1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

7-mashq 
1. 
Konkida yuguruvchi Grishin 1963 yilda 500 metr 
masofaga yugurishda jahon rekordi o’rnatdi. U bu 
masofani 39,5 s da yugurib chiqdi. Grishin yugurgan 
o’rtacha tezlikni aniqlang.
1983 yilda shu masofaga yugurishda Pegov jahon 
rekordi o’rnatdi. U shu masofani 36,57 s da yugurib 
chiqdi. Pegov va Grishinning o’rtacha tezliklarini 
taqqoslang. 
2. Chang’ichi tepalikdan to’shayotganida 50 metr masofani 
5 s da o’tadi. Tepalikdan tushgandan so’ng harakatini 
davom ettirib, u butunlay to’xtaguncha yana 30 metr 
masofani 15 s da o’tadi. Chang’ichi-ning tepalikdan 
tushib kelishidagi o’rtacha tezligini, yo’lning 30 m 
qismidagi va butun harakat davomidagi o’rtacha tezligini 
toping va xulosa chiqaring. 
17. INERTSIYA 
Kundalik tajriba jismning tezligi unga boshqa jism ta’sir 
etgandagina o’zgarishi mumkinligini ko’rsa-tadi. 
Masalan, yerda yotgan koptokka boshqa koptok tegsa 
yoki uni oyoq bilan tepgandagina bu koptok harakatga 
keladi. Ammo koptokka boshqa jismlar ta’sir etmasa, u 
o’z-o’zidan o’z tezligini o’zgartirmaydi, Yerga nisbatan 
harakatga kelmaydi. 
Harakat tezligining kamayishi va jismning to’xtashi ham 
o’z-o’zidan bo’lmay, balki boshqa jismlar ta’sir etishi 
natijasida bo’ladi. O’qning tezligi taxtadan o’tish 
vaqtida, ya’ni taxtaning unga ko’rsatgan ta’siri natijasida 
kamayadi. Dumalayot-gan koptok yerga ishqalanishi 
tufayli to’xtaydi. 
Tezlik yo’nalishining o’zgarishi ham biror jismning 
ta’siri ostida bo’ladi. Otilgan koptok devorga yoki qo’lga 
urilganda harakat yo’nalishini o’zgartiradi. Tez yugurib 
ketayotgan odam daraxtni aylanib o’tishi uchun uni qo’li 
bilan ushlaydi. 
Quyidagi tajribani ko’rib chiqamiz. Stolga qiya qilib 
taxta qo’yilgan. Taxtaning uchidan bir oz narida, stolda 
qum uyumi bor. Qiya taxtaga aravacha qo’yiladi. 
Aravacha stol ustiga g’ildirab tushib kelib, qumga botib, 
ya’ni to’siqqa uchrab tezda to’xtaydi (quyidag a- rasm).
Stol ustidagi qumni tekislab, aravachani oldin 
qo’yib yuborilgan balandlikdan yana qo’yib yuboriladi. 
Endi aravacha to’xtaguncha stol ustida oldingidan 
ko’proq yo’l bosib o’tadi (yuqoridagi б- rasm). 
Agar aravacha yo’lidan qum butunlay olib tashlansa, u 
holda aravacha to’xtaguncha yanada ko’proq yo’l bosib 
o’tadi (yuqoridagi в-rasm).
Binobarin, aravacha o’z yo’lida qarshilikka qancha 
kam uchrasa, uning harakati shuncha uzoqroq saqlanadi, 
u tekis harakatga shuncha yaqin bo’ladi. 
Agar jismga boshqa jismlar ta’sir qilmasa, jism 
qanday harakatlanadi? Bu savolga mashhur italyan olimi 


10 
G a l i l e o G a l i l e y javob berdi: agar jismga 
boshqa jismlar ta’sir etmasa u yo tinch turadi, yoki 
to’g’ri chiziqli tekis harakat qiladi. Ikkala holda ham 
jismning tezligi o’zgarmaydi. 
Jismga boshqa jismlarning ta’siri bo’lmaganda jism o’z 
tezligini saqlash hodisasi inyerstiya deyiladi. 
Miltiq stvolidan uchib chiqqan o’q unga porox 
gazlarining ta’siri to’xtagan bo’lishiga qaramay 
inyertsiya tufayli harakatlanadi. Avtomobil motori 
o’chirilgandan keyin ham inertsiya tufayli harakatlanadi, 
shaybaga klyushka bilan o’rgandan keyin shayba ham 
inertsiya tufayli harakatlanadi. Gaz molekulasining 
harakati ham inertsiya bo’yicha harakatga misol bo’ladi. 
Gazning har bir molekulasi bir to’qnashishdan boshqa 
to’qnashishgacha inertsiya tufayli to’g’ri chiziqli tekis 
harakatlanadi. 
1. Jismning harakat tezligi boshqa jism ta’siri ostidagina 
o’zgarishini ko’rsatadigan misollar kel-tiring. 2. Jismga 
boshqa jismlar ta’siri kamayganda uning harakati qanday 
o’zgarishini ko’rsatuvchi tajribani aytib bering. 3. Jismga 
boshqa jismlar butunlay ta’sir qilmasa. jism qanday 
harakatlanar edi? 4. Inertsiya deb nimaga aytiladi? 5. 
Jismlarning inertsiya bo’yicha harakatlpnishiga misollar 
keltiring. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling