1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

4-mashq 
1. Jism o’z hajmini saqlaydi, lekin shaklini oson 
o’zgartiradi. Bu jismni tashkil qilgan modda qanday 
holatda bo’ladi? 
2.Jism o’z hajmini va shaklini saqlaydi. Bu jismni 
tashkil qilgan modda qanday holatda bo’ladi? 
12. QATTIQ JISMLAR, SUYUQLIKLAR VA 
GAZLARNING MOLEKULYAR TUZILISHIDAGI 
FARQ 
Muz, suv va suv bug’i — bir moddaning, ya’ni suvning 
uch holatidir. Demak muz, suv va suv bug’ining 
molekulalari bir-biridan farq qilmaydi. Binobarin, bu uch 
holat molekulalar bilan farq qil-masdan, balki 
molekulalarning qanday joylashishi va qanday 
harakatlanishi bilan farq qiladi. Gaz, suyuqlik va qattiq 
jismning molekulalari qanday joylashgan va qanday 
harakatlanadi? 
Gazni uning hajmi bir necha marta kamayadigan qilib 
siqish mumkin. Demak gazlarda molekulalar orasidagi 
masofa molekulalarning o’z o’lchamlariga qaraganda ancha 
katta. Gazlarning molekulalari orasidagi masofa 
molekulalarning o’lchamidan o’rtacha o’n martacha 
katta. Molekulalar bunday masofalarda bir-biriga juda 
kuchsiz tortiladi.
Shuning uchun ham gazlarning o’z shakli va doimiy 
hajmi bo’lmaydi. Masalan, butilka yoki stakanning 
yarmini gaz bilan to’ldirish mumkin emas, chunki 
molekulalar hamma yo’nalishda harakatlanib va deyarli 
bir-biriga tortilmasdan butun idishni juda tez to’ldiradi. 
Suyuqliklarning xossalari ularning molekulalari orasidagi 
masofaning kichikligi bilan tushuntiriladi: suyuqliklarda 
molekulalar shunday joylashganki, bunda har ikki molekula 
orasidagi masofa moleku-laning o’zidan kichik bo’ladi. 
Bunday masofalarda molekulalarning bir-biriga 
tortishishi ancha sezilarli bo’ladi. Shuning uchun 
suyuqlik molekulalari katta masofaga uzoqlashib 
ketmaydi va suyuqlik oddiy sharoitlarda o’z hajmini 
saqlaydi. Ammq suyuqlik molekulalari orasidagi 
tortishish suyuqlik o’z shaklini saqlay oladigan darajada 
katta emas. Suyuqliklarning idish shaklini olishi, ularni 
idishlarga quyish va sachratish osonligi shu bilan 
tushuntiriladi. 
Suyuqlikni siqib, uning molekulalarini bir-biriga 
shunchalik yaqinlashtiramizki, ular itarila boshlaydi. 
Suyuqlikni siqishning qiyinligi ham ana shundadir. 
Qattiq jismlar oddiy sharoitlarda hajmini ham, shaklini 
ham saqlaydi. Bu qattiq jismlarning zarrachalari 
orasidagi tortishish suyuqliklarning zarrachalari 
orasidagi tortishishdan yanada kattaligi bilan 
tushuntiriladi. 
Ba’zi qattiq jismlarning, masalan, qor uchqu-nining 
shakli tabiiy muntazam va chiroyli shaklga ega. 
Muz, tuz, naftalin, metallar kabi ko’pgina qattiq 
jismlarning zarrachalari (molekulalari yoki atomlari) muayan 
tartibda joylashgan. Bunday qattiq jismlar kristall jismlar 
deyiladi. Bunday jismlarning zarrachalari harakatda 
bo’lsa ham, ularning har biri muayan nuqta atrofida soat 
mayatnigiga o’xshab hara-katlanadi, ya’ni tebranadi. 
Zarracha bu nuqtadan uzoqlashib keta olmaydi, shuning 
uchun qattiq jism o’z shaklini saqlaydi. 
1. Muz, suv va suv bug’lari molekulalari orasida farq 
bormi? 2. Gazlarning molekulalari qanday joylashgan? 
3. Nima uchun gazlar o’zlari solingan idishning butun 
hajmini egallaydi? 4. Suyuqliklarning kam siquvchanligi 
qanday tushuntiriladi? Nima uchun ular o’z shaklini 
saqlamaydi? 5. Nima uchun kristall qattiq jismlar o’z 
shaklini va hajmini saqlaydi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling