1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
12. MODDANING UCH HOLATI
Qishda ko’l va daryo yuzida suv muzlab qattiq holatga — muzga aylanadi. Muz ostidagi suv suyuqligicha qolaveradi. Biz bu yerda bir vaqtning o’zida suvning ikki holatini — qattiq (muz) va suyuq (suv) holatini ko’ramiz. Suvning uchinchi holati — gaz holati ham bor. Bunga atrofimizdagi havoda bo’lgan ko’rinmaydigan suv bug’lari kiradi Termometr rezervuarida suyuq simobni ko’rish mumkin. Simob sirtida uning bug’lari bo’ladi, ular simobning gaz holatidir. — 39° C temperaturada simob qotadi, ya’ni qattiq holatga o’tadi. Suv va simob misolida biz moddalar tabiatda uch holatda — qattiq, suyuq va gazsimon holatda bo’lishini ko’ramiz. Turli holatda jismlarning xossalari turlichadir. Oddiy sharoitlarda qattiq jismni siqish yoki cho’zish qiyin, u o’z hajmini saqlaydi. Qattiq jismning shaklini o’zgartirish uchun, masalan, uni bo’qish yoki cho’zish uchun kuch qo’yish kerak. Qattiq jismlar o’z shaklini va hajmini saqlashi — qattiq jismlarning xossasidir. Suyuqlik o’z shaklini oson o’zgartiradi, u o’zi quyilgan idishning shaklini oladi. Oddiy sharoit-larda suyuqlikning mayda tomchilarigina o’z shakliga - sharcha shakliga ega bo’ladi. Masalan, shudring tushganda suvning bunday sharsimon tomchilarini ko’rish mumkin. Suyuq shishadam idish tayorlash vaqtida suyuqlikning o’z shaklini oson o’zgartirish xossasidan foydalaniladi Suyuqlik shaklini o’zgartirish oson, lekin uning hajmini o’zgartirish qiyin. Bir tarixiy tajribaning bayoni saqlanib qolgan. Unda suvni quyidagi usulda qisib ko’rmoqchi bo’lganlar: suvni qo’rg’oshin sharga quyib, qisganda suv oqib chiqmasligi uchun shar kavsharlangan. Shundan keyin shar qisilib suvni qisishi uchun unga og’ir bolta bilan urilgan. Nima bo’lgan 6 deng? Bunda suv qisilmagan, u shar devorida hosil bo’lgan yoriq orqali sizib chiqa boshlagan. Demak suyuqliklar o’z hajminn o’zgarishsiz saqlaydi, ammo shaklini osongina o’zgartiradi. Ko’p gazlar tiniq va rangsiz, biz shuning uchun ularni ko’rmaymiz. Masalan, biz havoni ko’rmaymiz. Ammo tez harakatlanganda, avtomobil va poyezdda turib ketayotganda, shuningdek shamol esayotganda atrofimizda havo borligini payqaymiz. To’nkarilgan stakanni suvga tushiramiz, bunda stakanga suv kirmaydi, chunki uning ichida havo bor. Agar shisha naychaga rezina shlang bilan birlashtirilgan voronka suvga tushirilsa,voronkadagi havo naycha orqali chiqadi. Bu ikkala tajriba gazlar hajm egallashini ko’rsatadi. Gaz hajmini o’zgartirish juda oson suyuqlik bilan gaz o’rtasidagi muhim farq ham ana shundadir. Gaz juda qattiq qisilishi mumkin. Koptokdagi havoni qo’l bilan qisganda ham hajmi sezilarli darajada kamayadi. Gazlar suyuqliklarga Qaraganda ming martadan ko’proq siqiladi. Gazlarning qattiq moddalar va suyuqliklardan farq qiladigan yana bir muhim xususiyati bor; gaz o’zi turgan idishning hajmini butunlay egallaydi. Binobarin, gazlarning o’z xususiy shakllari yo’q gazlar o’zi turgan xonaning, ballonning, butilkaning shaklini oladi. Demak gazlar doimiy hajmga va xususiy shaklga ega emas — o’zi solingan idishning hajmini butunlay egallaydi. 1. Qaysi moddani ko’pincha uch holatda: qattiq suyuq va gazsimon holatda ko’rish mumkin, aytib bering. 2. Qattiq jismlarning umumiy xossalarini aytib bering. 3. Siz qanday suyuqliklarni bilasiz? Suyuqliklarniig umumiy xossalarini aytib bering. 4. Gazlarning umumiy xossalari qanday? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling