil bo’lish sababi uning molekulalari-ning o’zaro ta’siridir. Amalda ko’p kuzatiladigan hodisa, ya’ni qattiq jismni suyuqlik ho’llashi hodisasini molekulalarning bir-biriga tortishishi asosida tushuntirish mumkin. Bu hodisa bilan tajribada tanishamiz. Ingichka prujinaga gorizontal ravishda shisha plastinka osiladi. Plastinka ostiga suvli idish shunday keltiriladiki, bunda plastinka idishdagi suv yuzida yotadigan bo’lsin (quyidagi rasm). Bundan keyin plastinka asta-sekin yuqoriga ko’tariladi. Bunda dastlab plastinka suvdan ajral-maydi va prujina yanada kuchli-roq cho’ziladi (quyidagi rasm). Prujinaning cho’zilish kattaligiga qarab plastinkani suv yuzida to’tib turuvchi moleku-lalar orasidagi tortishish kuchlari haqida fikr yuritish mumkin. Nihoyat shisha plastinka suvdan ajraladi (quyidagi rasm) , bunda u suv bilan ho’llangan bo’ladi. Demak plastinka suv molekulalari shisha molekulalariga tekkan joyda ajralmay, suv molekulalari bir-biriga tekkan joyda aj- raladi. Suv shishani, shuningdek yog’ochni, terini va boshqa ko’pgina moddalarni ho’llaydi. Agar mum yoki parafindan qilingan plastinka suvga botirib olinsa, plastinka quruqligicha qoladi. Demak suv mum va parafinni ho’llamaydi. Suv moyli sirt-larni ham ho’llamaydi. Simob cho’yanni ho’llamaydi (shuning uchun simob cho’yan idishlarda saqla'nadi), lekin oltinni, ruxni va boshqa moddalarni ho’llaydi. Suyuqlik qattiq jismni ho’llaganda uning molekulalari jism molekulalariga qaraganda bir-biriga kuchsizroq tortiladi. Suyuqlik molekulalari-ning qattiq jism molekulalariga qaraganda bir-biriga kuchliroq tortilishi esa ho’llamaslikni tushuntiradi. Ho’llash va ho’llamaslik hodisalari amalda hisobga olinadi va ulardan foydalaniladi. Biz suv bilan ho’llanadigan mata sochiqqa artinamiz, siyoh bilan ho’llanadigan qog’ozga yozamiz. Shu narsa qiziqki, suvda suzadigan parrandalar alohida bezlaridan ajraladigan yog’ bilan patlarini yog’laydi. Shuning uchun qush patlari suvga ho’llanmaydi. Qush patlari ostida par bo’lib, u quruqligicha qoladi va qushning tanasi atrofida havo qatlami saqlanadi, shu tufayli qush hatto sovuq suvda ham sovuq qotmaydi, bundan tashqari suvda choo’kmay turadi. 1. Molekulalarning tortishish kuchnni yengishga misol ksltiring. 2. Nima uchun jismlarning molekulalari tig’iz yaqinlashmaydi?. 3. Molekulalar bir-biriga asta-sekin yaqinlashganda tortishish kuchi va. itarishish kuchi qanday o’zgaradi? 4. Nima uchun ta’sir kuchi to’xtagandan keyin cho’zilgan po’lat tros siqiladi? 5. Shishaning suv bilan, ho’llanishi kuzatiladigan tajribani bayon qilib bering. 6. Qattiq jismlarni suyuqlik bilan ho’llanish va ho’llanmasligiga doir misollar keltiring. 7. Ho’llanish va ho’llanmaslik molekulalarning o’zaro ta’siri asosida qanday tushuntiriladi? 8. Amalda ho’llanish qanday hisobga olinadi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling