1. tabiat va inson
JISMLARNING O’ZARO TA’SIRI
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
19. JISMLARNING O’ZARO TA’SIRI
Jism o’z tezligini o’zgartirishga, masalan, harakat-lana boshlashiga sabab bo’ladigan hodisalarni yana bir bor qarab chiqamiz quyidagi rasmda elastik plastinka mahkamlangan aravacha tasvirlangan. Plastinka bo’qilib ip bilan bog’lab qo’yilgan. Aravacha stolga nisbatan tinch turibdi. Plastinka to’g’rilansa, aravacha harakatga keladimi? Bu savolga javob berish uchun ipni kuydirib yuboramiz. Plastinka keskin to’g’rilanadi, lekin aravacha o’z joyida qolavyeradn (quyidagi rasm) aravachaning ikkinchi tomoniga yana shunday bitta aravacha qo’yamiz (quyidagi rasm). Ip kuydirib yuborilgandan keyin aravacha harakatga keladi va turli tomonga ketadi (quyidagi rasm). Xuddi kutil-gandek aravachaning tezligini o’zgargirish uchun ikkinchi aravacha kerak bo’ldi. Biz, shuningdek ikkinchi aravacha ham harakatga kelganini, ularning ikkalasi ham stolga nisbatan harakatlana boshlaganini, ikkalasi ham bir-biriga ta’sir qilganini ko’rdik. Binobarin, jismning boshqa jismga ta’siri bir tomonlama bo’la olmaydi. Ikkala jism ham bir-biriga ta’sir qiladi — o’zaro ta’sirla-shadi. Shuningdek uzishdan oldin o’q ham miltiqqa nisbatan tinch turadi. O’q uzilgan vaqtda o’q va miltiq o’zaro ta’sirlashadi va turli tomonga harakat-lanadi. Tepki hodisasi ro’y beradi. Agar qayiqda o’tirgan kishi qo’li bilan boshqa qayiqni 11 itarsa, o’zaro ta’sir ro’y beradi, o’zi o’tirgan qayiq ham harakatga keladi (quyidagi rasm). 1. Jismlarning o’zaro ta’sir natijasida harakatga kelishini ko’rsatadigan tajribalarni bayon eting. 2. Jismlar o’zaro ta’sir qilganida ikkala jismning tezligi o’zgarishini ko’rsatadigan misollar keltiring. 3. Mil-tikdan o’q uzilganda bo’ladigan o’zaro ta’sir hodisasini gapirib bering. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling