1. tabiat va inson


 TEKIS HARAKATNING TEZLIGI. TEZLIK


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

15. TEKIS HARAKATNING TEZLIGI. TEZLIK 
BIRLIKLARI 
Yo’lda tekis harakatlanayotgan avtomobil tekis yurib 
borayotgan odamni quvib o’tadi. Piyoda va 
avtomobilning tekis harakati nima bilan farq qiladi? 
Ularning farqi - avtomobilning piyodaga qaraganda 
tezroq harakatlanishidadir. Samolyot avtomobildan 
tezroq harakatlanadi. Yerning sun’iy yo’ldoshi esa 
samolyotdan tezroq harakatlanadi. Demak bir xil vaqt 
oralig’ida avtomobil piyodaga qaraganda ko’p yo’l 
bosadi, samolyot esa avtomobilga qaraganda ko’proq 
yo’l o’tadi. 
Piyoda, avtomobil va samolyotning harakatlari bir-
biridan tezligi bilan farq qiladi. 
Jismning tekis harakatdagi tezligi shu jismning
vaqt birligida qancha yo’l o’tganligini ko’rsatadi.
Masalan, o’ziyurar kombayn har soat-da 9 km yo’l 
bossa, samolyot esa 600 km uchib o’tsa, kombaynning 
tezligi soatiga 9 km, samolyotning tezligi esa soatiga 
600 km deb gapiriladi. 
Vaqt birligi ichida ko’proq yo’l bosgan jism kattaroq 
tezlik bilan harakatlanadi. 
Tekis harakatlanayotgan jismning tezligini aniqlash 
uchun jismning biror vaqt oralig’ida bosib o’tgan yo’lini 
shu vaqt oralig’iga bo’lish lozim. Shunday qilib, 
jismning tekis harakatdagi tezligi jism bosib o’tgan 
yo’lni shu yo’lni bosib o’tish uchun ketgan vaqtga 
nisbatiga teng, ya’ni
vaqt
l
yo
tezlik
'

Hamma kattaliklarni harflar bilan belgilaymiz: s- 
o’tilgan yo’l, t — yo’lni bosib o’tish uchun ketgan vaqt, 
v — tezlik; u holda: 
t
s
v


Jismning tekis harakatdagi tezligi o’zgarmas 
kattalikdir.
Tezlik birligi qilib shunday tekis harakatning tezligi 
qabul qilinadiki, bunda harakatlanayotgan jism 1 s da 1 
m gat eng yo’l o’tadi.
Tezlikning bu birligi quyidagicha yoziladi: 
1
s
m
14-§ da bayon qilingan tajribada aravacha 3 s da 0,45 
m ga teng yo’l o’tdi. Aravachaning 1 s da bosib o’tgan 
yo’lini aniqlab, unin tezlpgini topamiz. Uning tezligi:
s
m
s
m
v
15
,
0
3
45
,
0



Tezlikning boshqa birliklari: 
s
sm
s
km
soat
km
1
,
1
,
1
ham qo’llaniladi. 
Mi s o l. Moskvadan Toshkentgacha bo’lgan 2736 km 
masofani Tu-154 samolyoti 3,8 soatda uchib o’tadi. 
Samolyotnnng harakatini tekis harakat deb hisoblab, 
uning tezligini aniqlang. 
Fizikada masala quyidagicha yozib yechiladi: 
Berilgan: S=2736 km; t=3,8 soat; v-?. 
soat
km
soat
km
t
s
v
720
8
,
3
2736



. | 
Bu tezlikni m/s da ifodalaymiz. Buning uchun kilometrni 
metga, soatni sekundga aylantiramiz,
s
m
s
m
soat
km
200
3600
1000
720
720




2-masala. 5 
s
m
ni 
soat
km
ga aylantiring.
soat
km
soat
km
soat
km
s
m
18
6
,
3
5
3600
1
1000
1
5
5






2. Tezlik va harakatlanish vaqti berilgan bo’lsa, bosib 
o’tilgan yo’lni hisoblash mumkin. Buning uchun 
t
s
v

formuladan s ni topsak 
t
v
s

bo’ladi. (t tenglikning 
ikkinchi tomoniga ko’paytirish bo’lib o’tdi).
3-masala. Poyezd 20 m/s tezlik bilan 3 soatda necha 
km yo’l bosib o’tadi.
Soatni sekund bilan ifodalaymiz.
t=3 soat=3∙3600s=10800 s. 
.
216
216000
10800
20
km
m
s
s
m
s




3. Harakat vaqtini toppish uchun bosib o’tilgan yo’lni 
tezlikka bo’lish kerak.
v
s
t


4-masala. Piyoda 1,5 m/s tezlik bilan 3 km yo’lni 
qancha vaqtda o’tishini toping.
s=3 km=3000 m.
.
2000
5
,
1
3000
s
s
m
m
t


Jismning tezligi son qiymatdan tashqari yo’nalishga
ham ega bo’lgani uchun
rasmlarda jism tezligi stryelka 
bilan tasvirlanadi (rasmga qarang) 
1. Piyoda, avtomobil va samolyotning tekis harakati bir-
biridan nima bilan farq qiladi? 2. Tekis harakat tezligi 
nimani ko’rsatadi? 3. O’tilgan yo’lni va vaqtni bilgan 
holda harakat tezligi qanday aniqlanadi? Jismning tezligi 
son qiymatidan tashqari yana nima bilan aniqlanadi? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling