1. Tabiiy ofatlar haqida ma’lumot Er silkinishi va uning oqibatlari


Er surilishida uchda bosqich kuzatiladi


Download 165 Kb.
bet7/10
Sana04.02.2023
Hajmi165 Kb.
#1158284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O‘zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari

Er surilishida uchda bosqich kuzatiladi:
1-bosqich. Surilishning tayyorlanish bosqichi. Bu bosqichda qiya sathlardagi tog‘ jinsi turg‘unligi susayadi, er sathida turli kenglikdagi yoriqlar paydo bo‘ladi;
2-bosqich. Tog‘ jinslarining katta tezlik bilan yoki sekin-asta surilishi kuzatiladi. Surilish tezligi yuqorida qayd etilgan omillarning ta’sir darajasiga bog‘liq bo‘ladi;
3-bosqich. Surilishning so‘nish bosqichi. Bunda tog‘ jinslari surilishdan to‘xtaydi.
Er surilishlarni chuqur o‘rganish - ularni oldidan bashorat qilish imkonini beradi. Buning uchun kompleks muhandis-geologik qidiruv ishlari o‘tkaziladi. Surilishi kuzatiladigan maydonlarning tabiiy sharoiti va geologik muhiti fizik andozalarida o‘rganiladi, hisoblash ishlari bajariladi.
Er surilishi ofatig oldidan kuzatiladigan belgilar quyidagilardan iborat:
Er yuzasida yoriqlarni paydo bo‘lishi, yo‘llarda uzilishlarning yuzaga kelishi, daraxtlarning to‘g‘ri o‘smasligi (qiyshayib o‘sishi), uylarning devorlari yorilishi, binolar, inshoatlar tuzilishida muvozanatining buzilishi va boshqa belgilar paydo bo‘ladi.
Mabodo, hududlarda er surilishi xavfi bo‘lsa yoki harakatdagi surilish kuzatilsa, ularni bartaraf qilish, oldini olish ishlari bajariladi, chora-tadbirlar belgilanadi.

5. Kuchli shamol, qurg‘oqchilik va uning oqibatlari


Kuchli shamol va insonlar hayotiga va xalq xo‘jaligiga jiddiy zarar etkazadigan ofatdir. Bu ofat uzoq davom etuvchi va buzish kuchiga ega. Bu ofatning tezligi 30-90 m/s ga etadi. O‘rta Osiyo mintaqalarida shamolning kuchi 40-60 m/s ga, O‘zbekistonning Xovos, Bekobod tumanlarida esa 50-60 m/s tashkil etadi. Kuchli shamolni paydo bo‘lishi, ya’ni atmosferada muvozanatning buzilishi natijasida havo oqimi juda katta tezlikda harakatlanib, ba’zi joylarda, u aylanma (voronka) harakatga aylanib ketadi. Bunday ofat oqibatida odamlarning halok bo‘lishi, inshoatlarning buzilishi, ekinzorlarning payhon etishi, elektr-telefon tarmoqlarining izdan chiqishi va boshqa oqibatlarga olib keladi. Shuningdek, kuchli shamol esganda odamlar, uy hayvonlari yuradigan yo‘llardan adashadilar, simyog‘ochlar, daraxtlar ag‘anaydi, uylarning tomlari buzilishi natijasida odamlar turli darajada jarohat oladilar.
Shuning uchun bunday favqulodda holatda odamlar engil, baland qurilgan imoratlardan, elektr tarmoqlari osilgan simyog‘ochlardan, ko‘priklardan uzoqrok joylarda saqlanishlari lozim. Bu ofatdan eng ishonchli saqlovchi omil - bu himoya inshoatlari (metro, er osti yo‘lkalari, uylarning erto‘lalari va boshqalar) hisoblanadi.
Bu ofatdan saqlanishning yana bir omili - ofat haqida odamlarni o‘z vaqtida ogoh qilishdir. Albatta, hozirgi paytda ob-havoni bir necha kun oldindan ayta oladigan zamonaviy uslublar yaratilganki, bularning bergan ma’lumotlari asosida nafaqat odamlarni, balki uy hayvonlarini, moddiy boyliklarni falokatda asrash, buzilishini yoki yaroqsiz holga kelishini oldini olish mumkin.
Hulosa qilib aytadigan bo‘lsak, kuchli shamol ofati yuz berganda fuqaro muhofazasi tizimlari davlat organlari xodimlari boshchiligida qutqaruv va buzilgan joylarda tiklash ishlarini bajaradi, jabr ko‘rganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Download 165 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling