1. tabiat va inson
TEKIS VA NOTEKIS HARAKAT
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
14. TEKIS VA NOTEKIS HARAKAT
Agar har qanday jism, masalan, avtomobil istalgan bir xil vaqt oralig’ida: har bir soatda — 60 km, har yarim soatda — 30 km, har 15 minutda — 15 km va hokazo, har minutda, sekundda, sekundning ulushlarida bir xil yo’lni bosib utsa, u holda uning harakati tekis bo’ladi. Quyidagi rasmda aravachaga o’rnatilgan tomizg’ich ko’rsatilgan. Tomizgichdan bir xil vaqt oralig’ida tomchilar tomadi. Aravacha harakatlanganda qog’ozga tomgan tomchilarning izlari orasidagi masofa bir xil. Binobarin, aravacha bir xil vaqt oraliqlarida bir xil yo’lni bosib o’tadi. Tomizg’ich jo’mragini burab tomchilar tez-tez tomadigan qilamiz va tajribani takrorlaymiz. Bu holda ham tomchilar orasidagi masofalar bir-biridan bir xil masofada bo’lishini ko’ramiz. Demak qisqa teng vaqt oraliqlarida ham aravacha teng yo’llar bosib o’tadi va shunipg uchum uning harakati tekis bo’ladi. Tabiatda tekis harakat juda kam uchraydi. Yerning Quyosh atrofidagi harakati, soat stryelkasi uchining harakati tekis harakatga ancha yaqin bo’ladi. Shuningdek gaz molekulasi bir t o ’ q n a - sishdan ikkinchi to’qnashishgacha tekis harakat-lanadi. Ko’pincha harakatlar tekis harakat bo’lavermaydi. Masalan, poyezd stanniyadan jo’nayotib bir xil vaqt oraliqlarida borgan sari ko’proq yo’lni bosib o’tadi. Stansiyaga yaqinlashayotganda, aksincha, bir xil vaqt oralig’ida borgan sari kamroq yo’lni bosib o’tadi. Konkida yuguruvchi musobaqalarda qatnashganda bir xil yo’lni aylanib chiqishga har xil vaqt sarflaydi. Poyezd va konkida yuguruvchining harakati notekis harakatga misol bo’ladi. Aravachaning notekis harakatini tajribada kuza-tish mumkin ( q u y i d a g i - r a s m ) . Bir xil vaqt oralig’ida tomgan tomchilarning izidan aravachaning harakati notekis ekanligi ko’rinib turibdi. Tomchilar bir xil vaqt oralig’ida tomadi, biroq tomchilarning izi orasidagi masofa esa bir xil emas. 1. Qanday harakat tekis harakat deyiladi? 2. Tekis harakatga yaqin bo’lgan harakatlarga misol keltiring. 3. Tekis harakatni qanday tajribada kuzatish mumkin? 4. Notekis harakatga misol keltiring. 5. Qanday harakat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling