1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

2-mashq 
1. Bodring karam, baliq va boshqa mahsulotlarni tuzlash 
qanday jodisaga asoslangan? 
2. Har doim daryo, ko’l va boshqa suv havzalarida havo 
tarkibiga kiruvchi gazlarning molekulalari bo’ladi. 
Qanday hodisa tufayli bu molekulalar suvga kiradi? 
Nima uchun ular havza tubigacha kiradi? Bunda 
havoning suv bilan aralashishi qanday ro’y berishini 
bayon eting. 
9. MOLEKULALARNING HARAKAT TEZLIGI
VA JISMNING TEMPERATURASI 
Havoning isishi va sovishi, muzning erishi metallarning 
erishi, suvning qaynashi kabi hodisalar issiqlik hodialari 
deyiladi. 
Sovuq suvni isitganda dastlab uning ilishini, so’ngra 
isishini bilamiz. Isitilgan pechka (yoki suv bilan 
isitiladigan radiator) asta-sekin soviydi, xonadagi havo 
esa isiydi. 
“Sovuq», «iliq», «issiq» degan so’zlar bilan jismlarning 
issiqlik holatini ataymiz. Jismlarning issiqlik holatini 
xaraktyerlovchi kattaliklardan biri temperaturadir. 
Issiq suvning temperaturasi sovuq suvnikidan yuqori 
bo’ladi. Qishda ko’chadagi havo temperaturasi 
yozdagiga qaraganda past bo’ladi. 
Ma’lumki, jismlarning temperaturasi t e r m o - m e t r
bilan o’lchanadi. Temperaturaning o’lchov birligi 
g r a d u s .
Agar ikki idishga suyuqlik quyib va ulardan birini 



tajriba boshlanishida sovuq joyga, ikkinchisini issiq 
joyga qo’yib diffuziya hodisasini kuzatsak diffuziya 
hodisasi yuqori temperaturada tezroq bo’lishini 
ko’ramiz. Demak molekulalarning harakat tezligi va 
jismning temperaturasi o’zaro bog’liq ekan. 
Jismning molekulalari qancha tez harakatlansa, uning 
temperaturasi shuncha yuqori bo’ladi. Issiq suv ham, 
sovuq suv ham bir xil molekulalardan tuzilgan. Ular 
o’rtasidagi farq shundaki, issiq suvning molekulalari 
sovuq suv molekulalariga qaraganda tezroq 
harakatlanadi. 
1. Qanday issiqlik hodisalarini bilasiz? 2. Yuqori va past 
temperaturalarda diffuziya qanday bo’ladi? 3. Jismning 
temperaturasi uning molekularining harakat tezliklari 
bilan qanday bog’langan? 4. Sovuq suvning molekulalari 
harakati issiq suvning molekulalari harakatidan nima 
bilan farq qiladi? 
3-mashq 
1. Nima uchun shakar va tuz sovuq suvga qaraganda issiq 
suvda tezroq eriydi? 
2. Issiq namakobda bodring tezroq tuzlanadimi yoki sovuq 
namakobdami? Nima uchun? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling