1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]


Download 0.49 Mb.
bet4/17
Sana26.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1725601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
14 21.01.2014

SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Tadbirlar

Mas’ullar

Muddatlar

1-bosqich

Atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalarni xatlash

Tashkilot rahbari yoxud xatlovdan o‘tkazish materiallarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan jalb qilingan yuridik va jismoniy shaxslar

Zaruriyatga ko‘ra

2-bosqich

Xatlovdan o‘tkazish materiallarini tasdiqlash va ularni tashkilot joylashgan joy bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga, viloyat hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli boshqarmasiga yuborish

Tashkilot rahbari

Tayyorligiga ko‘ra

3-bosqich

Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni o‘rgangan holda xatlovdan o‘tkazish materiallarini ko‘rib chiqish va ularni tasdiqlash yoki qayta ishlash uchun qaytarish (ishonchsiz ma’lumotlar aniqlanganda)

Obyekt joylashgan joy bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari

Taqdim qilingan kunidan boshlab 15 kun mobaynida

4-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan xatlovdan o‘tkazish materiallari asosida atrof- muhitga ta’sir ko‘rsatishning ekologik normativlari loyihasi ishlab chiqiladi

Tashkilot rahbari yoxud xatlovdan o‘tkazish materiallarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan jalb qilingan yuridik va jismoniy shaxslar

Xatlovdan o‘tkazish materiallari tasdiqlagandan keyin

5-bosqich

Ekologik normativlar loyihalari xatlovdan o‘tkazish materiallari bilan birga davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi organlariga (I toifa — Davlat ekologiya qo‘mitasiga, II, III va IV toifalar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyat va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish boshqarmasiga) yuboriladi

Tashkilot rahbari

Xatlovdan o‘tkazish materiallari tayyorligiga ko‘ra

6-bosqich

Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish va loyihani amalga oshirish mumkinligi (yoki yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi) to‘g‘risida xulosa berish

Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I toifasi obyektlari bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasining “Davlat ekologik ekspertizasi markazi”

DUK Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning II-III-IV toifalari obyektlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” DUK



Davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilganligi uchun haq to‘langandan so‘ng
I toifa bo‘yicha — 20 kungacha;
II toifa bo‘yicha — 15 kungacha;
III toifa bo‘yicha — 10 kungacha;
IV toifa bo‘yicha — 5 kungacha

7-bosqich

Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi berilganda atrof muhitga ta’sir qilishning ekologik normativlari loyihalari 5 yil muddatga tasdiqlanadi

I toifa obyektlari bo‘yicha — Davlat ekologiya qo‘mitasining raisi II, III va IV toifalar obyektlari bo‘yicha —

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining raisi, viloyat va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i



Davlat ekoekspertizasi xulosasi olingandan so‘ng

8-bosqich

Ekologik normativlarning tasdiqlangan loyihalari tashkilotlarga qaytariladi, bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ekspert organlarida bitta arxiv nusxasi qoladi, bundan tashqari, hududiy organlarda ham atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni nazorat qilish uchun (II, III-IV toifalar obyektlari bo‘yicha) yana bir nusxa qoladi

Tashkilot rahbari

Loyiha tasdiqlagandan keyin uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda

Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I toifasi obyektlari bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan ekologik normativ loyihasining bir nusxasi atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni nazorat qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga yuboriladi

Tashkilot rahbari

Loyiha tasdiqlagandan keyin uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda

9-bosqich

Davlat ekologik ekspertizasi xulosalari bajarilishini nazorat qilish (“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zR Qonunining 12-moddasi)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Ekologik normativlar loyihalari amal qilishi davrida doimo

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 949-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son)
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling