1. Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Download 437.98 Kb.
|
290 20.10.2014
[OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.01 Umumiy qoidalar. Daraxt va butazorlarni kesish; 2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.05.00 Hayvonot dunyosidan foydalanish va ularning turlari] [TSZ: 1.Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang. O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqib ketishda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; (1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqishda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; (1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi) O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida tushgan mablag‘larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar; tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida mazkur qarorning maqsadlari, mazmuni va ahamiyatini keng yoritish tadbirlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2014-yil 20-oktabr, 290-son Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qaroriga 1-ILOVA Oldingi tahrirga qarang. O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqib ketishda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi) I. Umumiy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 1. Mazkur Nizom “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini belgilaydi. (1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi) Davlat o‘rmon fondidagi o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish xususiyatlari boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Nizomning talablari pitomniklar, plantatsiyalar, tomorqa, xususiy bog‘lar va dala hovlilarda yetishtiriladigan o‘simlik obyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. (1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-maydagi 430-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2019-y., 09/19/430/3186-son) 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Download 437.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling