1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12. QATTIQ JISMLAR, SUYUQLIKLAR VA GAZLARNING MOLEKULYAR TUZILISHIDAGI FARQ
4-mashq
1. Jism o’z hajmini saqlaydi, lekin shaklini oson o’zgartiradi. Bu jismni tashkil qilgan modda qanday holatda bo’ladi? 2.Jism o’z hajmini va shaklini saqlaydi. Bu jismni tashkil qilgan modda qanday holatda bo’ladi? 12. QATTIQ JISMLAR, SUYUQLIKLAR VA GAZLARNING MOLEKULYAR TUZILISHIDAGI FARQ Muz, suv va suv bug’i — bir moddaning, ya’ni suvning uch holatidir. Demak muz, suv va suv bug’ining molekulalari bir-biridan farq qilmaydi. Binobarin, bu uch holat molekulalar bilan farq qil-masdan, balki molekulalarning qanday joylashishi va qanday harakatlanishi bilan farq qiladi. Gaz, suyuqlik va qattiq jismning molekulalari qanday joylashgan va qanday harakatlanadi? Gazni uning hajmi bir necha marta kamayadigan qilib siqish mumkin. Demak gazlarda molekulalar orasidagi masofa molekulalarning o’z o’lchamlariga qaraganda ancha katta. Gazlarning molekulalari orasidagi masofa molekulalarning o’lchamidan o’rtacha o’n martacha katta. Molekulalar bunday masofalarda bir-biriga juda kuchsiz tortiladi. Shuning uchun ham gazlarning o’z shakli va doimiy hajmi bo’lmaydi. Masalan, butilka yoki stakanning yarmini gaz bilan to’ldirish mumkin emas, chunki molekulalar hamma yo’nalishda harakatlanib va deyarli bir-biriga tortilmasdan butun idishni juda tez to’ldiradi. Suyuqliklarning xossalari ularning molekulalari orasidagi masofaning kichikligi bilan tushuntiriladi: suyuqliklarda molekulalar shunday joylashganki, bunda har ikki molekula orasidagi masofa moleku-laning o’zidan kichik bo’ladi. Bunday masofalarda molekulalarning bir-biriga tortishishi ancha sezilarli bo’ladi. Shuning uchun suyuqlik molekulalari katta masofaga uzoqlashib ketmaydi va suyuqlik oddiy sharoitlarda o’z hajmini saqlaydi. Ammq suyuqlik molekulalari orasidagi tortishish suyuqlik o’z shaklini saqlay oladigan darajada katta emas. Suyuqliklarning idish shaklini olishi, ularni idishlarga quyish va sachratish osonligi shu bilan tushuntiriladi. Suyuqlikni siqib, uning molekulalarini bir-biriga shunchalik yaqinlashtiramizki, ular itarila boshlaydi. Suyuqlikni siqishning qiyinligi ham ana shundadir. Qattiq jismlar oddiy sharoitlarda hajmini ham, shaklini ham saqlaydi. Bu qattiq jismlarning zarrachalari orasidagi tortishish suyuqliklarning zarrachalari orasidagi tortishishdan yanada kattaligi bilan tushuntiriladi. Ba’zi qattiq jismlarning, masalan, qor uchqu-nining shakli tabiiy muntazam va chiroyli shaklga ega. Muz, tuz, naftalin, metallar kabi ko’pgina qattiq jismlarning zarrachalari (molekulalari yoki atomlari) muayan tartibda joylashgan. Bunday qattiq jismlar kristall jismlar deyiladi. Bunday jismlarning zarrachalari harakatda bo’lsa ham, ularning har biri muayan nuqta atrofida soat mayatnigiga o’xshab hara-katlanadi, ya’ni tebranadi. Zarracha bu nuqtadan uzoqlashib keta olmaydi, shuning uchun qattiq jism o’z shaklini saqlaydi. 1. Muz, suv va suv bug’lari molekulalari orasida farq bormi? 2. Gazlarning molekulalari qanday joylashgan? 3. Nima uchun gazlar o’zlari solingan idishning butun hajmini egallaydi? 4. Suyuqliklarning kam siquvchanligi qanday tushuntiriladi? Nima uchun ular o’z shaklini saqlamaydi? 5. Nima uchun kristall qattiq jismlar o’z shaklini va hajmini saqlaydi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling