1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]


Ekologik normativlar loyihasi


Download 0.49 Mb.
bet17/17
Sana26.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1725601
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
14 21.01.2014

Ekologik normativlar loyihasi

“IShLAB ChIQILGAN”:

Ishlab chiqqan tashkilot rahbari


______________________________
(imzo) _____ (F.I.O.)

20___ yil “____” _______________



shahar (tuman), yil





(B shakl)

Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning II, III va IV toifalariga kiradigan faoliyat turlari bo‘yicha tashkilotlar uchun ifloslantiruvchi moddalarning atmosferaga chiqariladigan yo‘l qo‘yiladigan cheklangan tashlanmalarining ekologik normativlari loyihasining (ifloslantiruvchi moddalarni oqova suvlar bilan yer usti havzalari yoki joy relyefiga oqizishning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdori), (chiqindilar hosil bo‘lishi va joylashtirilishi)
TITUL VARAG‘I


“TASDIQLAYMAN”
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish
qo‘mitasining raisi, viloyat va Toshkent
shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish boshqarmasining boshlig‘i
__________________________________
(imzo) ______ (F.I.O.)

20___ yil “___” ______________

M.O‘.


“TASDIQLAYMAN”
Tashkilot rahbari

_____________________________


(imzo) _____ (F.I.O.)

20___ yil “___” ______________



_________________________________________ uchun


(tashkilot nomi)

Ekologik normativlar loyihasi

“IShLAB ChIQILGAN”:

Ishlab chiqqan tashkilot rahbari


______________________________
(imzo) _____ (F.I.O.)

20___ yil “____” _______________



shahar (tuman), yil





(21-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 949-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son)
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
22-ILOVA
Ekologik normativlar loyihasi bo‘limlari nomlari
Ekologik normativlar loyihasi mazmuni
Annotatsiya
Mundarija
Kirish
Obyekt to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
Atrof-muhitni ifloslantirish manbai sifatida obyektining tavsifi
Obyektni rivojlantirish istiqbollari
Ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarib tashlashni normalashtirish
Ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitga chiqarib tashlashni normalashtirish
Chiqindilarni normalashtirish va ular joylashtiriladigan joylarning tavsifi
Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish normativlariga erishish bo‘yicha tabiatni muhofaza qilish tadbirlari
Ekologik normativlarga rioya qilinishini ustidan nazorat qilish
Ekologik normativlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ekologik normativlar loyihasiga ilova
1. “Annotatsiya”da quyidagilar keltiriladi:
uning uchun chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar va chiqindilar normalashtiriladigan obyekt nomi;
chiqarib tashlashlar manbalari soni, ulardan — tashkil etilgan va uyushtirilmagan, jami chiqarib tashlashlarga ularning ulushi, chang-gaz tozalagich uskuna bilan jihozlanganligi; ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, nomlari va ularning jami chiqarib tashlashlarga ulushi ko‘rsatilgan holda amalga oshirilgan ishlarning asosiy natijalari;
suv iste’moli va suv ajratish hajmi, oqimlarning tozalash inshootlari mavjudligi, cheklangan yo‘l qo‘yiladigan oqizib yuborishlarning normalarini hisoblab chiqarish natijalari;
tashkilotda paydo bo‘ladigan chiqindilarning miqdori (massasi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar, ularning atrof-muhit uchun xavfliligi darajasi; chiqindilarni vaqtincha to‘plash maydonchalari (joylari)ning (ochiq, yopiq) umumiy soni; chiqindilar borasidagi ishlar sohasida rejalashtirilayotgan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha tashkilotning toifasi;
ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarib tashlashning, ifloslantiruvchi moddalarni suv obyektiga va joyning relyefiga oqizib yuborishning amaldagi miqdori hamda umuman obyekt bo‘yicha ekologik normativlar.
2. “Kirish”da ular asosida ekologik normativlar loyihasi ishlab chiqilgan. asosiy normativ hujjatlar loyihasi; ushbu obyektda chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar va chiqindilarni normalashtirish ishlarini amalga oshirish keltiriladi.
3. “Umumiy ma’lumotlar” bo‘limida quyidagilar keltiriladi:
obyektning nomi, uning pochta manzili, idoraga qarashliligi;
qisqacha tarixiy ma’lumotnoma (qurilgan yili, kengaytirilishi) va yaqin 5 yil uchun rivojlantirish istiqbollari;
ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarib tashlash, suv obyektlariga oqizish manbalari, chiqindilar va eksplikatsiyalarni saqlash joylari qog‘ozga tushirilgan holda obyekt hududining bosh rejasi;
hududning funksional vazifasi, yaqin turar joylargacha bo‘lgan masofa, hisoblab chiqilgan to‘g‘ri uchburchakka bog‘langan koordinatlar masshtabi va tizimi batafsil tavsiflangan, suv muhofazasi zonasi va chiqindilarni joylashtirish zonasi ko‘rsatilgan holda obyekt joylashtirilgan shahar (tuman) qismining vaziyatli rejasi.
4. “Atrof-muhitni ifloslantirish manbai sifatida obyektning tavsifi” bo‘limida quyidagilar keltiriladi:
ishlab chiqarish texnologiyasi tavsifi;
chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar va chiqindilar paydo bo‘lishi manbalari sifatida atrof-muhitni ifloslantirish nuqtai nazaridan texnologik asbob-uskunalar va texnologik jarayonlar tavsifi. Ma’lumotlar matnli shaklda yoki bloklar — har bir uchastka bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlari sxemalari shaklida taqdim etiladi. Bunda har bir blokda-sxemada alohida bloklar shaklida quyidagilar mavjud bo‘ladi: ishlab chiqarish operatsiyalari; mahsulot natijasida olinadigan xomashyo, materiallar, zagatovkalar tushishi manbalari (ushbu uchastkaning); hosil bo‘ladigan chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar va chiqindilar; chiqindilar bilan kelgusidagi operatsiyalar (ularning aynan qayerga tushishi ko‘rsatilgan holda);
hosil bo‘ladigan chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar va chiqindilarning miqdori va tarkibiga ta’sir ko‘rsatuvchi foydalaniladigan xomashyo va materiallar ro‘yxati va tavsifi;
mavjud tozalash inshoatlarining qisqacha tavsifi, ularning texnik holati va ish samaradorligi tahlili;
balansdagi chiqindilar poligonlari, saqlash joylarining mavjudligi, ularning tavsifi;
chiqindilarni qayta ishlash, zararsizlantirish bo‘yicha qurilmalar va texnologiyalar tavsifi;
chiqindilarni joylashtirish obyektlarida atrof tabiiy muhitining holatini kuzatishni tashkil etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
mavjud avariyaga qarshi tadbirlar va hosil bo‘ladigan chiqindilarning atrof-muhit holatiga ta’sirini pasaytirishga qaratilgan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ishlab chiqarishning qo‘llaniladigan texnologiyasi va chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlarni tozalash, chiqindilarni utillashtirish va qayta ishlash usullarining respublika va chet eldagi ilg‘or ilmiy-texnik darajaga muvofiqligi darajasini baholash.
Ekologik normativlarni hisoblab chiqish uchun foydalaniladigan ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini asoslash uchun, texnologik reglament asosida moddiy-xomashyo balansi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar ro‘yxati xatlov o‘tkazishda aniqlanadi.
5. “Rivojlantirish istiqbollari” bo‘limida yaqin besh yil uchun obyekt to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Rivojlantirish istiqbollarini tavsiflashda unumdorlikning o‘zgarishi, rekonstruksiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ishlab chiqarishlarni, chiqarib tashlash, oqizib yuborish va chiqindilar paydo bo‘lishi manbalarini tugatish, yangi texnologik liniyalar qurish to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining asosiy istiqbolli yo‘nalishlari to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlarni, ishlab chiqarishlar, sexlarni rekonstruksiya qilish, kengaytirish va yangilarini ishga tushirish muddatlarini hisobga olish zarur. Rivojlanish istiqbolini belgilab beruvchi hujjatga havola qilinadi, rekonstruksiya qilish, kengaytirish yoki yangi qurilish uchun loyiha mavjudligi, uni davlat ekologik ekspertizasi organlari bilan kelishish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar va chiqindilar paydo bo‘lishining amaldagi solishtirma ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasida va chet elda texnik jihatdan erishiladigan ko‘rsatkichlar bilan qiyoslab tahlil qilinadi, eng yaxshi yo‘l qo‘yiladigan texnologiyalar bilan taqqoslanadi. Ifloslantiruvchi moddalar emissiyasi eng yaxshi yo‘l qo‘yiladigan texnologiyalar bo‘yicha emissiyalar bilan taqqoslanadi. Chiqindilarni utillashtirish qilish va qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi.
6. “Ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni normalashtirish” bo‘limi ushbu Nizomning 16—21-bandlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
7. “Ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitga oqizib yuborishni normalashtirish” bo‘limini ishlab chiqish ushbu Nizomning 24—29-bandlari talablari asosida amalga oshiriladi.
8. “Chiqindilarni normalashtirish va ularni joylashtirish joylari tavsifi” bo‘limi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilar ro‘yxati, tarkibi va fizik-kimyoviy tavsiflari bayoni;
ushbu Nizomning 33—37-bandlari talablariga muvofiq paydo bo‘ladigan chiqindilarning hisob-kitobi va normativlarini asoslash;
“Chiqindilarning tasnif katalogi”ga muvofiq chiqindilarning xavflilik klassini belgilash (ushbu Nizomga 15-ilova);
chiqindilarni to‘plash va saqlash shartlarini tahlil qilish;
chiqindilarni vaqtincha saqlash (to‘plash) joylari tavsifi, chiqindilarni vaqtincha saqlash (to‘plash) miqdorini va chiqindilarni tashib ketishning davriyligini asoslash.
Chiqindilarni joylashtirish limitining hisob-kitobida quyidagilar bo‘ladi:
ushbu Nizomga 17-ilovaga muvofiq boshlang‘ich ma’lumotlar;
ushbu Nizomga 17-ilovaga muvofiq hisob-kitob natijalari jadvali.
Chiqindilarni qayta ishlash, zararsizlantirish bo‘yicha qurilmalarga ega bo‘lgan yoki ularni ijaraga oluvchi obyektlar “Chiqindilarni qayta ishlash, zararsizlantirish bo‘yicha qurilmalar va texnologiyalar tavsifi” kichik bo‘limining chiqindilar hosil bo‘lishi normativlari bo‘limiga kiritiladi. Har bir mavjud (ijaraga olingan) qurilma bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: qurilmalarning loyiha tavsiflari, qayta ishlatishning amaldagi hajmi, qayta ishlanadigan yoki zararsizlanadigan chiqindilar turlari, ikkilamchi hosil bo‘ladigan chiqindilar tavsifi (ikkilamchi hosil bo‘ladigan chiqindilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar birlamchi paydo bo‘luvchi chiqindilar bilan birgalikda ekologik normativlar loyihasining boshqa bo‘limlariga kiritiladi).
9. “Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning normativlariga erishish bo‘yicha tabiatni muhofaza qilish tadbirlari” bo‘limida normativ darajagacha atrof-muhitga yuklama pasaytirilishini ta’minlaydigan amalda bajariladigan tadbirlar va ularni amalga oshirishning davriyligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Bo‘limga:
chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar va chiqindilar hosil bo‘lishi miqdorini kamaytirish;
avariyali tashlamalar suv havzalariga tushishining oldini olish;
tozalash qurilmalari ishi samaradorligini oshirish;
chiqindilarni qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni zararsizlantirish texnologiyalarini joriy etish;
qo‘yiladigan ekologik talablarga javob beradigan chiqindilar saqlash joylarini tashkil etish va to‘liq jihozlash;
oldin to‘plangan chiqindilarni (qayta ishlash, zararsizlantirish, joylashtirish va hokazo maqsadlarda) tashib olib ketish;
chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar manbalarida, chiqindilarni joylashtirish obyektida atrof-muhit monitoringini olib borish;
paydo bo‘lgan chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar va chiqindilarning atrof tabiiy muhiti holatiga ta’sirini boshqacha kamaytirish bo‘yicha o‘tkaziladigan (rejalashtiriladigan) tadbirlar to‘g‘risidagi materiallar kiritiladi.
10. “Ekologik normativlarga rioya etilishini nazorat qilish” bo‘limida ekologik normativlarga rioya etilishi nazorat qilinadigan chiqarib tashlashlar, oqizib yuborishlar manbalari va chiqindilarni saqlash joylari, shuningdek obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadvalga muvofiq nazorat qilinadigan ingrediyentlar nomi asoslanadi.
11. “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” bo‘limida ishlarni bajarishda foydalanilgan metodik ko‘rsatmalar, normativ hujjatlar, shuningdek boshqa adabiyotlar manbalari keltiriladi.
12. Ilovalar ularni eslatish tartibida joylashtirilgan holda rasmiylashtiriladi.


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 4-son, 50-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling