1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21. MODDANING ZICHLIGI
9-mashq
1. Nima uchum uncha katta bo’lmagai qayiqdan odam sakraganda qayiq odamning tezligiga deyarli teng tezlikda orqaga kstadi? 2. Miltiqdan o’q o’zganda uni yelkaga qattiq tirab turish kerak. Nima uchun bunda tepki tezligi kamayadi? 3. Ov patronlarini tayorlashda miltiqning massasi x.isobga olinadi: yengil miltimar uchun pitra zaryadi kichikroq og’ir miltiqlar uchun esa kattaroq qilinadi. Buni tushuntirib bering. 4. Ov patronlarini tayorlashda miltiqning massasi x.isobga olinadi: yengil miltimar uchun pitra zaryadi kichikroq og’ir miltiqlar uchun esa kattaroq qilinadi. Buni tushuntirib bering. 21. MODDANING ZICHLIGI Turli moddalardan tayorlangan bir xil massali jismlarning hajmi turlicha bo’ladi. Biri qo’rg’oshin-dan, ikkinchisi alyuminiydan tayorlangan, mas-salari bir xil bo’lgan ikkita stilindr olinsa (quyidagi rasm), unda alyuminiy silindrning hajmi qo’rg’o-shin silindrning hajmidan deyarli to’rt marta katta ekanligini ko’rish mumkin. Massasi 1 t bo’lgan temir brus 0,13 m 3 hajmni, massasi 1 t bo’lgan muz esa 1,1 m 3 hajmni egallaydi, ya’ni bu temir brus hajmidan deyarli 9 marta katta . Bu misollardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: turli moddalardan tayorlangan, hajmi 1 m 3 bo’lgan jismlarning massalari turlicha bo’ladi. Masalan, hajmi 1 m 3 bo’lgan temirning massasi 7800 kg, xuddi shunday hajmdagi qo’rg’oshinning massasi esa 13000 kg bo’ladi. Bunday farqni qanday tushuntirish mumkin? Bu turli moddalar turlicha zichlikka ega ekanliklari bilan tushuntiriladi. Zichlik 1 m 3 hajmda olingan moddaning massasi nimaga tengligini ko’rsatadi. Muayan moddaning zichligini qanday topish kerakligi quyidagi tajribada tushuntiriladi. M i s o l. Hajmi 8 m 3 bo’lgan muzning massasi 7200 kg. Muzning zichligini aniqlaymiz. Ma’lumki, hajmi 8 m 3 bo’lgan muzning massasi 7200 kg. Unda hajmi 1 m 3 bo’lgan muzning massasi 8 marta kam bo’ladi, ya’ni 7200 kg: 8 = 900 kg. Demak hajmi 1 m 3 bo’lgan muzning zichligi 900 kg ga teng. Bu misoldan ko’rinadiki, massa va hajmni bilgan holda zichlikni aniqlash mumkin ekan. Moddaning zichligini aniqlash uchun jismning massasini uning hajmiga bo’lish kerak. Binobarin, zichlik fizik kattalik bo’lib, jismning massasini uning hajmiga nisbatiga teng: hajm massa zichlik Kattaliklarni harflar orqali belgilaymiz: — moddaning zichligi, m - jismning massasi, V — uning hajmi. U holda moddaning zichligini hisoblash formulasini olamiz: V m . Modda zichligining birligi 1 3 m kg . Binobarin, temirning zichligi 7800 3 m kg , muzning zichligi esa 900 3 m kg . Shuningdek moddaning zichligini kub san-timetrga grammlar bilan ham ifodalanadi 3 sm g . Masalan, temirning zichligi 7800 3 m kg ni 3 sm g da hisoblab chiqaramiz. Buning uchun kilogram-larni grammlarga, kub metrni kub santimetrlarga o’tkazamiz: 7800 kg =7800 000 g; 1 m 3 = 1000000 sm 3 . Massani hajmga bo’lib, temirning zichligini topamiz 3 3 8 , 7 1000000 7800000 sm g sm g . Bir moddaning qattiq, suyuq va gazsimon holatlari-dagi zichliklari turlicha bo’ladi. Masalan, muzning zichligi 900 3 m kg , suvniki 1000 3 m kg , suv bug’iniki 0,590 3 m kg gat eng. 1. Moddaning zichligi nimani ko’rsatadi? 2. Temir-ning zichligi qanchaga tengligini yozing. Bu nimani bildiradi? 3. Moddaning zichligi qaanday hisoblab chiqariladi? 4. Siz qanday zichlik birliklarini bilasiz? 5. Agar 13 zichlik 3 m kg da berilgan bo’lsa, u 3 sm g da qanday ifodalanadi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling