1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

1-mashq 
Ma’lumki, quyo’q moy tomchisi yupqa parda hosil 
qilib suv sirtida yoyiladi. Nima uchuy moy pardasining 
biror qalinligida moy yoyilmay qo’yadi? 
8. GAZLARDA, SUYUQLIKLARDA VA QATTIQ 
JISMLARDA DIFFUZIYA HODISASI 
Ko’prina tajribalar hamma jismlarning
molekulalari uzlo’qsiz harakatda bo’lishini ko’rsatadi. 
Ulardan birini ko’rib chiqamiz. 
Shisha idishga mis kuporosining suvdagi eritmasi 
quyiladi. Bu eritma to’q havo rang bo’lib, suvdan 
og’irroq. Idishdagi eritmaning ustiga asta-sekin toza suv 
quyiladi. Bunda suv bilan eritma aralashib ketmacligi 
kerak. Tajribaning boshida suv bilan mis kuporosi 
eritmasi orasidagi bo’linish chegarasi aniq ko’rinib 
turadi. 
Idish tinch joyga qo’yiladi va suyukliklarning bo’linish 
chegarasi kuzatib turiladi. Bir necha kun o’tgandan 
so’ng suyuqliklarning bo’linish chegarasi chaplashib 
ketganligi aniqlanadi. Oradan ikki hafta o’tgandai so’ng 
bir suyuqlikni ikkinchisidan ajratib turgan chegara 
yo’qolib ketadi, idishda bir jinsli och havo rang suyuqlik 
hosil bo’ladi. Suyuqliklar aralashib ketgan. 
Bir-biriga tegib turgan moddalar zarrachalarining 
tartibsiz harakati tufayli ularning bir-biriga o’zaro o’tishi 
diffuziya deyiladi. 
Bu hodisaning sababi quyidagicha tushuntiriladi. 
Dastlab suv va mis kuporosining suyuqliklar chegarasi 
yaqinida bo’lgan ayrim molekulalari o’z harakatlari 
tufayli joylarini almashtiradilar. Suyuq-liklarning 
bo’linish chegarasi chaplasha boradi, chunki molekulalar 
o’z o’rinlarini bunday almashtirishlari tufayli mis kupo-
rosi molekulalari suvning quyi qatlamiga o’tadi va, 
aksincha, suv molekulalari mis kuporosi eritmasining 
yuqorigi qatlamiga o’tadi. So’ngra bu molekulalarning 
bir qismi keyingi qatlamda yotgan molekulalarning 
o’rinlari bilan almashad i. S u yuklikla rning 
bo’linish
chegaralari yana ham chaplashib ketadi. 
Moleku-lalar uzlo’qsiz va tartibsiz harakatlangani uchun 
bu jarayon suyuqlik bir jinsli bo’lgunga qadar davom 
etadi. 
D i f f u z i ya (lat.) — tarqalish, yoyilish. 
Diffuziya hodisasi suyuqlikarga qaraganda gazlarda 
tezroq bo’ladi. Agar xonaga hid chiqaradigan biror 
modda, masalan, efir olib kirilsa, efirning hidi juda tez 
xonaning hamma joyida seziladi. Demak efir 
molekulalari xonaga tarqaladi — diffuziya hodisasi ro’y 
beradi. Efir molekulalari havo tarkibiga kiruvchi gaz 
molekulalari bilan to’qnashib va hamma tomonga
tartibsiz harakatlanib, xonada hamma yo’nalishlarda 
tarqaladi. 
Qattiq jismlarda ham diffuziya hodisasi ro’y beradi, 
lekin juda sekin bo’ladi. Tajribalardan birida tekis 
jilvirlangan qo’rg’oshin va oltin plastinkalar bir-birining 
ustiga quyildi va yo’q bilan bostirildi. Uy 
temperaturasida (20° C ga yaqin) 5 yil davomi-da oltin 
bilan qo’rg’shin bir-birining ichiga 1 mm kirib ketgan. 
Diffuziya inson va hayvonlar hayotida katta 
ahamiyatga ega. Masalan, tevarak-atrofdagi kislorod 
diffuziya tufayli inson terisi orqali organizmga kiradi. 
Diffuziya tufayli oziqlan-tiruvchi moddalar hayvonlar 
ichagidan qonga o’tadi. 
Metall detallarni kavsharlaganda ham diffuziya 
hodisasi yuz beradi. 
1. Diffuziya nima? Suyuqliklarda diffuziya kuzatiladigan 
tajribani bayon eting. 2. Diffuziya moddalarning 
molekulyar tuzilishi nuqtai nazaridan qanday 
tushuntiriladi? 3. Inson va hayvonlar organizmida 
diffuziya qanday jarayonlarda va qanday ro’y beradi? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling