1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
1-mashq
Ma’lumki, quyo’q moy tomchisi yupqa parda hosil qilib suv sirtida yoyiladi. Nima uchuy moy pardasining biror qalinligida moy yoyilmay qo’yadi? 8. GAZLARDA, SUYUQLIKLARDA VA QATTIQ JISMLARDA DIFFUZIYA HODISASI Ko’prina tajribalar hamma jismlarning molekulalari uzlo’qsiz harakatda bo’lishini ko’rsatadi. Ulardan birini ko’rib chiqamiz. Shisha idishga mis kuporosining suvdagi eritmasi quyiladi. Bu eritma to’q havo rang bo’lib, suvdan og’irroq. Idishdagi eritmaning ustiga asta-sekin toza suv quyiladi. Bunda suv bilan eritma aralashib ketmacligi kerak. Tajribaning boshida suv bilan mis kuporosi eritmasi orasidagi bo’linish chegarasi aniq ko’rinib turadi. Idish tinch joyga qo’yiladi va suyukliklarning bo’linish chegarasi kuzatib turiladi. Bir necha kun o’tgandan so’ng suyuqliklarning bo’linish chegarasi chaplashib ketganligi aniqlanadi. Oradan ikki hafta o’tgandai so’ng bir suyuqlikni ikkinchisidan ajratib turgan chegara yo’qolib ketadi, idishda bir jinsli och havo rang suyuqlik hosil bo’ladi. Suyuqliklar aralashib ketgan. Bir-biriga tegib turgan moddalar zarrachalarining tartibsiz harakati tufayli ularning bir-biriga o’zaro o’tishi diffuziya deyiladi. Bu hodisaning sababi quyidagicha tushuntiriladi. Dastlab suv va mis kuporosining suyuqliklar chegarasi yaqinida bo’lgan ayrim molekulalari o’z harakatlari tufayli joylarini almashtiradilar. Suyuq-liklarning bo’linish chegarasi chaplasha boradi, chunki molekulalar o’z o’rinlarini bunday almashtirishlari tufayli mis kupo- rosi molekulalari suvning quyi qatlamiga o’tadi va, aksincha, suv molekulalari mis kuporosi eritmasining yuqorigi qatlamiga o’tadi. So’ngra bu molekulalarning bir qismi keyingi qatlamda yotgan molekulalarning o’rinlari bilan almashad i. S u yuklikla rning bo’linish chegaralari yana ham chaplashib ketadi. Moleku-lalar uzlo’qsiz va tartibsiz harakatlangani uchun bu jarayon suyuqlik bir jinsli bo’lgunga qadar davom etadi. D i f f u z i ya (lat.) — tarqalish, yoyilish. Diffuziya hodisasi suyuqlikarga qaraganda gazlarda tezroq bo’ladi. Agar xonaga hid chiqaradigan biror modda, masalan, efir olib kirilsa, efirning hidi juda tez xonaning hamma joyida seziladi. Demak efir molekulalari xonaga tarqaladi — diffuziya hodisasi ro’y beradi. Efir molekulalari havo tarkibiga kiruvchi gaz molekulalari bilan to’qnashib va hamma tomonga tartibsiz harakatlanib, xonada hamma yo’nalishlarda tarqaladi. Qattiq jismlarda ham diffuziya hodisasi ro’y beradi, lekin juda sekin bo’ladi. Tajribalardan birida tekis jilvirlangan qo’rg’oshin va oltin plastinkalar bir-birining ustiga quyildi va yo’q bilan bostirildi. Uy temperaturasida (20° C ga yaqin) 5 yil davomi-da oltin bilan qo’rg’shin bir-birining ichiga 1 mm kirib ketgan. Diffuziya inson va hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Masalan, tevarak-atrofdagi kislorod diffuziya tufayli inson terisi orqali organizmga kiradi. Diffuziya tufayli oziqlan-tiruvchi moddalar hayvonlar ichagidan qonga o’tadi. Metall detallarni kavsharlaganda ham diffuziya hodisasi yuz beradi. 1. Diffuziya nima? Suyuqliklarda diffuziya kuzatiladigan tajribani bayon eting. 2. Diffuziya moddalarning molekulyar tuzilishi nuqtai nazaridan qanday tushuntiriladi? 3. Inson va hayvonlar organizmida diffuziya qanday jarayonlarda va qanday ro’y beradi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling