1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
13-mashq
1. Qo’zgalmas platformada gishtlar bilan bnrgalikda massasi 3 t bo’lgan yashik turibdi. Yashik og’irligini va og’irlik kuchini hisoblang. 29. BIR TO’G’RI CHIZIQ BO”YICHA YO’NALGAN IKKI KUCHNI QO”SHISH. KUCHLARNING TENG TA’SIR ETUVCHISI Jismga bir emas, bir necha kuchning bir vaqtda ta’sir qilishi kundalik hayotimizda ko’p uchrab turadi. Masalan, taxtani arralayotganda arraga og’irlik kuchi, odamning muskul kuchi va taxtaning qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Harakatlanayotgan ke-maga aylanayotgan vintning tortish kuchi, suvning va havoning qarshilik kuchlari, og’irlik kuchi va suvning itarib chiqarish kuchi ta’sir qiladi. Prujinada osilib turgan jismga ikki kuch ta’sir qiladi: og’irlik kuchi va prujinaning elastiklik kuchi. Shunga o’xshash har bir holda haqiqatan jismga qo’yilgan bir necha kuchni o’z ta’siri bo’yicha bu kuchlarga teng qiymatli bo’lgan bitta kuch bilan almashtirish mumkin. Jismga bir necha kuch bir vaqtda ta’sir qilganda-gidek ta’sir qiladigan kuch bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi deyiladi. Bir necha kuchning teng ta’sir etuvchisini topish bu kuchlarni qo’shish yoki ularning yigindisini topish deyiladi. Qo’shiluvchi kuchlarni boshqacha tashkil etuvchi kuchlar ham deyiladi. Jismga bir to’g’ri chiziq bo’yicha bir tomonga ta’sir qiladigan ikki kuchning teng ta’sir etuvchisini topamiz. Tajribaga murojaat qilamiz. Prujinaga og’irligi 1N va 2 N bo’lgan ikki yukni ustma-ust qilib osamiz (quyidagi rasm). Prujina cho’zilgan uzunlikni belgilaymiz. Bu yuklarni olib, ular o’rniga prjninani o’shancha uzunlikka cho’zadigan bitta yuk bilan almashtiramiz (qyudagi rasm). Bu yukning og’iriligi 3 N ga teng bo’lib chiqdi. 17 Tajribaga asoslanib xulosa chiqaramiz: bir to’g’ri chiziq bo’yicha bir tomonga yo’nalgan kuchlarning teng ta’sir etuvchisi ham o’sha tomonga yo’nalgan bo’lib, uning moduli esa tashkil etuvchi kuchlar modullarining yig’indisiga teng ya’ni 2 1 F F F . Endi bir to’g’ri chiziq bo’yicha qarama-qarshi tomonlarga yo’nalgan ikkita kuchning teng ta’sir etuvchisini qanday topish kerakligini tushuntiramiz. Buning uchun dinamometr stolchasiga og’irligi 5 N bo’lgan yuk qo’yamiz (quyidagi rasm). Stolchaga ip bog’lab va ipga boshqa dinamometr ilib, yuqoriga 2 N kuch bilan tortamiz (quyidagi rasm). Bu holda stolchasida yuk bo’lgan dinamometr 3 N kuchni ko’rsatadi, bu kuch 5 N va 2 N kuchlarning teng ta’sir etuvchisidir, uning moduli tashkil etuvchi kuchlar modullarining ayirmasiga teng (3 N = 5 N- 2 N) va katta kuch tomonga yo’nalgan. Shunday qilib, bir to’g’ri chiziq bo’yicha qarama-qarshi tomonga yo’nalgan ikki kuchning teng ta’sir etuvchisi moduli bo’yicha katta kuch tomonga yo’nal-gan, uning moduli esa tashkil etuvchi kuchlar modullarining ayirmasiga teng (yuqoridagi rasm). 1 2 F F F Agar jismga bir-biriga teng va qarama-qarshi tomonga yo’nalgan kuchlar qo’yilsa, u holda ularning teng ta’sir etuvchisi nolga teng. Masalan, agar biz ko’rgan tajribada ipning uchidan 5 N kuch bilan tortilsa, u holda dinamometr stryelkasi nolinchi bo’limda turib qoladi. Bu holda ikki kuchning teng ta’sir etuvchisi nolga teng (5 N — 5 N = 0). Bir-biriga teng va qarama-qarshi yo’nalgan kuchlar ta’siri ostida jism tinch turadi yoki to’g’ri chiziadi tekis harakat qiladi. 1. Jismga bir necha kuch ta’sir qilishiga doir misollar keltiring. 2. Bir necha kuchning teng ta’sir etuvchisi deb qanday kuchga aytiladi? 3. Bir to’g’ri c h i z i q bo’yicha bir tomonga yo’nalgan ikki kuchning teng ta’sir etuvchisini aniqlash tajribasini aytib bering. Bu teng ta’sir etuvchi kuch nimaga teng? 4. Bir to’g’ri chiziq bo’yicha qarama-qarshi tomonga yo’nalgan ikki kuchning teng ta’sir etuvchisi nimaga teng? 5. Bir-biriga teng va qarama-qarshi yo’nalgan ikki kuch ta’siri ostida jism qanday harakatlanadi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling