1. tabiat va inson
KUCH BIRLIKLARI. OG’IRLIK KUCHI VA
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
26. KUCH BIRLIKLARI. OG’IRLIK KUCHI VA
JISMNING MASSASI ORASIDAGI BOG’LANISH Kuch — fizik kattalik. Uni o’lchash mumkin, ya’ni birlik qilib qabul qilingan kuch bilan taqqos-lash mumkin. Fizik kattaliklar birliklari shartli ravishda tanlanadi. Kuch birligi qilib har qanday kuchni, masalan, ma’lum uzunlikkacha chozilgan biror prujinaning elastiklik kuchini qabul qilish, shuningdek biror jismga ta’sir qilayotgan kuchni va og’irlik kuchini tanlash mumkin. Kuch — jism tezligini o’zgartiruvchi sabab ekanini bilamiz, shuning uchun xalqaro kelushuvga muvofiq kuch birligi qilib 1s vaqt ichida massasi 1 kg bo’lgan jism tezligini 1 s m ga o’zgartiruvchi kuch qabul qilingan. Kuchning bu birligi butun olam tortishish qonunini kashf qilgan buyuk ingliz fizigi I s a a k N y u t o n sharafiga nyuton deb atalgan. Kuch birligi nytonning qisqacha belgilanishi — 1 N. Shuningdek katta kuch birliklari — 1 kilonyuton (1kN) ham ishlatiladi. 1 kN = 1000 N. 1 N —massasi 0,1 kg, yoki, aniqrog’i, 8 , 9 1 kg bo’lgan jismgata’sir qilayotgan og’irlik kuchiga taxminan teng. Jismga ta’sir qiladigan og’irlik mazkur jism turgan joyning geografik kengligiga bog’liq ekanini hisobga olish lozim. Shuning uchun massasi 8 , 9 1 kg bo’lgan jismga ta’sir qiluvchi og’irlik kuchi faqat ma’lum kenglikda, aynan Fransiyadagi massa etaloni saqlanadigan Sevr shahri kengligida 1 N ga teng. Kuch birligi 1 N dan foydalanib, istalgan massali jismga ta’sir qiladigan og’irlik kuchi qanday hisoblanadi? Ma’lumki, jismning massasi qancha katta bo’lsa, og’irlik kuchi shuncha katta bo’ladi. Massasi 8 , 9 1 kg bo’lgan jismga 1 N og’irlik kuchi ta’sir qilgani uchun massasi 1 kg bo’lgan jismga 9,8 N ga teng bo’lgan og’irlik kuchi ta’sir qilishi kelib chiqadi. Uni qisqacha: g= 9,8 kg N deb belgilaymiz. Agar massasi 1 kg bo’lgan jismga 9,8 N ga teng bo’lgan og’irlik kuchi ta’sir qilsa, unda massasi 2 kg bo’lgan jismga ikki marta katta bo’lgan va 19,6 N teng, 3 kg li jismga uch marta katta bo’lgan va 29,4 N ga teng kuch ta’sir qiladi va hokazo. Binobarin, jismga ta’sir qilayotgan og’irlik kuchi F ni topish uchun g=9,8 kg N ni jismning kilogrammlarda ifodalangan massasi m ga ko’paytirish lozim, ya’ni F=gm. Agar tayanch qo’zgalmas va Yerga nisbatan gorizontal joylashgan bo’lsa, u holda jismning og’irligi og’irlik kuchiga teng bo’ladi. Bundan keyin bu kitobda jismning og’irligi haqida gapirilganda biz uni qo’zg’almas va gorizontal joylashgan tayanchga tegishli deymiz. Shuning uchun jismning og’irligi P ni quyidagi formula bo’yicha hisoblaymiz: gm P . Shuni yodda tutish lozimki, bu formulalar bo’yi-cha og’irlik kuchi va jismning og’irligini hisoblashda jismning massasini albatta kilogrammlarda ifodalash lozim. Ko’pgina hollarda hisoblash vaqtida sonni yaxlitlab, kg N g 10 deb hisobash muminh. 1. Biror kuchni o’lchash nima degani? 2. Kuch birlngi qilib nima qabul qilingan? 3. Qanday kuch nyuton deyiladi? 4. Massasi 1 kg bo’lgan jismga qanday og’irlik kuchi ta’sir qiladi? 5. Istalgan massali jismga ta’sir qiladigan og’irlik kuchi qanday hisoblanadi? 6. Qanday holda og’irlik kuchi hisoblab topiladigan formulani og’irlikni hisoblashda qo’llash mumkin? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling