1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
34. GAZNING BOSIMI
Biz gazlarning suyuqlik va qattiq jismlardan farqli ularoq o’zlari turgan hajmni, masalan, gaz saqlana-digan po’lat ballonlarni, avtomobil shinalari yoki voleybol koptogi kameralarini butunlay egallashini bilamiz. Bunda gaz ballon kamera devorlariga yoki o’zi tegib turgan istalgan boshqa jism devorlariga bosim beradi. Gazning bosimi qattiq jismning tayanchga bosimiga qaraganda boshqacha. Ma’lumki, gaz molekulalari katta tezlik bilan tartibsiz harakatlanadi. Molekulalar o’z harakatida boshqa molekulalarga, shuningdek gaz turgan idishning devor- lariga uriladi. Gazda molekulalar juda ko’p bo’lgani uchun ularning urilishlar soni ham juda ko’p. Siqilmagan odatdagi gazda moleku-lalarning idish devorining 1 sm 2 yuziga 1 s da uri- lishlar soni yigirma uch xonali son bilan ifodalanishi hisoblab topilgan. Ayrim molekulalarning zarblari kuchsiz bo’lsa-da, lekin bunday sondagi barcha molekulalarning idish devorlariga zarbi ancha sezilarli, bu zarblar gaz bosimidan iborat. Shunday qilib, gazning idish devorlariga (va gaz joylashtirilgan jismga) bosimi gaz molekulalarining zarbidan hosil bo’ladi. Quyidagi tajribani ko’rib chiqamiz. Havo nasosi kalpog’ining ichiga og’zi bog’langan havo sharini qo’yamiz. Unda kam miqdorda havo bo’lib, u noto’g’ri shaklga ega. Qal-poq ostidagi havoni nasos bilan sorib olamiz. Shar atrofidagi havo siyraklashgan sari asta-sekin shishib, shar shaklini oladi (quyidagi rasm). Bu tajriba qanday tushuntiriladi? Bizning tajribada gazning harakatdagi molekulalari shar devorini ichkaridan va tashqaridan uzluksiz bombardimon qiladi. Havo so’rib olinganda qalpoqdagi havo shari atrofidagi molekulalar soni kamayadi. Lekin og’zi bog’langan havo shari ichidagi molekulalar soni o’zgarmaydi. Shuning uchun havo sharining ichki devoriga urilgan molekulalar soni sharning tashqi devoriga urilgan molekulalar sonidan ko’paya boshlaydi va natijada havo shari shishadi. Havo sharining shishishi uning rezinka qobig’ining elastiklik kuchi gazning bosim kuchiga tenglash-guncha davom etadi. Havo sharining shar shaklini olishi gaz havo shari devorlariga hamma yo’nalish-da bir xil bosishini ko’rsatadi, boshqacha qilib aytganda, havo shari sirtining birlik yuziga to’g’ri kelgan molekulalarning zarb soni hamma yo’nalish-da bir xil bo’ladi. Bosimning hamma yo’nalishlarda bir xil bo’lishi gaz uchun xarakterli bo’lib, juda ko’p molekulalarning tartibsiz harakatining oqiba-tidir. Ravshanki, gaz molekulalari idish devoriga qanchalik tez-tez urilsa, idish devoriga gazning bosimi shunchalik katta bo’ladi. Agar gazning massasini o’zgarishsiz saqlab, hajmi kichiklashtirilsa, u holda gazning har bir kub santimetridagi molekulalar ko’payadi, gazning zichligi ortadi. Bunda molekulalarning idish devoriga bo’lgan urilishlar soni ortadi, ya’ni gazning bosimi ortadi. Aksincha, muayan gazning hajmi ortganda, bir kub santimetrdagi gazning molekulalari soni kama-yadi, bundan molekulalarning idish devoriga urilishlar soni kamayadi -gazning bosimi kamayadi. Demak gazning massasi o’zgarmas bo’lganda, gaz-ning hajmi kamayganda bosimi ortadi, hajmi ortganda esa bosimi kamayadi. Agar gaz o’zgarmas hajmda qizdirilsa, uning bosimi qanday o’zgaradi? Biz bilamizki, gaz qizdirilganda uning molekulalarining harakat tezligi ortadi. Molekulalar tez harakatlanib, idish devoriga tez-tez uriladi. Bundan tashqari, molekulaning idish devoriga har bir urilishi kuchliroq bo’ladi. Natijada idish devoriga katta bosim beriladi. Binobarin, gazning massasi o’zgarmas bo’lganda, 21 uning temperaturasi qanchalik yuqori bo’lsa, berk idishdagi gazning bosimi shunchalik katta bo’ladi. Saqlash va tashish uchun gazlar qattiq siqiladi, bunda ularning bosimi ortadi va ular po’latdan yasalgan maxsus ballonlarga solinadi. Masalan, suv osti kemalarida siqilgan havo, metallarni payvand-lashda ishlatiladigan kislorod va boshqa gazlar o’shanday ballonlarda saqlanadi. 1. Molekulalarning harakati haqidagi ta’limotga asosan gaz bosimi qanday tushuntiriladi. 2. Gazning o’zi turgan idish devorlariga bosim ko’rsatishini tajribada qanday ko’rsatiladi? 3. Gazning hamma yo’nalishda bir xil bosim ko’rsatishini nimadan xulosa qilib aytish mumkin. 4. Nima uchun gaz siqilganda uning bosimi ortadi, kengayganda esa kamayadi. 5. Gaz qanday holatda ko’proq bosim beradi: sovuq holatdami yoki qizdirilgandami? Nima uchun, tushuntiring. 6. Nima uchun siqilgan gazlar maxsus ballonlarda saqlanadi. 7. Ichida gaz bor ballon xuddi shunday bo’sh ballon bilan tutashtirilsa, gazning bosimi qanday o’zgaradi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling