1. Tabiiy ofatlar haqida ma’lumot Er silkinishi va uning oqibatlari


Inshoatlarni er silkinishiga bardosh berish xususiyatiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi


Download 165 Kb.
bet3/10
Sana04.02.2023
Hajmi165 Kb.
#1158284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O‘zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari

Inshoatlarni er silkinishiga bardosh berish xususiyatiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi:

  • A - 7 balgacha chidaydigan kuchsiz seysmochidamli uylar. Bunga tuproqdan, g‘ishtdan qurilgan uylar kiradi.

  • B - 8 balgacha chidaydigan uylar. Bu xildagi uylar har xil yog‘och karkaslardan tayyorlanadi (sinchi uylar).

  • V - 9 balgacha chidaydigan seysmochidamli uylar. Bu xildagi uylarga katta metall karkaslardan tayyorlanadigan, temir-beton konstruktsiyalardan qurilgan inshoatlar kiradi.

Er silkinishining oqibatlarini tugatishda ishga yaroqli har bir kishi ishtirok etishi zarur va quyidagi ishlar birlamchi ishlar hisoblanadi:

  • er tagida qolgan, buzilgan va yong‘inli uyda qolgan odamlarni qutqarish;

  • ishlab chiqarish, kommunal-energetik tizimlarda sodir bo‘ladigan avariyalarni to‘sish va to‘g‘rilash (chunki bular inson hayotiga xavf soladi);

  • buzilgan uylarni, inshoatlarni tiklash;

  • talofat ko‘rganlarga tabobat yordami ko‘rsatish punktlarini tayyorlash;

  • er silkinish o‘chog‘ida suv ta’minotini tiklash;

Albatta, mana shu ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan har bir odam ehtiyot choralarini ko‘rgan holda, kerakli joylarda shaxsiy himoya vositalardan foydalanishlari zarur. Hech qanday o‘zboshimchalik, belgilanmagan choratadbirlar va hatti-harakatlarni amalga oshirish man etiladi.
Er silkinishi boshqa turdagi tabiiy ofatlarni, falokatlarni: masalan, er surilishi, suv toshqini, qor ko‘chkisi, yong‘in chiqishi hamda avariyalarni: kommunal-energetik tizimlarni izdan chiqishi, kimyo sanoati korxonalarida avariya natijasida KTZMlarning tashqariga to‘kilishi, AESlarda radioaktiv moddalarni atmosferaga chiqishi va boshqa xavfli ofatlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ammo, hozirgacha er silkinishini aniq vaqtini va joyini ayta oladigan uslub yo‘q. Lekin erning tavsifli xususiyatlari, tirik mavjudodlarning hatti-harakatlari o‘zgarishiga qarab olimlar er silkinishi xaqida mayyam ma’lumotlarni beradilar.
Er silkinishini belgilaydigan ayrim ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat: kuchsiz tebranish chastotasini keskin o‘sishi, er deformatsiyalanishi, tog‘ jinslarining elektr qarshiligi o‘zgarishi, er osti suvlar sathining ko‘tarilishi, er osti suvlarida radon miqdorining ortishi va boshqa o‘zgarishlar.
Bulardan tashqari er silkinishi oldidan uy hayvonlarining hatti-harakatlari ham o‘zgaradi. Masalan, mushuklar tashqariga chiqib ketadilar, qushlar o‘z uyalaridan uchib chiqadilar, chorva mollar juda bezovta bo‘lib qoladilar va boshqalar.
Fan va texnikaning rivojlanishi so‘zsiz er silkinishini oldindan bashorat qilish imkoniyatini beradi. Jumladan, yuqorida ta’kidlanganidek er osti suvlarida er silkinishidan oldin radon gazi miqdorini oshish qonunini birinchi bo‘lib o‘zbek olimi §.Mavlonov tomonidan aniqlangan va bu qonuniyat Toshkent zilzilasi oqibatlarini o‘rganishda o‘z tasdig‘ini topdi.
Hozirgi kunda bu usul bilan Respublikamizda va Markaziy Osiyo davlatlarida ro‘y bergan bir necha zilzilalar bashorat qilindi va ular tasdiqlandi.
O‘zbekiston olimlarining bunday kashfiyoti bilan qiziqib Amerika olimi O. Jems shunday degan edi: «Yaqin kunlarda o‘zbek mutaxassislari zilzila haqidagi bashoratni xuddi iqlim sharoitini bashorat qilgandek radio orqali e’lon qilish darajasiga etib boradilar». Lekin bu erda shuni aytib o‘tish kerakki, er silkinishni oldindan bashorat qilish muammosi hali butunlay hal etilmagan. Bunga birdan-bir sabab bu masalaning murakkabligi, ya’ni zaminida er silkinish jarayonini vujudga keltiradigan gipotsentr-o‘choqning nihoyatda yashirinligi hamda shu «o‘choqda» yig‘ilgan va er silkinishiga olib keladigan energiyaning hamda uning sodir bo‘lish qonuniyatlarini hali etarlicha bilmasligimizdadir.
Er silkinish ofatidan muhofaza qilishning bir usuli bu oldindan seysmoaktiv mintaqalarni belgilash hisoblanadi. Bunda insonlar uchun, xalq xo‘jaligi tarmoqlari uchun xavfli bo‘lgan 7-8 balli yuqori er silkinishi mumkin bo‘lgan joylarni belgilab xarita tuziladi. Mana shunday seysmoaktiv mintaqalarda oldindan turli muhofaza omillari ko‘rilib, inshoatlarni qurish, ta’minlash va ba’zi xavfli ishlab chiqarish tarmoqlarini (kimyo zavodlari, AESlar va shunga o‘xshash korxonalarni) hatto to‘xtatish ishlari amalga oshiriladi.
Shunday ishlar, ya’ni O‘zbekistonning seysmoaktiv xududlari xaritasi 1977 yilgacha amal qilib keldi va hozirgi kunda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining seysmologiya instituti tomonidan 1997 yilda O‘zbekistonning yangi seysmoktiv xaritasi tuzilib, bunda har bir xududning seysmologik xususiyatlari hisobga olingan. Yangi xaritada ko‘rsatilishicha O‘zbekistonning mintaqalarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan er silkinishlari belgilangan. Jumladan: Qoraqalpogiston Respublikasi - 6 ballgacha; Xorazm va Samarqand viloyatlarida - 7 ballgacha; Toshkent, Qarshi, Buxoro, Termez, Namangan, Farg‘ona shaharlarida - 8 ballgacha; Andijon viloyatida - 9 ballgacha
Shuningdek seysmoaktiv xaritada Toshkent shahri uchun ham 6-9 ballgacha bo‘ladigan mikroseysmoaktiv xududlar ham belgilab qo‘yilganki, hozirgi kunda mana shu ma’lumotlar asosida Toshkent shahrida maqsadli qurilishlar amalga oshirilmoqda.
Shu erda ta’kidlab o‘tish kerakki, Respublikamizda 136 ta shahar mavjud bo‘lib, ulardan 13 tasi yirik shaharlar hisoblanadi. Shaharlarda qurilishlar 5 ta kategoriya bo‘yicha amalga oshirilib, ular katta kichikligidan qat’iy nazar halqa yo‘li bilan belgilanishi zarur. Chunki FVda fuqarolarni faqat tranzit yo‘llari orqali (jumladan xalqa yo‘llari orqali) harakat qilishga yo‘naltirilishi lozim.
Shuning uchun har bir korxona rahbari er silkinishi oqibatlarini kamaytirishning asosiy tadbirlarini bilishi zarur. Bular quyidagilardan iborat:

  • hududning seysmik kartasi, unda zilzila bo‘lish ehtimoli bor joylar va uning kuchi ko‘rsatiladi ;

  • zilzilaga bardosh beradigan uylar va sanoat inshoatlarini qurish;

  • zilzila sodir bo‘lib qolgan holda axoli o‘zini qanday tutishi va hatti-harakatlar haqida tushuntirish;

  • seysmik stantsiyalarda uzluksiz navbatchilikni tashkil qilish va olib borish;

  • zilzilalar haqida aniq xabar va aloqa sistemasini tashkil qilish;

  • qutqaruv, kuch va vositalarni tayyor holga keltirib qo‘yish;

  • aholini xavfsiz, o‘z vaqtida evakuatsiya qilish tadbirlarini ishlab chiqish;

  • moddiy - texnik ta’minoti (plakatlar, oziq-ovqat, dori-darmon) zahiralarini tashkil qilish;

  • zilzila haqida xabar beruvchi belgilarni aholiga tushuntirish va o‘z vaqtida qo‘llash.


Download 165 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling