1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24. TORTISHISH HODISASI. OG’IRLIK KUCHI
23. KUCH Ilgari ko’rilgan inertsiya va jismlarning o’zaro ta’sir hodisasi biror jismning harakat tezligini unga boshqa jismni ta’sir ettiribgina o’zgartirish mumkin ekanligini ko’rsatdi. Jism boshqa jismning ta’siri ostida harakatga keladi, to’xtaydi yoki o’zining harakat yo’nalishini o’zgartiradi. Boshqacha aytganda, bu misollarning hammasida jismning tezligi unga boshqa jismlar ta’sir etganda o’zgaradi. Ko’pincha fizikada qanday jism va u mazkur jismga qanday ta’sir etishi ko’rsatilmay, balki to’g’ridan-to’g’ri jismga kuch ta’sir qiladi yoki jismga kuch qo’yilgan deb gapiriladi. Kuch — harakat tezligini o’zgartiruvchi sabab. Kuch ta’siri ostida butun jismning tezligi emas, balki uning ayrim qismlarining tezligi o’zgarishi mumkin. Masalan, rezina koptokni raketa bilan urganda shunday bo’ladi. Ayrim qismlari bir xilda siljimaganligi uchun koptok siqiladi, deformastiya-lanadi (o’z shaklini o’zgartiradi) (quyidagi rasm). Odam taxtaga o’tirganda ( yuqoridagi rasm) taxtaning o’rtasi chetlariga qaraganda ko’proq masofaga siljigani uchun u deformastiyalanadi. Turli jismlarning harakat tezligini bir xil kattalikda o’zgartirish uchun turli kattalikdagi kuchlar kerak bo’ladi. Motostiklga qaraganda avtomobilni joyidan qo’zgatish qiyinroq. Boshqacha qilib aytganda, avtomobilni harakatga keltirishda mototsiklni harakatga keltirishdagiga qaraganda ko’proq kuch kerak. Demak kuch katta yoki kichik son qiymatga ega 1.Bir jismning boshqa jismga ta’siri nimada namoyon bo’ladi? 2. Jismning tezligi unga boshqa jism ta’sir qilishi natijasida o’zgarishini ko’rsatadigan misollar keltiring. 3. Kuch deganda nima tushuniladi? 4. Jismga kuch ta’sir etganda nima uchun uning shakli o’zgaradi? 24. TORTISHISH HODISASI. OG’IRLIK KUCHI Gorizontal otilgan koptokning uchishini qarab chiqamiz (quyidagi rasm). Koptok to’g’ri chiziqli va tekis harakat qilib uchmaydi, uning trayektoriya-si egri chiziq bo’ladi. 14 Yerdan uchirilgan sun’iy yo’ldosh to’g’ri chiziq bo’yicha uchmasdan balki Yer atrofida harakatlanadi (yuqoridagi rasm). Binobarin, bu jismlarga kuch ta’sir qiladi — bu Yerga tortilish kuchi. Yerga tortilish tufayli Yerdan ko’tarib va so’ngra quyib yuborilgan jismlar pastga to’shadi, daryodagi suv pastga oqadi. Yerdan sacra-gan odam qaytib Yerga to’shadi, chunki uni Yer tortadi. Yer sirtidagi va yaqinidagi hamma jismlarni: odamlar, daryo, dengiz va okeanlardagi suv, uylar, Oy, yo’ldoshlar va boshqalarni Yer o’ziga tortadi. Biroq bu jismlar ham o’z navbatida Yerni o’ziga tortadi. Masalan, Yerning Oyga tortilishi okeandagi juda katta massali suvlarni sutkasiga ikki marta ko’tarilishga (ko’p metrga) va pasayishga majbur etadi. Quyosh atrofida harakatlanadigan Yer va boshqa hamma planetalar Quyoshga va bir-biriga tortiladi. Yerdagi hamma jismlar ham bir-biriga tortiladi. Shuning uchun Koinotdagi hamma jismlarning bir-biriga tortishishi butun olam tortishishi deb atalgan. Biz uchun jismlarning biz yashayotgan planetaga — Yerga tortilishi muhim ahamiyatga ega. Jismni Yerga tortadigan kuch og’irlik kuchi deyiladi. Jismning og’irlik kuchi shu jismning massasiga to’g’ri proporsional ekanligi tajribalarda aniqlangan. Bir jismning massasi ikkinchi jismning massasidan necha marta katta bo’lsa, birinchi jismga ta’sir qilayotgan og’irlik kuchi ikkinchi jismga ta’sir qilayotgan og’irlik kuchidan shuncha marta katta bo’ladi. Shuning uchun massasi katta bo’lgan jismni og’ir deb aytamiz. Massasi turlicha bo’lgan jismlarni biri og’ir, ikkinchisi yengil deymiz. Bu bilan biz og’irlik kuchi jismning massasiga bog’liq deb gapiramiz. Agar jismlarning massasi bir xil bo’lsa, ularga ta’sir qiluvchi og’irlik kuchlari ham bir xil bo’ladi. 1. Gorizontal otilgan tosh nima uchun to’g’ri chiziq bo’yicha uchmaydi? 2. Jismni Yer sirtida qanday kuch tutib turadi? 3. Qanday kuch og’irlik kuchi deyiladi? 4. Jismning og’irlik kuchi uning massasiga qanday bog’langan? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling