1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
25. ELASTIKLIK KUCHI.
JISMNING OG’IRLIGI Oldingi mavzuda ko’rib o’tganimizdek Yerdagi hamma jismlarga og’irlik kuchi ta’sir qiladi. Tayanchi va osmasi bo’lmagan jismlarning Yerga tushishiga og’irlik kuchi sabab bo’ladi. Yomg’ir tomchilari, qor uchquni, shoxdan uzilgan barglar og’irlik kuchi ta’siri ostida Yerga to’shadi. Ammo o’sha qor tomda yotganda unga oldingidek og’irlik kuchi ta’sir qiladi, biroq u tushmaydi, balki tinch yotadi. Tayanch ustida yotgan yoki ipga osib qo’yilgan jismlarning nima uchun tinch turishini ko’ramiz. Yuqoridagi rasmlarda ikki tayanchda gorizontal holda yotgan taxta tasvirlangan. Agar taxta o’rtasiga tosh quyilsa, u holda og’irlik kuchi ta’sirida tosh taxtani egib biror vaqt pastga harakatlanadi, so’ngra to’xtaydi. Uning harakatini nima to’xtatib qoladi? Toshning to’xtab qolishining sababi bunday: pastga yo’nalgan og’irlik kuchidan tashqari, unga yuqoriga yo’nalgan yana boshqa kuch ta’sir etadi. Bu boshqa kuch qayerdan paydo bo’ldi? Bu savolga javob berish uchun taxta pastga harakatlanganda taxtada nimalar yuz berishini qarab chiqamiz. Taxta (yoki boshqa har qanday tayanch, yuqoridagi rasm) harakatlanganda egiladi-deformastiyalanadi. Bunda tayanchda (bizning misolimizda — taxtada) uning ustidagi jismga ta’sir etadigan kuch paydo bo’ladi, bu kuch yuqoriga, ya’ni og’irlik kuchiga qarama-qarshi tomonga yo’nalgan. U elastiklik kuchi deyiladi. Tayanch qancha ko’p egilsa elastiklik kuchi shuncha katta bo’ladi. Elastiklik kuchi jismga ta’sir etadigan og’irlik kuchiga teng bo’lgan vaqtda tayanch va jism to’xtaydi. Quyidagi rasmda yuk ta’siri ostida siqilgan prujina tasvirlangan. Agar jism osib quyilgan bo’lsa, u holda osma (ip, arqon, sim va boshqalar) cho’ziladi. Tayanch kabi unda ham elastiklik kuchi paydo bo’ladi. Osmaning cho’zilishiga qarab bu kuch ortadi. Elastiklik kuchi va og’irlik kuchining qiymatlari tenglashganda arqon cho’zilishdan to’xtaydi. Jism tayanchga qo’yilganda faqat tayanch defor- matsiyalanib qolmasdan, Yer tortayotgan jism ham deformastiyalanadi. Deformastiyalangan, siqilgan jism tayanchga bosadi. Jism osilganda ham xuddi shunday, ya’ni faqat arqon deformastiyalanib qolmay, jism ham deformastiyalanadi. Deformastiyalanadigan (cho’ziladigan) jism osmani (yuqoridagi rasm) deformastiyaydi (cho’zadi). Yerning tortishi tufayli jismning tayanchga yoki osmaga ta’sir qiladigan kuchi jismning og’irligi deyiladi. Jismga ta’sir etayotgan og’irlik kuchi bilan jismning og’irligini chalkashtirib yubormaslik kerak. Og’irlik kuchi jismning o’ziga ta’sir qiladi, jismning og’irligi esa tayanchga yoki osmaga ta’sir qiladi. 15 1. Og’irlik kuchining jismga. ta’siri nimada namoyon bo’ladi? 2. Nima uchun taxtaga quyilgan qadoq toshning harakati to’xtaydi? 3. Taxtada turgan qadoq toshga qanday kuchlar ta’sir qiladi? Ular qanday yo’nalgan? 4. Jismning og’irligi deb nimaga aytiladi? 5. Jismning og’irligi bilan jismga ta’sir qiluvchi og’irlik kuchi o’rtasida qanday farq bor? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling