1. tabiat va inson
FIZIK KATTALIKLAR. FIZIK
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MODDA TUZILISHI HAQIDA BOSHLAN-G’ICH MA’LUMOTLAR 6. MODDANING TUZILISHI
5. FIZIK KATTALIKLAR. FIZIK
KATTALIKLARNI O’lCHASH Fizik hodisalar haqida iloji boricha aniqroq bilim-lar olish uchun tajriba paytida o’lchash ishlarini bajarish kerak. Masalan, suvning hajmi uning temperaturasiga qanday bog’liqligini bilish uchun suvni isitib, bu ikkala kattalikni o’lchash kerak. Hajm va temperatura — fizik kattalikka misol bo’la oladi. Shuningdek uzunlik, yuz, vaqt, tezlik massa, kuch va boshqalar fizik kattaliklardir. Fizik kattalikni hamma vaqt o’lchash mumkin. Biror kattalikni o’lchash — uni o’lchov birligi qilib qabul qilingan bir jinsli kattalik bilan taqqoslash demakdir. Masalan, stolning uzunligini o’lchash — uni uzunlik birligi qilib qabul qilingan birlik masalan, metr bilan taqqoslash demakdir. Kattalikni o’lchash natijasida uning qabul qilingan birliklarda ifodalangan son qiymatini olamiz. Har bir fizik kattalikning o’z birligi qabul qilingan. Masalan, yuzni o’lchash uchun yuz birligi (1m 2 ), vaqtni o’lchash uchun vaqt birligi (1s), hajmni o’lchash uchun hajm birligi (1 m 3 ) qabul qilingan. Qulay bo’lsin uchun dunyodagi barcha mamlakatlar bir xil birlikdagi fizik kattaliklardan foydalanishga Harakat qiladilar. 1. Biror kattalikni o’lchash degani nima? 2. Fizik kattaliklarga misollar keltiring. 3. Siz uzunlik yuz va hajmning qanday birliklarini bilasiz? MODDA TUZILISHI HAQIDA BOSHLAN-G’ICH MA’LUMOTLAR 6. MODDANING TUZILISHI Fizikada hodisalar va jismlarning xossalarini kuzatib va bayon qilibgina qolmasdan, balki ularni tushuntirishga ham harakat qilinadi. Masalan, silliq polga to’kilgan suv bir joyda to’planmasdan polga yoyilishi qanday tushuntiriladi? Nima uchun gazni siqish oson-u, qattiq jism va suyuqlikni siqish juda qiyin? Nima uchun qizdirilgan po’lat parchasini sovuq holatdagisiga qaraganda bo’qish yoki yassilash oson bo’ladi? Bu va boshqa ko’pgina savollarga javob berish mumkin, lekin buning uchun modda tuzilishini bilish kerak. Modda tuzilishi haqidagi bilimlar ko’pgina fizik hodisalarni tushuntiribgina qolmasdan, balki hodisaning qanday ro’y berishini oldindan aytishga, uni tezlashtirish yoki sekinlashtirish uchun nima qilish kerakligiga, ya’ni hodisalarni boshqarishga ham yordam beradi. Jismlarning ichki tuzilishini bilgan holda, ularning xossa- larini tushuntirish, shuningdek kerakli xossaga ega bo’lgan yangi modda — qattiq va mustahkam qotishmalar, issiqbardosh materiallar yaratish mumkin. Fan yordamida plastmassalar, sun’iy kaucho’q kapron, neylon va shunga o’xshash materiallar yaratildi. Bu materiallar texnikada, meditsinada va turmushda keng qo’llanilmoqda. Quyidagi ba’zi hodisalar va tajribalar moddalar-ning tuzilishi haqida fikr yuritishga imkon beradi. Agar koptokni qissak koptok ichidagi havoning hajmi kichrayadi. Rezinka, mum bo’lagini siqib uning hajmini kamaytirish mumkin. Jismni isitganda va sovutganda ham uning hajmi o’zgaradi. Quyidagi rasmda og’zi suvga botirilgan shisha kolba tasvirlangan. Kolba qizdirilganda uning ichidagi qizigan havo kolba og’zidan suvni siqib chiqaradi, havo pufakchalari kolbadan chiqa boshlaydi, demak qizdirilganda havoning hajmi ortadi. Kolba sovitilganda uning ichiga suv kiradi va kolbada qolgan havoning hajmi kichrayadi. Halqadan bemalol o’tayotgan po’lat sharcha qizdirilgandan so’ng kengayadi va halqaga tiqilib qoladi. Sharcha sovigandan so’ng uning hajmi yana kichrayadi va u halqadan o’tadi. Suyuqlikni isitganda kengayishini naychada uning sathi ortishiga qarab tajribada ko’rish mumkin. 3 Demak suyuqlik isiganda kengayadi. Demak tajribalar jism hajmining kichrayishi yoki ortishi mumkin ekanligini ko’rsatadi. Nima uchun shunday bo’ladi? Bu hodisani moddalar bir-biridan qochiq turgan ayrim zarrachalardan tuzilgan deb faraz qilib tushuntirish mumkin. Zarrachalar bir-biridan uzoqlashganda jismning hajmi ortadi. Zarrachalar yaqinlashganda hajm kichrayadi Bunday faraz fanda g i p o t e z a deb ataladi, ularning to’g’ri-ligi tajribalarda tekshriladi. Nima uchun, suv, po’lat, yog’och kabi moddalar bizga yaxlitdek bo’lib tuyuladi? Gap shundaki, moddalarni tashkil qilgan zarrachalar shunchalik kichikki, biz ularni ko’rmaymiz. Oxirgi idishdagi eritmani tekshiramiz. U juda kuchsiz bo’lishiga qaramay, lekin tekis bo’yalgan, binobarin, uning har bir tomchisida bo’yoq zarrachasi bo’ladi. Suvda juda kichkina boyoq zarrasi eritilgan edi va bu zarraning bir qismigina oxirgi eritmaga tushdi. Demak zarra juda ko’p mayda zarrachalardan tashkil topgan bo’lib, ularning o’lchamlari juda kichkina ekan. Bu va bundan keyin o’tkaziladigan boshqa ko’pgina kuzatish va tajribalar hamma jismlar mayda zarrachalardan iborat ekanligini ko’rsatadi. Moddalar yaxlit bo’lmay ayrim zarrachalardan tashkil topganligi to’g’risidagi gipoteza t a j r i b a l a r d a tasdiqlandi. 1. Modda tuzilishini bilishdan maqsad nima? 2. Inson yaratgan qanday materiallarni bilasiz. 3. Moddalarning bir-biridan qochiq turgan zarrachalardan tuzilganligini qanday hodisalar ko’rsatadi? 4. Jismning zarrachalari orasidagi oraliq kamayganda yoki ortganda uning hajmi qanday o’zgaradi? 5. Bu zarrachalarning juda kichikligi qanday ko’rsatiladi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling