1. Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]


Zarar yetkazilgan pichan o‘riladigan yoki yaylov yerlarning har gektari uchun


Download 437.98 Kb.
bet11/18
Sana12.02.2023
Hajmi437.98 Kb.
#1190760
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
290 20.10.2014

Zarar yetkazilgan pichan o‘riladigan yoki yaylov yerlarning har gektari uchun

Undiriladigan zarar miqdori, belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda

Ekilgan o‘tlar

17,0

Yaxshilangan tabiiy yerlar

10,0

Yaxshilanmagan tabiiy yerlar

7,0

(18-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
19-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarga yetkazilgan undiriladigan zarar miqdorini hisoblash uchun
KOEFFITSIYENT
Oldingi tahrirga qarang.

Toifasiga ko‘ra bitta o‘simlik uchun

Undiriladigan zarar miqdori, belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda (bitta o‘simlik uchun)

1 — yo‘qolib ketayotgan

2

2 — kamyob

0,8

3 — kamayayotgan

0,5

(19-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida
Nizom
(2-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib taomillari-to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
2. Quyidagilar hayvonot dunyosi obyektlari hisoblanadi:
kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo‘lgan organizmlar (hayvonlar) — sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populatsiyalari;
yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday to‘dalari;
yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari;
yovvoyi hayvonlar hayot faoliyati mahsulotlari (hayvonlarning yashash jarayonida hosil bo‘ladigan — zaharlar, asal, sut, mo‘miyo, uvildiriq, safro va boshqalar).
3. Tabiiy erkinlik holatida yashovchi barcha yovvoyi hayvonlar, shuningdek tabiiy yashash muhitiga qo‘yib yuborilgan hayvonlar davlat mulki hisoblanadi.
Pitomniklarda, inkubatorlarda, fermalarda, hovuz xo‘jaliklarida o‘stirilgan va shu xo‘jaliklarning chegaralarida joylashgan yovvoyi hayvonlar pitomniklari, inkubatorlari, fermalari, hovuz xo‘jaliklari tegishli bo‘lgan shaxslarning mulki hisoblanadi.
Yovvoyi hayvonlardan foydalanish huquqi barcha toifalardagi yer va suv obyektlariga egalik qilish, ularni tasarruf etish va ulardan foydalanish huquqidan ajratilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
II. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
14. Hayvonot dunyosidan foydalanganlik uchun to‘lov hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarni yovvoyi hayvonlarni va ularning yashash joyini muhofaza qilish tadbirlarini bajarishdan, biotexnika tadbirlarini o‘tkazishdan ozod etmaydi. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda hayvonot dunyosidan foydalanish ularning rejimiga muvofiq amalga oshiriladi.
III. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi
Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi konvensiya (CITES)ning ilovalariga kiritilgan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari va zoologiya kolleksiyalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalarning amal qilish muddatlari Konvensiya talablariga muvofiq aniqlanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Hayvonot dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalar belgilangan namunadagi blankalarda beriladi, ularda hisobga olish raqamlari, nazorat markalari va boshqa himoyalanganlik darajasi bo‘ladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Hayvonot dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha beriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ruxsat berishga doir talablar va shartlar
23. Harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlar quyidagilar hisoblanadi:
tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda qonun talablariga majburiy rioya etish;
tabiatdan foydalanuvchi — yuridik shaxsning nomi yoki joylashgan manzili (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, tabiatdan foydalanuvchi — jismoniy shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organlarni xabardor qilish;
jadal sur’atlarda hayvonlardan foydalanish olib borilayotgan xo‘jaliklar va hududlarda hayvonlarning yashash joylarini saqlab qolish uchun biotexnik hamda qayta tiklash tadbirlarini, shu jumladan hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishni ekologik, sanitariya-gigiyenik, boshqa me’yor va qoidalarga qat’iy rioya etish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar talablarini amalga oshirish;
ruxsatnomalarda ko‘rsatilgan doirada harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish;
olingan ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagandan so‘ng foydalanilgani (hayvonot dunyosi obyektlarining tutilgan miqdori, vaqti va joyi) to‘g‘risida 10 ish kuni mobaynida qisqa hisobot bilan uni bergan organga qaytarish;
ruxsatnomada ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish;
ruxsatnomaga o‘z ixtiyori bilan qandaydir qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi;
ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi va ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
24. Ruxsatnoma olgan shaxs uni foydalanish uchun boshqa shaxsga berish huquqiga ega emas, ruxsatnoma korxona rahbari nomiga berilgan holatlar bundan mustasno.
Hayvonlarni tutish uchun berilgan, amal qilish muddati tugagan ruxsatnomalar foydalanib bo‘lingandan so‘ng uni bergan tabiatni muhofaza qilish hududiy organlariga 10 ish kuni davomida qaytariladi.
25. Hayvonot dunyosi obyektlarini tutganlik uchun to‘lov ariza vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab, amaldagi qonunchilik asosida 15 ish kuni mobaynida undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Hayvonot dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun berilgan ruxsatnomalardan foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan bo‘lsa bojxona organlarining belgisi bilan olingan joyiga qaytariladi. Tabiatdan foydalanuvchining arizasiga ko‘ra chetga olib chiqilmagan (olib kirilmagan) hayvonot dunyosi obyektlarining soni uchun yangi ruxsatnoma berilishi mumkin. Agar avval berilgan ruxsatnoma bazaviy hisoblash miqdori o‘zgargungacha rasmiylashtirilgan bo‘lsa, bunday hollarda narxlardagi tafovut qo‘shimcha ravishda to‘lanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
27. Hayvonot dunyosi obyektlarini chetga olib chiqishda bojxona rasmiylashtiruvi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi, ushbu obyektlar davlat chegarasidan olib o‘tilayotganda bojxona organlari tomonidan kerakli belgi qo‘yiladi.
28. Hayvonot dunyosi obyektlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish uchun to‘lovlar miqdori mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq hisoblanadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni olish tartibi
29. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan hayvon turlarini tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnomalar Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:
yuridik shaxsning nomi, uni rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;
jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;
Oldingi tahrirga qarang.
hayvonlarni tutishni amalga oshiruvchi shaxs ovchilik guvohnomasining tartib raqami, ov qurolini olib yurish va saqlashga ichki ishlar organlari ruxsatnomasining tartib raqami (agar otish ko‘zda tutilsa);
(29-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
hayvonlarni tutishning maqsadi;
baliq va boshqa suv organizmlarini tutishda — tutish qurollari (to‘rlar, yoyma to‘rlar va boshqalar, ularning soni, kataklarning o‘lchami), suzish vositalari (katerlar, qayiqlar, motorlar va boshqalar);
hayvonlarni tutish muddatlari;
hayvonlarni tutish joyi (viloyat, tuman);
tutish usuli (tutish, otish);
tutilgan tirik hayvonlar uchun muqim yoki vaqtinchalik ushlab turish sharoitlari.
Hayvonlarni sanoat maqsadida tutish hollarida, agar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga hayvonlarni, ularning qismlarini, yashash faoliyati mahsulotlarini olib chiqish mo‘ljallanayotgan bo‘lsa, arizaga yetkazib berish shartnomalari (shartnoma) nusxasi ilova qilinadi. Shartnoma, agar uning bo‘yicha bir necha marotaba ruxsatnoma olinsa ham, bir marotaba taqdim etiladi. Bunday holatlarda arizada ushbu shartnomaga havola qilinadi.
30. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olishga ruxsatnomalar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligiga binoan, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:
yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;
jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;
hayvonlarni tutishni amalga oshiruvchi shaxs ovchilik guvohnomasining tartib raqami;
hayvonlarni tutishning maqsadi;
baliq va boshqa suv organizmlarini tutishda — tutish qurollari (to‘rlar, yoyma to‘rlar va boshqalar, ularning soni, kataklar o‘lchami), suzish vositalari (katerlar, qayiqlar, motorlar va boshqalar);
hayvonlarni tutish muddatlari;
hayvonlarni tutish joyi (viloyat, tuman);
tutish usuli (tutish, otish).
31. Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqishga Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:
yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;
jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;
turlari bo‘yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan hayvonlarning (ularning qismlari, o‘ljalari, tulumlari, hayot faoliyati mahsulotlari va hokazo) soni. Zoologiya kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir turining nusxalari soni ko‘rsatiladi;
chetga olib chiqish (mamlakati) yoki olib kirish joyi;
chetga olib chiqish uchun asos — hayvonning qonuniy sotib olinganligini yoki tutilganligini tasdiqlovchi hujjat (qonuniy tutishga ruxsatnomaning tartib raqami), zoologiya kolleksiyasining Tabiatni muhofaza qilish davlat organlarida hisobga olinganligi to‘g‘risidagi hujjat.
Har bir guruh namunalari uchun alohida ruxsatnomalar beriladi. Ruxsatnomaning asl nusxasi namunasi bilan birga bo‘ladi (hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, yashash faoliyati mahsulotlari, o‘ljasi, tulumlari va boshqalar bilan).
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
34. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
35. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun tegishli vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxat mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda darhol tadbirkorlik subyektiga beriladi.
Ruxsatnoma berishga arizani ko‘rib chiqish va ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
36. Ariza hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab 15 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
38. Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsatnomalar berish uchun arizalarni ko‘rib chiqishda va ruxsatnomalarni berishda har safar:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 0,1 koeffitsiyent miqdorida;
(38-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatdan foydalanuvchilar — yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 0,2 koeffitsiyent miqdorida;
(38-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
xorijiy fuqarolardan — CITES ruxsatnomasi uchun 50 AQSh dollari va boshqa ruxsatnoma uchun — 10 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.
39. Yig‘im summasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi “Davbionazorat”ining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
40. Vakolatli organ tadbirkorlik subyektiga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishi uchun boshqa vakolatli organlar tomonidan beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishi talab qilingan hollarda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish soddalashtirilgan tartibda “bir darcha” orqali amalga oshiriladi, bunda vakolatli organ mazkur hujjatlarni tabiatdan foydalanuvchining ishtirokisiz, mustaqil ravishda oladi.
41. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar sonini aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xulosasini olish zarur bo‘lganda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Fanlar akademiyasiga quyidagilar ko‘rsatilgan holda xat bilan murojaat qiladi:
hayvon turi;
xulosa olishdan maqsad;
tutish hududi (joyi).
42. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan xatni ko‘rib chiqish muddati — hujjat qabul qilingan kundan boshlab ko‘pi bilan 5 ish kuni.
43. Fanlar akademiyasidan ijobiy javob olinganda ruxsatnoma berish masalasini kelishishni so‘rab Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Fanlar akademiyasining xulosasini ilova qilgan holda murojaat qiladi.
Vazirlar Mahkamasining roziligi olinganda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, yovvoyi hayvonlarni tutish uchun to‘lovlar to‘langandan so‘ng, tabiatdan foydalanuvchiga ruxsatnoma beradi.
44. Vakolatli organ qaror qabul qilish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur bo‘lsa, ruxsat berish tartib-taomili doirasida, mustaqil ravishda yoki jalb qilingan uchinchi shaxs tomonidan o‘rganishlar, tadqiq qilishlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar o‘tkazish huquqiga ega. Bunda ko‘rib chiqish muddati 30 kungacha uzaytiriladi.
45. Vakolatli organ qaror qabul qilgandan so‘ng bir ish kunidan kechiktirmay, tabiatdan foydalanuvchilarga ruxsatnoma beradi (yuboradi) yoki ruxsatnoma berish rad etilganligi to‘g‘risida ularni yozma shaklda xabardor qiladi.
46. Arizachilarga ruxsatnoma daftarga yoki ruxsatnoma nusxasiga imzo qo‘ydirib beriladi.
47. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:
ruxsatnoma berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning tabiatdan foydalanuvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
tabiatdan foydalanuvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
tabiatdan foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
hayvonot dunyosi obyektlarini tutish, ularni ushlab turish (saqlash), transportda tashishni o‘rganishlar, tadqiq qilishlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi.
48. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, rad etish haqidagi xabarnoma tabiatdan foydalanuvchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va tabiatdan foydalanuvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
Tabiatdan foydalanuvchi rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
49. Tabiatdan foydalanuvchi ruxsatnomani berishning rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish tabiatdan foydalanuvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
50. Arizani takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarining vakolatli organ tomonidan keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
51. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin tabiatdan foydalanuvchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
52. Tabiatdan foydalanuvchi ruxsatnomani berish rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish va ularning dublikatlarini berish
53. Tabiatdan foydalanuvchi — yuridik shaxs o‘zgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda, tabiatdan foydalanuvchi yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.
54. Jismoniy shaxs bo‘lgan tabiatdan foydalanuvchining unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda, tabiatdan foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
541. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ruxsatnomaga ega tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda, ruxsatnomani ushbu Nizomning 53-bandida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
542. Ruxsatnomadagi mavjud ma’lumotlar mazkur Nizomning 53, 54 va 541-bandlarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, ruxsatnoma tabiatdan foydalanuvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.
(541 va 542-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
55. Hujjatlar tabiatdan foydalanuvchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tabiatdan foydalanuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
56. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan tabiatdan foydalanuvchi yoki uning huquqiy vorisi (merosxo‘ri) ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qo‘yilgan ariza asosida unda ko‘rsatilgan harakatni va (yoki) faoliyatni bajaradi yoki amalga oshiradi.
57. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda vakolatli organ berilgan ruxsatnomalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
58. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirganlik uchun tabiatdan foydalanuvchining ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi arizasi vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza topshirilgan sanada to‘lanadigan summaning 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi “Davbionazorat”ining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Olingan mablag‘lar moddiy-texnika bilan ta’minlash va tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga sarflanadi.
59. Ruxsatnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda tabiatdan foydalanuvchining arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Vakolatli organ ariza, shuningdek hujjat yaroqsiz holga kelgan taqdirda, ruxsatnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnomaning dublikati berilganligi uchun tabiatdan foydalanuvchi tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ruxsatnomaning dublikatini berishi (yuborishi) shart. Ruxsatnomaning dublikatini berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi vakolatli organlarning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish
61. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish hamda uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
62. Quyidagilar ruxsat berishga doir talablar va shartlarni bir marotaba qo‘pol ravishda buzganlik uchun ruxsatnomaning amal qilishi to‘xtatilishiga asos bo‘ladi:
vakolatli organning ruxsat berishga doir talablar va shartlarning bajarilishini belgilangan tartibda tekshirishidan bosh tortilsa;
ruxsatnoma berish natijasida harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga yoki hayvonot dunyosi obyektlariga hamda ularning yashash muhitiga haqiqatda xavf solsa, ruxsatnomada ko‘rsatilgan holatlar (tutish va boshqalar) bundan mustasno;
tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi me’yorlari va ruxsatnoma talablari buzilsa;
ruxsatnoma olish uchun qalbaki hujjatlar taqdim etilsa yoki hayvonlarni saqlash sharoitlari mavjud bo‘lmasa.
Berilgan ruxsatnomalar reyestri
63. Vakolatli organlar berilgan ruxsatnomalarning reyestrlarini yuritadi va ularni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.
64. Berilgan ruxsatnomalar reyestrida tabiatdan foydalanuvchilar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
tabiatdan foydalanuvchilar — yuridik shaxslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli;
tabiatdan foydalanuvchilar — jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
ruxsatnomaning berilgan sanasi va raqami;
ruxsatnomaning amal qilish muddati;
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash asoslari va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilish muddatini to‘xtatish asoslari va sanasi;
ruxsatnomani bekor qilishning asoslari va sanasi;
ruxsatnoma dublikatini berishning asoslari va sanasi;
65. Berilgan ruxsatnomalar reyestrlaridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
IV. Xorijiy fuqarolar tomonidan ov qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
72. Ovlangan hayvonlarni, ularning qismlarini, o‘ljalarini va shu kabilarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketishga ruxsatnoma hayvonot dunyosidan foydalanishga ruxsatnoma hamda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha vakolatli davlat inspektori va ovchi tomonidan imzolangan ovlangan hayvonlar to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(V bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
VI. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishni nazorat qilish
112. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va ularni qayta ko‘paytirish, muhofaza qilish yuzasidan davlat nazorati — mahalliy davlat hokimiyati organlari va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, qonunchilikka muvofiq, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
113. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va ularni qayta ko‘paytirish, muhofaza qilish yuzasidan idoraviy nazorat — tasarrufida ovchilik va baliq ovlash xo‘jaliklari mavjud bo‘lgan davlat organlari tomonidan, ularga biriktirilgan hududlarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
114. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va ularni qayta ko‘paytirish, muhofaza qilish yuzasidan jamoatchilik nazorati — fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
(114-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/937/4054-son)
115. Hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni qayta ko‘paytirish, belgilangan muddatlarga, me’yorlarga va boshqa qoidalarga foydalanuvchilar tomonidan rioya qilinishi davlat nazorat organlari tomonidan tekshiriladi.
116. Hayvonot dunyosi obyektlari va ularning yashash muhitini muhofaza qilish ovdan foydalanuvchilar tomonidan, ularga biriktirilgan hududlarda, o‘rmon qo‘riqchiligi, o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari qo‘riqchiligi, qo‘riqxonalar va tabiat bog‘i davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
117. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:
o‘g‘rincha ovlashni va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish normalari va qarorlari boshqacha tarzda buzilishini aniqlash maqsadida yovvoyi hayvonlar yashaydigan hududni, idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, qarshiliksiz borib ko‘rish;
hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish, tayyorlangan ovchilik-baliqchilik mahsulotlarini, o‘rmonchilarning va yollangan ovchilarning qorovulxonasini, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning qorovulxonalari va binolarini, omborlar va boshqa imoratlarni tekshirish, shuningdek transport vositalarining barcha turlarini ko‘zdan kechirish va ushlab turish;
ixtiyorida qurol, ovchilik-baliqchilik mahsulotlarini ovlash va baliq ovlash qurollari, ovlovchi qushlar va ovchi itlar bo‘lgan barcha shaxslardan ov qilish va hayvonot dunyosidan foydalanish uchun berilgan hujjatlarni ko‘rsatishni, ular tomonidan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi munosabati bilan yozma tushuntirishlar berilishini talab qilish;
mazkur Nizom, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari, normalari, muddatlari va boshqa talablari buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida hayvonot dunyosi obyektlaridan barcha foydalanuvchilar bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
mazkur Nizom va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablar buzilgan hollarda noqonuniy tutilgan mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qo‘yish hamda qayta ishlovchi va savdo tashkilotlariga (shartnomaviy bahoda), bolalar uylari va qariyalar uylariga, internatlar, maktablar va kasalxonalarga (bepul) berish, shuningdek ov qilish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qo‘yish;
Oldingi tahrirga qarang.
noqonuniy ov qilish va baliq tutish qurollari bo‘lgan ov quroli va uning o‘q-dorilarini belgilangan tartibda olib qo‘yish;
(117-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
o‘tkazilgan tekshirish to‘g‘risida dalolatnomalar va ma’muriy qonunbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ularni ko‘paytirish bo‘yicha foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish;
amalga oshirish chog‘ida “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, mazkur Nizom hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan ishlarni to‘xtatib qo‘yish;
mazkur Nizom va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda undan foydalanish to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlarini buzganlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish va qonunni buzishlar to‘g‘risidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
berilgan xizmat qurolini va unga o‘q-dorilarni belgilangan tartibda olib yurish.
(117-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
118. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlariga rioya qilishga va o‘z faoliyatini berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirishga majbur.
119. Ruxsatnomasiz yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartiblar va normativlar (kvotalar) buzilgan holda tutilgan hayvonot dunyosi obyektlari qonunni buzuvchilardan olib qo‘yiladi, ko‘rsatib o‘tilgan qonun buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar esa hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladilar va zararning miqdorini mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq qoplashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(120-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
121. Noqonuniy import — eksport qilishga urinishlar paytida ushlangan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari va ulardan hosil bo‘lgan mahsulotlar, o‘ljalar, tulumlar olib qo‘yiladi.
Olib qo‘yilgan hayvonlardan kelgusida foydalanish to‘g‘risidagi qaror, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan holda, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi. Olib qo‘yilgan tirik hayvonlardan kelgusida foydalanish tartibi to‘g‘risidagi qaror alohida idoraviy me’yoriy hujjat bilan tartibga solinadi.
122. Noqonuniy tutilgan hayvonlar (shu jumladan tirik), baliq, boshqa suv organizmlari tutish joylarida hamda qayta ishlash va sotish joylarida olib qo‘yilishi mumkin. Huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, hudud va sharoitdan kelib chiqib o‘lja huquqbuzarda qoldirilishi ham mumkin, bunda u o‘ljaning qiymatini bozordagi mavjud narxlari bo‘yicha to‘laydi.
Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar topilmasa, qoldirilgan ovchilik va baliqchilik mahsulotlari, qurol, anjomlar, quruqlik va suv transport vositalari ushlab turiladi.
123. Foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik talablari buzilgan taqdirda hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi to‘xtatib turilishi yoki to‘xtatilishi mumkin. Qayta tiklab bo‘lmaydigan o‘zgarishlar xavfi paydo bo‘lgan taqdirda hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi to‘xtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(124-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(125-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
126. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Yuridik va jismoniy shaxslar hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qoplashi shart. Zararni qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Yovvoyi hayvonlar hamda ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, o‘lja va tulumlarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsatnoma berish
SXEMASI

Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA


Download 437.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling