1. tabiat va inson


 TURMUSHDA VA TEXNIKADA INERTSIYA


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

18. TURMUSHDA VA TEXNIKADA INERTSIYA 
Jismlarning inertsiya hodisasi kundalik hayoti-mizda 
uchrab turadi. Yugurib borayotgan odam
I n e r t s i y a (lat).— harakatsizlik faoliyatsizlik 
birdan to’xtay olmaydi, u inertsiyasi tufayli biror 
masofani o’tib, tezligini asta-sekin kamaytiradi. Avtobus 
yoki vagon to’xtab turgan joyidan harakatlana 
boshlaganida passajirning oyoqlari ham harakatga 
keladi, chunki passajirning oyoqlari bilan pol orasida 
ishqalanish mavjud. Passajirning gavdasi esa inertsiya 
tufayli tinch qoladi. Shuning uchun passajir harakatga 
qarama-qarshi tomonga og’adi. Aksincha keskin 
to’xtaganda passajir harakatini davom ettirib oldinga 
munkiydi.
Agar avtomobilni tormozlamay dvigatel o’chirilsa, u 
holda avtomobil birdaniga to’xtamaydi. Bunda butunlay 
to’xtagunga qadar bosib o’tilgan yo’l, erkin g’ildirash 
yo’li deyiladi. Agar asfalt yo’lda 50 
soat
km
tezlik bilan 
borayotgan «Nexia» avtomobili- ning dvigateli 
o’chirilsa, u to’xtaguncha 355 m yo’l bosib o’tadi, mana 
shu yo’l erkin g’ildirash yo’li bo’ladi. Hatto avtomobilning 
g’ildiraklari tormozlanib aylanishdan to’xtatilgandan keyin 
ham g’ildiraklar sirpanib, mashina birmuncha vaqt 
harakatini davom ettiradi.
1. Turmushda va texnikada inertsiya hodisasiga misollar 
kelt i r i n g . 2. Nima uchun harakatlamayot-gan poyezd, 
avtomobil, mototsikl dvigateli o’chirilgandan keyin 
birdan to’xtamaydi? 
8-mashq 
1. Quyidagi rasmda bolkani dastalash u suli ko’rsatilgan.
Buni tushuntirib bering 
2. Yuqoridagi rasmda randa tig’ining vaziyati
ko’rsatilgan. Nima uchun randa tigiga o’rganda u 
randaga kiradi, randani o’rganda esa chiqali? 
3. Qoqilib ketgan kishi qaysi tomonga yiqiladi?
Sirpanib ketgan kishi-chi? Nima u c h u n ?
4. Avtobus o’ngga burilganda uning ichidagi 
yo’lovchilar qaysi tomonga og’adi? Chapga burilganda-
chi? Nima uchun? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling