1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
7. MOLEKULALAR
Moddalar ayrim juda mayda zarrachalardan tuzilganligini inson qadimdan bilardi. Buni grek olimi D e m o k r i t bundan 2500 yil oldin aytgan. Agar qadim zamonlarda olimlar modda ayrim zarrachalardan tuzilgan deb faraz qilgan bo’lsalar, XX asrda esa bunday, zarrachalarning mavjud ekanligini fan isbot etdi. Ko’pgina moddalar tashkil topgan zarrachalar molekulalar deb ataladi. Moddaning molekulasi — shu moddaning juda mayda zarrachasidir. Suvning juda mayda zarrachasi — suv molekula-sidir, shakarning juda mayda zarrachasi — shakar molekulasidir va hokazo. Molekulalarning o’lchamlari qanday? Ma’lumki, qand bo’laginy juda mayda zarracha-larga maydalab bo’lish, bug’doyni un qilib yanchish mumkin. Suv yuziga yoyilib ketgan moy qalinligi odam sochining yo’g’onligidan 40 000 marta kichik bo’lgan parda hosil qiladi. Lekin un zarrasida ham, moy pardasi qalinligida ham bir emas balki ko’pgina molekula bor. M o l e k u l a — latincha so’z bo’lib, «kichik massa» degan ma’noni anglatadi. Demak bu moddalar molekulalarining o’lchamlari un zarrachalari va parda qalinligi o’lchamlaridan yana ham kichik. Quyidagicha taqqoslash mumkin: olmaning o’lchami yer sharidan necha marta kichik bo’lsa, molekula ham o’rtacha kattalikdagi olmadan shuncha marta kichikdir. Turli modda molekulalari bir-biridan o’lchamlari bilan farq qiladi, ammo ularning hammasi ham juda kichkina bo’ladi. Hozirgi zamon asboblari — elektron mikroskoplar ancha yirikroq molekulalarni ko’rish va rasmga olish imkonini beradi. Bu fotografiyalar molekulalar mavjud ekanligining yana bir dalilidir. Molekulalar juda kichkina bo’lganligi uchun har bir jismda juda ko’p molekula bor. 1 sm 3 havoda shuncha molekula borki, agar shuncha qum donalari bir joyga to’plansa, katta tog’ hosil bo’ladi. Tabiatda hamma jismlar bir-biridan.biror narsa bilan bo’lsada, farq qiladi. Yuzi bir xil kishilar yo’q. Bir daraxtning o’zida o’sayotgan barglar orasida ikkita butunlay bir xil bo’lgan barg yo’q. Hatto bir uyum qumda bir xil qum zarrachalarini topa olmaymiz. Zavodda bir nuchaga qarab podshipniklar uchun bir xil o’lchamli millionlab sharchalar tayorlaydilar. So’ngra sharchalar ishlov berish vaqtida o’lchanganiga qaraganda yanada aniqroq o’lchansa, ular orasida ikkita bir xil sharcha topilmasligini ko’ramiz. Ayni bir moddaning molekulalari bir-biridan farq qilladimi? Ko’pgina murakkab tajribalar bir xil moddaning molekulalari butunlay bir xil bo’lishini ko’rsatdi. Har bir sof (toza) modda o’ziga tegishli bo’lgan bir xil molekulalardan tashkil topgan. Bu ajoyib faktdir. Masalan, shiradan yoki sutdan olingan suv dengiz suvini haydash yo’li bilan olingan suvdan farq qilmaydi, chunki suvning hamma molekulalari bir xil bo’lib, hech qanday boshqa modda xuddi shunday molekulalardan tashkil topmaydi. Molekulalar moddalarning juda ham mayda (kichik) zarrachalari bo’lsa-da, ular ham bo’linadi.. Molekulalarni tashkil qilgan zarrachalar atomlar deb ataladi. Masalan, kislorodning molekulasi ikkita bir xil atomdan tashkil topgan. Suvning molekulasi esa uchta atomdan — kislorodning bir atomi va vodorodning ikki atomidan tashkil topgan. Quyidagi rasmda suvning ikkita molekulasi tasvirlangan. Fanda molekulalarni shunday chematik tasvirlash qabul 4 qilingan bo’lib, u molekula m o d e l i deb ataladi. Suvning ikkita molekulasi bo’linganda turtta vodorod atomi va ikkita kislorod atomi hosil bo’ladi. Har bir ikkita vodorod atomi birikib vodorod molekulasini, ikkita kislorod atomi birikib kislorod molekulasini hosil qiladi. U quyidagi rasmda chematik ko’rsatilgan. Atomlar ham bo’linmaydigan zarrachalar emas, ular yanada mayda zarrachalardan tuziladi. Ular elementar zarrachalar deb ataladi. 1. Moddalar tarkib toptan zarrachalar nima deb ataladi? 2. Molekulalarning kichik ekanligi qanday kuzatishlardan kelib chiqadi? 3. Bir xil moddalar-ning molekulalari to’g’risida nimalarni bilasiz? 4. Siz suv molekulasining tarkibi haqida nima bilasiz? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling