1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
HARAKAT VA KUCHLAR
14. MEXANIK HARAKAT Jismning harakatlanayotganligi yoki harakat qilmayotganligi haqida fikr yuritish uchun uning vaziyati atrofidagi boshqa jismlar vaziyatiga nisbatan o’zgarayotganligi yoki o’zgarishsiz qolayotganligiga qarash kerak. Agar, masalan, uylar yoki daraxtlarga nisbatan avtomobilning vaziyati o’zgarsa, u holda avtomobil bu jismlarga nisbatan harakatlanyapti deyiladi. Daryodagi suv qirg’oqlarga nisbatan harakatlanadi, poyezd temir yo’l polotnosiga nisbatan harakatlanadi. Jism vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishi mexanik harakat deyiladi. Mexanik harakatning ba’zi ko’rinishlari va qonunlari bilan tanishib chiqamiz. Poyezdda o’tirgan kishi temir yo’l polotnosiga nisbatan 7 harakatlanadi, lekin poyezd vagoniga nisbatan tinch bo’ladi. Shuning uchun jismning harakati to’g’risida gapirilganda bu harakat qaysi jismlarga nisbatan bo’layotgani albatta ko’rsatiladi. Yerga nisbatan odamning, avtomobilning, samolyotning, raketaning, qayiqning harakati, kushlarning uchishi, suvning oqishi, havoning harakati (shamol) — bularning hammasi mexanik harakatga misol bo’ladi. Alohida molekulaning harakati ham mexanik harakatdir. Jism bir nuqtadan boshqa nuqtaga ko’chganda biror chiziq chizadi. Jism harakatlanganda chizgan chiziq shu jismning harakat trayektoriyasi deyiladi. Tungi osmonda to’shayotgan meteor ko’zga ko’rina-digan trayektoriya—yorug’ iz qoldiradi. Gaz molekulasining harakat trayektoriyasi siniq chiziqdan iborat. Uning ko’rinishini taxminan rasmda ko’rsatilgandek tasvirlash mumkin. Trayektoriyaning shakliga qarab harakatni to’g’ri chiziqli va egri chiziqli harakatga ajratish mumkin. Biror vaqt oralig’ida jism harakatlanadigan trayektoriya uzunligi shu vaqt oralig’ida bosib o’tilgan yo’l deyiladi. Quyudagi rasmda tramplindan tushgan chang’ichining trayektoriyasi punktir chiziq bilan ko’rsatilgan. OA trayektoriyaning uzunligi bu chang’ichining tepalikdan tushib kelish vaqtida bosib o’tgan yo’lidir. O’tilgan yo’l — fizik kattalikdir. Uni o’lchash mumkin. Bosib o’tilgan yo’lning o’lchov birligi—metr (m). Shuningdek metrdan 10, 100, 1000 va hokazo marta katta; (karrali) yoki kichik (ulushli) birliklar — kilometr (km), santimetr (sm) va boshqalar ishlatiladi. 1 km = 1000 m, 1 dm = 0,1m, 1 sm = 0,01 m, 1 mm = 0,001 m. 1. Mexanik harakat deb qanday harakatga aytiladi? 2. Nima uchun jismning qanday jismlarga nisbatan harakatlanayotganini ko’rsatish kerak? 3. Harakat trayektoriyasi nima? 4. Bosib o’tilgan yo’l deb nimaga aytiladi? 5. Bosib o’tilgan yo’l qanday birliklarda o’lchanadi? 5-mashq 1.Harakatlanayotgan teploxoddagi yo’lovchi qanday jismlarga nisbatan tinch turadi, qanday jismlarga nisbatan harakatlanadi? 2. Nima uchun tumanda qirg’oqlarni ko’rmay turib, qayiqning harakat yo’nalishini ko’rsatish mumkin emas? 3. Soat stryelkasi uchining harakat trayektoriyasi qanday chiziq bo’ladi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling