1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
10. MOLEKULALARNING O’ZARO
TORTILISHI VA ITARILISHI Molekulalar bir-biridan qochiq turishiga va uzlo’qsiz betartib harakatda bo’lishiga qaramay, qattiq jismlar va suyuqliklar alohida-alohida molekulalarga ajralib ketmasligini ko’ramiz. Jismlarning alohida molekulalarga ajralib ketishi u yoqda tursin, qattiq jismni hatto cho’zish yoki sindirish ham qiyin. Jismlarda molekulalar bir-birini faqat to’tib turibgina qolmay, balki ba’zi hollarda ular orasidagi masofani o’zgartirish qiyin bo’lishining sababi nimada? Gap shundaki, molekulalar orasida o’zaro tortishish mavjud. Har bir molekula o’ziga qo’shni molekulalarni tortadi, uni esa o’sha qo’shni molekulalar tortadi. Bir bo’lak bo’rni sindirib ikkiga ajratamiz va qaytadan ularni birlashtiramiz. Ular bir-birini to’tib turolmaydi. Nima uchun? Molekulalar bir-biriga juda yaqin joylashganda ular orasidagi tortishish sezilarli bo’ladi. Moleku-lalarning o’lchamlaridan bir necha marta kattaroq masofada molekulalarning tortishishi ancha kuchsizlanadi. Bo’r bo’laklari orasidagi juda kichik tirqish (0,000001 sm dan kichik) molekulalar orasidagi tortishishni juda ham kuchsizlantirib yuborish uchun etarli bo’ladi. Zamazka, plastilin bo’laklari bir-biriga osongina yopishib qoladi, chunki ularni molekulalarning tortishish kuchi ta’sir qiladigan masofaga yaqinlashtirish mumkin. Yangi kesilgan tomoni bilan bir-biriga juda zich qilib siqilgan ikki bo’lak qo’rg’oshin ham yopishib qoladi va hatto ancha nagruzkada ham ajralib ketmaydi. Sindirilgan shisha bo’laklari bir-biriga yopish-maydi, chunki bu bo’laklar ba’zi nuqtalardagina bir-biriga tegishadi va molekulalar yetarlicha masofaga yaqinlashmaydi. Agar ularning chetlari eriy boshla- gunga qadar qizdirilsa, ularni mahkam qilib birik-tirish mumkin. Metallarni payvadlash, shuningdek qalaylash va yopishtirish shunga asoslangan. Demak molekulalar orasida o’zaro tortishish mavjud. Bu tortishish molekulalardan kichik masofalarda sezilarli namoyon bo’ladi. Nima uchun molekulalar orasida oraliq mavjud, degan savol tug’iladi. Molekulalar bir-biriga tortilishi va «yopishib qolishi» lozim edi. Buning yuz bermaslitiga sabab molekulalar bir-biriga juda yaqinlashganda ularning itarishishidir. Itarishish mavjud degani quyidagi ko’pgina hodisalarda ko’rinadi, masalan, siqilgan jismlarning to’grilani-shiga sabab biz uni siqqanimizda molekulalarni juda yaqinlashtiramiz, bunda ular bir- biridan itariladi. 1. Nima uchun qattiq jismlar va suyuqliklar o’z-o’zidan alohida molekulalarga ajralib ketmaydi? 2. Molekulalar orasidagi tortishish qanday sharoitda sezilarli bo’ladi? 3. Nima uchun ikki bo’lak bo’rni bosganda ular birikmaydi, lekin ikki bo’lak zamazka yoki qo’rg’oshinni bosganda birikadi? 4. Molekulalar bir- biriga faqat tortishib qolmay, balki itarishini qanday hodisalar ko’rsatadi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling