SITESning ma’muriy organi — Konvensiyaning IX moddasi, 1-bandi, “a” kichik bandiga muvofiq davlat nomidan ruxsatnoma yoki sertifikatlar berish huquqiga ega bo‘lgan, hayvonlar va o‘simliklarning eksport-importi ustidan nazorat amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan Konvensiyaning milliy ma’muriy organi;
tur — har qanday tur, kichik tur yoki uning geografik alohida populatsiyasi;
berish — ariza beruvchiga ruxsatnoma yoki sertifikatni tayyorlash, tasdiqlash va topshirish bilan bog‘liq barcha tartib-taomillarning yakunlanishi;
derivat — tirik bo‘lmagan hayvondan olingan mahsulot;
mansabdor shaxs — ushbu Nizomning bajarilishini ta’minlash uchun tashkiliy-farmoyish beruvchi yoki ma’muriy-xo‘jalik vakolatlari berilgan shaxs;
import — qaytarib olib chiqish haqidagi majburiyatsiz O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish;
SITES — yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (Convention of International Trade in Endangered Species of Wild Fauna and Flora), 1973-yilning 3-mart kuni Vashingtonda (AQSh) imzolangan va 1975-yilning 1-iyulida kuchga kirgan va O‘zbekiston unga 1997-yilda qo‘shilgan;
SITESning ilmiy organi — Konvensiyaning IX moddasiga muvofiq tayinlangan, hayvonlar va o‘simliklarning saqlanishi va transportda tashilishi, ularning turga mansubligini aniqlashtirish masalalari bo‘yicha tavsiyalar beruvchi Konvensiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi milliy ilmiy konsultativ organi (keyingi o‘rinlarda Ilmiy organ deb ataladi);
SITESning namunasi — Konvensiyaning I, II va III Ilovalariga kiritilgan har qanday hayvon yoki o‘simlik, tirik yo o‘lik, yoxud uning oson aniqlanadigan har qanday qismi yoki hosilasi (derivat), shuningdek hujjatlarga ko‘ra, o‘rash yorlig‘i yoxud markirovkasi yo boshqa xususiyatlariga ko‘ra hayvon va o‘simlikning qismi yoki hosilasi (derivat) hisoblangan yoki hisoblanishi mumkin bo‘lgan qismlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |