1. Tabiatda suv va uning ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasida umumiy suv resurslari


Suv resurslaridan foydalanishda sodir bo‘layotgan asosiy muammolar


Download 55.53 Kb.
bet6/8
Sana13.11.2023
Hajmi55.53 Kb.
#1771765
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-ma`ruza

4. Suv resurslaridan foydalanishda sodir bo‘layotgan asosiy muammolar


Institutsional rivojlanishdagi muammolar. Osiyo taraqqiyot banki va boshqalarning fikriga ko‘ra, suv xo‘jaligini isloh qilish jarayoni ko‘plab texnik, moliyaviy va institutsional qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Qishloq xo‘jaligida qator suv xo‘jaligi islohotlarini o‘tkazish bo‘yicha ayrim yutuqlarga erishilganiga qaramay, quyidagilarni o‘z ichiga oladigan bir qancha asosiy cheklovlar mavjud:
• fermerlar uchun ragbatlantirishning yo‘qligi, xarid qilish va narxni belgilashning cheklanganligi;
• xususiy fermalarni tashkil etish va rivojlantirishdagi xususiy hamda institutsional zaiflik;
• xususiy fermalar uchun ko‘rsatiladigan qishloq xo‘jalik xizmatlarining bir xil emasligi;
• suvdan foydalanuvchilar uyushmasining foydalanish va xizmat ko‘rsatish sohasini boshqarish hamda ularning faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlarning yetishmasligi, suvdan foydalanish uyushmalari uchun xususiy tuzilmaning zaifligi;
• irrigatsiya va drenaj infratuzilmasidan foydalanish va uni ta’minlash uchun yetarlicha mablag ajratilmasligi, xarajatlarni qaytarish mexanizmining zaifligi; munosabatini o‘zgartirish bu boradagi ishlar ko‘lamining kattaligi va tegishli iqtisodiy mexanizmlarning amalga kiritilmaganligi sababli tatbiq etilishi oson emas.
Mavjud kadrlar bilimi va tajribasining kamligi, ishlarining muvofiqlashtirilmagani tufayli vaziyatning murakkablashishi bu boradagi tub o‘zgarishlarga monelik qilmoqda. 75460 dan ortiq fermer xo‘jaligi ixtiyoriy ravishda 894 ta SFUni tashkil qildi. Biroq tuzilgan shartnomalarda SFUning fermer va dehqon xo‘jaliklari uyushmasi bilan munosabatiga taalluqli qator muhim qoidalar, hududiy hokimiyat organlari bilan kelishuv tartibi, suvdan foydalanish bo‘yicha tasdiqlangan limit hamda rejalar yo‘q. Bundan tashqari joylarda suvni taqsimlashni tartibga solish masalalari hanuzgacha viloyat va tumanlar ma’muriyati nazoratida. Zero, ularning vazifasi qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini huquqiy himoya qilish, yordam ko‘rsatish va qo‘llab quvvatlashdan iborat. Shubhasiz, bularning barchasi haligacha saqlanib turgan markazlashtirilgan boshqaruv tizimi, qarorlar qabul qilishda vakolatlarning nomarkazlashtirilmagani , bozor munosabatlari shakllanmagan sharoitda voyaga yetgan avlod ongini o‘zgartirishning qiyinligi, boshqaruv ko‘nikmalarining yetishmasligi bilan bog‘liqdir.
Shunday bo‘lsada, hukumat 2010 yildan boshlab qishloq xo‘jaligi va yer sohasida barqaror siyosat yuritishda talay yutuqlarga erishdi. Chunonchi, tovarlarga narx belgilash ayni paytda xalqaro darajaga mos keladi. Keyingi uch yil ichida shirkatlarni qayta tashkil etish va xususiy fermerlarni rivojlantirish ishlari jadallashdi, hukumat qishloq xo‘jaligida soliq solishni ayrim hududlarda yagona yer solig‘ini joriy etish orqali soddalashtirdi. 2010 yildan konvertatsiya kursining o‘zgarishi makroiqtisodiy darajada qishloq xo‘jaligidagi eng muhim islohotga aylandi. Bu esa o‘z navbatida paxta va galla narxining ancha oshishiga olib keldi. Shu bilan birga, mamlakat miqyosida suvdan foydalanishni hisobga olish, nazorat qilish va hisobdorlik tizimining jadal takomillashtirish davlat boshqaruvining vazifa va javobgarligini xo‘jalik boshqaruviga berish, ularning o‘zaro Suvdan foydalanuvchilar uyushmalarining xizmat ko‘rsatishini rivojlantirishni to‘xtatib turgan yana bir muhim omil fermer va dehqonlarda xo‘jalik ichidagi infratuzilmani qayta tiklash uchun mablag‘ning yetishmayotganidir. Infratuzilmani qayta tiklash uchun esa katta mablag‘ kerak, shuning uchun bu ishlarni yakka tartibda amalga oshirib bo‘lmaydi. Jahon banki tomonidan o‘tkazilgan so‘rov ma’lumotlariga ko‘ra (2002), so‘rovda qatnashganlarning aksariyati (90 foizi) davlat irrigatsiya va drenaj hamda ularni texnik ta’mirlashga mablag‘ sarflash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak, deb hisoblaydi.
Daromadlarning ayni paytdagi darajasi pastligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, bu natija tasodifiy emas. Fermerlar bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq va foydali bo‘lsa, mablag‘ sarflashga tayyor. Bundan tashqari odamlar suv va yerni boshqarishning turli jihatlari bo‘yicha qaror qabul qilishda ham SFUlar ishtirok etishi lozim deb biladi. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarining suv xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakatni tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlarini hisobga olmasdan boshqaruvning institutsional dasturlari hamda mexanizmlarini shunchaki ko‘chirib olish nomaqbul va samarasizdir.
Turkiya va Meksika kabi davlatlarning tajribasi esa irrigatsiya sohasida boshqaruvni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosini kuchli siyosiy iroda (balkim davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash) va suv xo‘jaligida xususiylash-tirishga oid majburiyatlarni bajarish tashkil etganini ko‘rsatadi.
Suv resurslarini boshqarishning qonunchilikka oid jihatlari Suvga doir qonunchilikka bir nazar O‘zbekiston Respublikasining 1992 yilda qabul qilingan Konstitutsiyasi tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha huquq, majburiyat va tartibni belgilovchi asosiy qonun hujjati hisoblanadi. Suv va tabiatni muhofaza qilish munosabatlari mustaqillikka erishilgandan so‘ng qabul qilingan qonunlar majmui orqali tartibga solinmoqda.
Ayni paytda mamlakatning tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi quyidagi asosiy sohalardagi munosabatlarni tartibga soladi:
• atrof-muhit va uning asosiy tarkibiy qismlarini muhofaza qilish;
• ekotizimlarni himoya qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni boshqarish;
• atrof-muhitga ko‘rsatilgan ta’sirni baholash va ekologik ekspertiza;
• atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplashni tartibga solish (jumladan iqtisodiy hamda ma’muriy jihatlar);
• tabiiy resurslar mulk huquqini tartibga solish. “Tabiatni muHofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun (1992) tabiatni muhofaza qilish munosabatlarini tartibga soluvchi va tabiiy resurslarni asrab-avaylash va monitoringi. ekotizimlarni himoya qilishning huquqiy. iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, fuqarolarning qulay atrof-muhitda yashash huquqini kafolatlovchi asosiy qonuniy hujjat hisoblanadi. Bundan tashqari, tabiiy resurslarni himoya qilish va ulardan foydalanishni tartibga soluvchi qonunlar to‘plami ham qabul qilindi: “Yer to‘g‘risida” (1993), “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” (1993), “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida” (1993), “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida” (1992). Ushbu qonunlarni amalga oshirish mexanizmlari hukumat qarorlarida e’lon qilingan. So‘nggi yillarda tegishli qonunchilik ba’zasini kuchaytirish va rivojlantirish maqsadida tabiiy resurslarni asrash, foydalanish va boshqarish bilan bog‘liq qonunlar ishlab chiqilib, qabul qilindi. Bu hujjatlarda atrof-muhitning himoyaga muhtoj tarkibiy qismlariga alohida e’tibor qaratilgan. Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunni buzganlik uchun Jinoiy, Ma’muriy, Fuqarolik, Mehnat kodekslarida tegishli javobgarlik ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunda yuqorida qalamga olingan boshqa qonunlarni o‘z ichiga olmaydigan ekologik va huquqiy javobgarlik to‘g‘risidagi maxsus qoidalar bor.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1993 yil 6 mayda imzolangan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun eng muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Keyinchalik ushbu qonunga ayrim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Qonunning 3-moddasida suv resurslari davlat mulki hisoblanishi, uning himoyasida ekani va ulardan oqilona foydalanish lozimligi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 49-moddada suv omborlari, davlatlararo kanallar, inshootlar va yer osti suvlarini olish qurilmalari uchun ajratilgan yerlar mulkchilik va foydalanish shaklidan qat’i nazar davlat mulki hisoblanishi, xo‘jalik ichidagi inshootlar esa o‘z majburiyat va huquqlarini zimmasiga olgan shirkatlar va suvdan foydalanuvchilar uyushmalari mulki ekani qayd etilgan.
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning vazifasi suvdan foydalanish, suvdan aholi va xalq xo‘jaligi extiyojlari uchun oqilona foydalanishni tartibga solish, suvlarni ifloslanishi va qurishidan himoya qilish, suvlarga zararli ta’sir o‘tkazilganida ogohlantirish va uni bartaraf etish, suv obyektlarining ahvolini yaxshilash, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, fuqarolarning suvga oid munosabatlardagi huquqlarini himoya qilish hisoblanadi.
“Gidrotexnik inshootlar xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun gidrotexnik inshootlarni loyihalashtirish, qurish, ishga tushirish, rekonstruksiya qilish, qayta tiklash, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi. Davlat boshqaruvi, suv resurslaridan foydalanish va himoya qilishning ko‘plab muhim jihatlari qonun osti hujjatlari tomonidan tartibga solinadi.
Bunga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari kiradi:
• “Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” (№491, 2001.31.12)
• “Atrof muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” (№49, 2002.3.04)
• “Yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan zonalarga respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini berish to‘g‘risida” (№302. 2002.26.08)
• “Gidrometeorologiya xizmatini takomillashtirish to‘g‘risida” (№183, 2004.14.04)
• “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr tasdiqlashlarini shakllantirish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” (№492, 2001.31.12) Institutsional tub o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash, fermer xo‘jaliklari uyushmalarini rivojlantirish, qishloq xo‘jalik maxsulotlari ishlab chiqaruvchilarning huquqi va iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2002 yil 1 avgustda “2003 - 2007 yillar davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi barqaror rivojlantirilishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 276-qarorni qabul qildi.
Hukumat maxsus komissiyasi 2004 yilning noyabrida mavjud huquqiy tizimda cheklovlarning oldini olish maqsadida manfaatdor tomonlar bilan birgalikda SFUlarni rivojlantirishga taalluqli quyidagi qarorlarni ishlab chiqdi va tasdiqladi
• suvdan foydalanuvchilar uyushmasi bo‘yicha maxsus qonun qabul qilish, tegishli qonunlar va qonun osti hujjatlariga zarur tuzatishlar kiritish to‘g‘risida (bunda ayni paytda suvdan foydalanuvchilar maqomi va vazifalarining huquqiy asoslari yetarlicha ishlab chiqilmagani qayd etildi);
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar vakolatli boshqaruv organlari bilan kelishgan holda zararli suvlar ta’siri, toshqin, suv bosish, qirg‘oqlar, himoya to‘g‘onlari va boshqa inshootlarning buzilishidan ogoh etish va bartaraf etish, shuningdek, yerlarning botqoqlanishi, sho‘rlanishi, yemirilishi, jarliklar, ko‘chkilar, sel oqimlari va boshqa ziyonli holatlarga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘tkazishga majbur. Qonunda suvdan maxsus foydalanish, suv obyektlarini ifloslantirish va ularga boshqa turdagi zararli ta’sirlar uchun haq to‘lash, suvni tejash texnologiyalari, suvni himoya qilish va boshqa turdagi faoliyat yuritishda soliq, kredit va boshqa imtiyozlar iqtisodiy choralar sifatida ko‘zda tutilgan.
• sug‘oriladigan yerlarda suv resurslaridan oqilona foydalanishni rejalashtirish va boshqarishda suvdan foydalanuvchilar uyushmasi rolini kuchaytirish to‘g‘risida;
• bir gektar yerga beriladigan suv miqdorini kamaytirish uchun eng samarali irrigatsiya texnologiyasidan foydalanish orqali suvdan foydalanuvchilar uyushmasini suv resurslaridan oqilona foydalanganlik uchun rag‘batlantirish to‘g‘risida;
• zamonaviy irrigatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun maxsus dastur va fermer xo‘jaliklarini moliyalashga oid masalalar ma’lumotnomasini ishlab chiqish to‘g‘risida;
• suvdan foydalanuvchilar uyushmasiga fermerlar tomonidan foydalaniladi-gan suvni aniq o‘lchash va hisobga olish uchun suv hisoblagich priborlarini joriy etishda ko‘maklashish to‘g‘risida. Quyidagi masalalarga ham alohida e’tibor berilmoqda:
• har bir fermerning uyushmani tuzishdagi ishtirokini kuchaytirish (“oxiriga yetkazish” usulida), fermerlarga tizimning ishlashi va uni boshqarishga doir qarorlar qabul qilishda ularning fikri inobatga olinishi ham bunga ta’sir ko‘rsata olishi kafolatini berish uchun barcha sharoitlarni hisobga olgan holda suvdan foydalanuvchilar uyushmasini tashkil etishni davom ettirish;
• qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida muayyan yordam ko‘rsatish byurosi yoki bo‘limini tashkil etish, havzali birlashmalar rahbarlari suvdan foydalanuvchilar uyushmasini tashkil etishda ko‘maklashishi va boshqa masalalar.

Download 55.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling