1. tabiat va inson
TEKIS HARAKATNING TEZLIGI. TEZLIK
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
15. TEKIS HARAKATNING TEZLIGI. TEZLIK
BIRLIKLARI Yo’lda tekis harakatlanayotgan avtomobil tekis yurib borayotgan odamni quvib o’tadi. Piyoda va avtomobilning tekis harakati nima bilan farq qiladi? Ularning farqi - avtomobilning piyodaga qaraganda tezroq harakatlanishidadir. Samolyot avtomobildan tezroq harakatlanadi. Yerning sun’iy yo’ldoshi esa samolyotdan tezroq harakatlanadi. Demak bir xil vaqt oralig’ida avtomobil piyodaga qaraganda ko’p yo’l bosadi, samolyot esa avtomobilga qaraganda ko’proq yo’l o’tadi. Piyoda, avtomobil va samolyotning harakatlari bir- biridan tezligi bilan farq qiladi. Jismning tekis harakatdagi tezligi shu jismning vaqt birligida qancha yo’l o’tganligini ko’rsatadi. Masalan, o’ziyurar kombayn har soat-da 9 km yo’l bossa, samolyot esa 600 km uchib o’tsa, kombaynning tezligi soatiga 9 km, samolyotning tezligi esa soatiga 600 km deb gapiriladi. Vaqt birligi ichida ko’proq yo’l bosgan jism kattaroq tezlik bilan harakatlanadi. Tekis harakatlanayotgan jismning tezligini aniqlash uchun jismning biror vaqt oralig’ida bosib o’tgan yo’lini shu vaqt oralig’iga bo’lish lozim. Shunday qilib, jismning tekis harakatdagi tezligi jism bosib o’tgan yo’lni shu yo’lni bosib o’tish uchun ketgan vaqtga nisbatiga teng, ya’ni vaqt l yo tezlik ' Hamma kattaliklarni harflar bilan belgilaymiz: s- o’tilgan yo’l, t — yo’lni bosib o’tish uchun ketgan vaqt, v — tezlik; u holda: t s v . Jismning tekis harakatdagi tezligi o’zgarmas kattalikdir. Tezlik birligi qilib shunday tekis harakatning tezligi qabul qilinadiki, bunda harakatlanayotgan jism 1 s da 1 m gat eng yo’l o’tadi. Tezlikning bu birligi quyidagicha yoziladi: 1 s m 14-§ da bayon qilingan tajribada aravacha 3 s da 0,45 m ga teng yo’l o’tdi. Aravachaning 1 s da bosib o’tgan yo’lini aniqlab, unin tezlpgini topamiz. Uning tezligi: s m s m v 15 , 0 3 45 , 0 . Tezlikning boshqa birliklari: s sm s km soat km 1 , 1 , 1 ham qo’llaniladi. Mi s o l. Moskvadan Toshkentgacha bo’lgan 2736 km masofani Tu-154 samolyoti 3,8 soatda uchib o’tadi. Samolyotnnng harakatini tekis harakat deb hisoblab, uning tezligini aniqlang. Fizikada masala quyidagicha yozib yechiladi: Berilgan: S=2736 km; t=3,8 soat; v-?. soat km soat km t s v 720 8 , 3 2736 . | Bu tezlikni m/s da ifodalaymiz. Buning uchun kilometrni metga, soatni sekundga aylantiramiz, s m s m soat km 200 3600 1000 720 720 . 2-masala. 5 s m ni soat km ga aylantiring. soat km soat km soat km s m 18 6 , 3 5 3600 1 1000 1 5 5 . 2. Tezlik va harakatlanish vaqti berilgan bo’lsa, bosib o’tilgan yo’lni hisoblash mumkin. Buning uchun t s v formuladan s ni topsak t v s bo’ladi. (t tenglikning ikkinchi tomoniga ko’paytirish bo’lib o’tdi). 3-masala. Poyezd 20 m/s tezlik bilan 3 soatda necha km yo’l bosib o’tadi. Soatni sekund bilan ifodalaymiz. t=3 soat=3∙3600s=10800 s. . 216 216000 10800 20 km m s s m s 3. Harakat vaqtini toppish uchun bosib o’tilgan yo’lni tezlikka bo’lish kerak. v s t . 4-masala. Piyoda 1,5 m/s tezlik bilan 3 km yo’lni qancha vaqtda o’tishini toping. s=3 km=3000 m. . 2000 5 , 1 3000 s s m m t Jismning tezligi son qiymatdan tashqari yo’nalishga ham ega bo’lgani uchun rasmlarda jism tezligi stryelka bilan tasvirlanadi (rasmga qarang) 1. Piyoda, avtomobil va samolyotning tekis harakati bir- biridan nima bilan farq qiladi? 2. Tekis harakat tezligi nimani ko’rsatadi? 3. O’tilgan yo’lni va vaqtni bilgan holda harakat tezligi qanday aniqlanadi? Jismning tezligi son qiymatidan tashqari yana nima bilan aniqlanadi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling