1. Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Download 437.98 Kb.
|
290 20.10.2014
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi) O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qaroriga 4-ILOVA Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida tushgan mablag‘larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash tartibi to‘g‘risida NIZOM 1. Yovvoyi hayvonlarni tutishga, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishga, yovvoyi o‘simliklarni (g‘amlash) to‘plash, ularni olib kirish va tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar uchun, arizalarni ko‘rib chiqqanlik va ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov undirishdan olinadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish respublika davlat inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda “Davbionazorat” inspeksiyasi deb ataladi) maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi, ulardan: Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tutganlik va yovvoyi o‘simliklarni to‘plaganlik (g‘amlaganlik) uchun 80 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga va 8 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga o‘tkaziladi. Mablag‘lar kelgusida faqat tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga, hayvonot va o‘simlik dunyosi kadastrini, hayvonlar va o‘simliklar soni hisobini yuritish, tabiatni muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot tadbirlarini olib borish uchun foydalaniladi; (1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda) Oldingi tahrirga qarang. yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o‘simliklarning boshqa turlarini tutganlik va to‘plaganlik (g‘amlaganlik) uchun 60 foizi — alohida modda bilan tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga sarflanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadiga o‘tkaziladi. Bunda dorivor o‘simliklarni to‘plashga (g‘amlashga) ruxsatnoma berganlik uchun yig‘im undirilib, mahalliy budjetga yo‘naltiriladigan to‘lovlar (o‘rmon fondi yerlari bundan mustasno) tabiiy holda o‘suvchi, shu jumladan yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simliklarni saqlash, xatlovdan o‘tkazish, ularning madaniy plantatsiyalarini, onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirishga doir texnologik xaritalar ishlab chiqish xarajatlarini qoplash uchun sarflanadi; (1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/508/1212-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o‘simliklarni olib chiqish uchun 80 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga o‘tkaziladi; (1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda) Oldingi tahrirga qarang. yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o‘simliklarning boshqa turlarini olib chiqish uchun 60 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga o‘tkaziladi; (1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda) Oldingi tahrirga qarang. respublikaning baliqchilik xo‘jaligi tabiiy suv havzalarida sanoat maqsadida baliq ovlash uchun 100 foizi — “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi; (1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 32-son, 814-modda) Oldingi tahrirga qarang. yalang‘och qizilmiyani qayta ishlash mahsulotini (suyuq va kukunsimon ekstraktlarini), shuningdek yalang‘och qizilmiyani mahsulot sifatida chetga olib chiqishga berilgan ruxsatnoma uchun 60 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga o‘tkaziladi. (1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda) Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida tushgan mablag‘larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 2. Davlat o‘rmon fondi yerlarida arizalarni ko‘rib chiqqanlik va O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan o‘simliklar turlarini tabiiy muhitdan tayyorlash (to‘plash) uchun olib qo‘yishga ruxsatnomalar berganlik uchun olinadigan mablag‘lar 100 foiz miqdorida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-apreldagi 282-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2018-y., 09/18/282/1055-son) 3. Yovvoyi hayvonlarni boshqa joyga ko‘chirish yoki urchitish uchun tutishga ruxsatnoma berishdan olingan mablag‘lar 100 foiz miqdorida: biriktirilmagan ovchilik-baliq ovlash yerlarida ovlashda — “Davbionazorat” inspeksiyasining maxsus hisob raqamiga; ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklarida ovlashda — ushbu xo‘jalikni yurituvchi ovchilikdan foydalanuvchining hisob raqamiga; Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida bo‘lgan davlat o‘rmon fondi yerlarida ovlashda — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaligi organlarining hisob raqamiga o‘tkaziladi. (3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) Oldingi tahrirga qarang. 4. Davlat o‘rmon fondiga kirmagan daraxt va butalarni kesishga ruxsatnomalar berishdan tushadigan mablag‘lar mahalliy tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalariga o‘tkaziladi, shundan 60 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga o‘tkaziladi, qolgan 40 foizi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflanadi. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda) 5. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarimalar undirishdan olingan mablag‘lar hamda hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha mablag‘lar 100 foiz miqdorida: Oldingi tahrirga qarang. agar huquqni buzish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kirmaydigan davlat qo‘riqxonasi hududida sodir etilgan bo‘lsa — uning hisob raqamiga; (5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-apreldagi 282-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2018-y., 09/18/282/1055-son) agar biriktirilmagan yer maydonlarida huquqni buzish sodir etilgan bo‘lsa — qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari hisob raqamlariga; Oldingi tahrirga qarang. ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklarida huquqni buzish sodir etilgan taqdirda — ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi foydalanuvchining hisob raqamiga o‘tkaziladi. (5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-apreldagi 282-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2018-y., 09/18/282/1055-son) Oldingi tahrirga qarang. davlat o‘rmon fondi yerlarida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha mablag‘larning 100 foizi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiradigan o‘rmonni, o‘rmon-ovchilik, ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaliklari, milliy tabiat bog‘larini, shuningdek, ilmiy-tajriba stansiyalarini rivojlantirish jamg‘armalarining hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ushbu undirilgan mablag‘larning 50 foizi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamiga yo‘naltiriladi. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Quyidagi mablag‘lar: O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiradigan qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari, milliy tabiat bog‘lari hududlaridagi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarimalar undirishdan olingan mablag‘lar — 100 foiz miqdorda hududida huquqbuzarlik sodir etilgan qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari, milliy tabiat bog‘lari hisob raqamiga o‘tkaziladi; davlat o‘rmon fondi yerlaridagi hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha mablag‘larning: 50 foizi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga; 50 foizi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiradigan o‘rmonni, o‘rmon-ovchilik, ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaliklari, qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari, milliy tabiat bog‘larini, shuningdek, ilmiy-tajriba stansiyalarini rivojlantirish jamg‘armalarining hisob raqamiga o‘tkaziladi. (5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-apreldagi 282-sonli qaroriga asosan beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2018-y., 09/18/282/1055-son) Oldingi tahrirga qarang. Qolgan barcha hollarda, qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘lari, biorezervat va ovchilik xo‘jaliklari hamda davlat o‘rmon fondi hududidan tashqari, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan qoidabuzarlik ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan ochilganda, yer maydonlarining tegishliligidan qat’i nazar, jarimalar va yetkazilgan zararni qoplashdan tushadigan barcha summa “Bioinspeksiya”ning maxsus hisob raqamiga tushadi, undan jarimalar to‘lash va yetkazilgan zararni qoplashdan tushgan summaning 60 foizi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi. (5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) Oldingi tahrirga qarang. 6. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarima summalarini undirishda hamda hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash, shuningdek musodara qilingan ov va baliq ovlash qurollari, noqonuniy ov qilish va baliq ovlash natijasida olib qo‘yilgan mahsulotlarni hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishdan olingan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablag‘lar davlat ijrochilari tomonidan majburiy tartibda undiriladi, tushgan mablag‘larni taqsimlash boshqa qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda) Oldingi tahrirga qarang. 7. Musodara qilingan ov va baliq ovlash qurollari, noqonuniy ov qilish va baliq ovlash natijasida olib qo‘yilgan mahsulotlarni hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishdan olingan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablag‘lar agar huquqbuzarlik o‘rmon fondidan tashqari yerlarda sodir etilgan bo‘lsa — “Bioinspeksiya”ning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi, shundan 60 foizi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi. Agar huquqbuzarlik o‘rmon fondi yerlarida sodir etilgan bo‘lsa musodara qilingan ov va baliq ovlash qurollari, noqonuniy ov qilish va baliq ovlash natijasida olib qo‘yilgan mahsulotlarni hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishdan olingan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablag‘lar 100 foiz miqdorda tegishliligi bo‘yicha huquqbuzarlik sodir etilgan xo‘jalik hisob raqamiga o‘tkaziladi. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) Oldingi tahrirga qarang. 8. Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlagan barcha shaxslarga tabiatni muhofaza qilish organlari, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamiga, davlat qo‘riqxonalari, milliy bog‘, biorezervat, ovchilik va baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi yuridik shaxslarning hisob raqamlariga zararni qoplashdan va pul jarimasidan tushadigan summaning 30 foizi (hayvonot dunyosi bo‘yicha) va 10 foizi (o‘simlik dunyosi bo‘yicha) miqdorida mukofot puli to‘lanadi. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni noqonuniy ovlaganlik uchun undirilgan da’vo bo‘yicha mukofot puli to‘lash zararni qoplash va jarima puli summasining 20 foizi, o‘simliklar bo‘yicha esa — 5 foizi miqdorida to‘lanadi. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) 9. “Davbionazorat” inspeksiyasi maxsus hisob raqamining mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan smeta bo‘yicha sarflanadi. Maxsus hisob raqami mablag‘laridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Oldingi tahrirga qarang. 10. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqami mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi bo‘yicha sarflanadi. Daromadlar va xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamining mablag‘laridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. (10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) Oldingi tahrirga qarang. 11. Bioinspeksiya” inspeksiyasi maxsus hisob raqami va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamining kalendar yil oxiridagi foydalanilmagan mablag‘lari qoldig‘i xizmat ko‘rsatuvchi bankning hisob raqamida qoladi, yopilmaydi va olib qo‘yilmaydi, keyingi yilga o‘tadigan qoldiq hisoblanadi. (11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida tushgan mablag‘larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida tushgan mablag‘larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash SXEMASI Oldingi tahrirga qarang. (ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-apreldagi 282-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2018-y., 09/18/282/1055-son) Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qaroriga 5-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari RO‘YXATI 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorlarini hisoblash taksalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1995-yil 27-iyuldagi 293-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 7-son, 26-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida” 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 102-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “Yalang‘och qizilmiyani qayta ishlaydigan tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 1-martdagi 61-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 3-son, 14-modda). (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 43-son, 530-modda; 2015-y., 39-son, 511-modda; 2016-y., 12-son, 113-modda, 17-son, 176-modda, 24-son, 286-modda; 2017-y., 30-son, 734-modda, 32-son, 814-modda, 33-son, 864-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 09/17/987/0421-son, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034-son, 11.04.2018-y., 09/18/282/1055-son, 13.07.2018-y., 09/18/525/1493-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 07.02.2019-y., 09/19/98/2584-son, 16.02.2019-y., 09/19/138/2633-son, 27.05.2019-y., 09/19/430/3186-son, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son, 22.11.2019-y., 09/19/937/4054-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son, 25.08.2020-y., 09/20/508/1212-son, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son; 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 22.08.2022-y., 09/22/464/0761-son) Download 437.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling