1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. MOLEKULALARNING HARAKAT TEZLIGI VA JISMNING TEMPERATURASI
2-mashq
1. Bodring karam, baliq va boshqa mahsulotlarni tuzlash qanday jodisaga asoslangan? 2. Har doim daryo, ko’l va boshqa suv havzalarida havo tarkibiga kiruvchi gazlarning molekulalari bo’ladi. Qanday hodisa tufayli bu molekulalar suvga kiradi? Nima uchun ular havza tubigacha kiradi? Bunda havoning suv bilan aralashishi qanday ro’y berishini bayon eting. 9. MOLEKULALARNING HARAKAT TEZLIGI VA JISMNING TEMPERATURASI Havoning isishi va sovishi, muzning erishi metallarning erishi, suvning qaynashi kabi hodisalar issiqlik hodialari deyiladi. Sovuq suvni isitganda dastlab uning ilishini, so’ngra isishini bilamiz. Isitilgan pechka (yoki suv bilan isitiladigan radiator) asta-sekin soviydi, xonadagi havo esa isiydi. “Sovuq», «iliq», «issiq» degan so’zlar bilan jismlarning issiqlik holatini ataymiz. Jismlarning issiqlik holatini xaraktyerlovchi kattaliklardan biri temperaturadir. Issiq suvning temperaturasi sovuq suvnikidan yuqori bo’ladi. Qishda ko’chadagi havo temperaturasi yozdagiga qaraganda past bo’ladi. Ma’lumki, jismlarning temperaturasi t e r m o - m e t r bilan o’lchanadi. Temperaturaning o’lchov birligi g r a d u s . Agar ikki idishga suyuqlik quyib va ulardan birini 5 tajriba boshlanishida sovuq joyga, ikkinchisini issiq joyga qo’yib diffuziya hodisasini kuzatsak diffuziya hodisasi yuqori temperaturada tezroq bo’lishini ko’ramiz. Demak molekulalarning harakat tezligi va jismning temperaturasi o’zaro bog’liq ekan. Jismning molekulalari qancha tez harakatlansa, uning temperaturasi shuncha yuqori bo’ladi. Issiq suv ham, sovuq suv ham bir xil molekulalardan tuzilgan. Ular o’rtasidagi farq shundaki, issiq suvning molekulalari sovuq suv molekulalariga qaraganda tezroq harakatlanadi. 1. Qanday issiqlik hodisalarini bilasiz? 2. Yuqori va past temperaturalarda diffuziya qanday bo’ladi? 3. Jismning temperaturasi uning molekularining harakat tezliklari bilan qanday bog’langan? 4. Sovuq suvning molekulalari harakati issiq suvning molekulalari harakatidan nima bilan farq qiladi? 3-mashq 1. Nima uchun shakar va tuz sovuq suvga qaraganda issiq suvda tezroq eriydi? 2. Issiq namakobda bodring tezroq tuzlanadimi yoki sovuq namakobdami? Nima uchun? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling