1. Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
kvota — dorivor, oziq-ovqatbop va texnik o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlashning qonuniy belgilangan me’yorlari; botanika kolleksiyalari
Download 437.98 Kb.
|
290 20.10.2014
kvota — dorivor, oziq-ovqatbop va texnik o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlashning qonuniy belgilangan me’yorlari;
botanika kolleksiyalari — urug‘lar, gullar, mevalar, piyozboshchalar, ildizlar, barglar, gerbariylar, konservatsiya qilingan va tirik o‘simliklarning tartibga solingan majmuasi; madaniylashtirilgan o‘simliklar — tabiiy o‘sish sharoitlari yovvoyi holdagi sharoitdan minimal darajada farq qiluvchi pitomnik va plantatsiyalarda muayyan moddiy va mehnat xarajatlari bilan chegaralangan parvarishlash, ko‘paytirish va ishlov berishni amalga oshiruvchi shaxsning qisman nazoratidagi yovvoyi o‘simliklar; yashash faoliyati mahsulotlari — urug‘lar, gullar, mevalar, barglar, poyalar, ildizlar, piyozboshchalar, sharbat (yelim); maxsus ekin maydonlari (plantatsiyalar), parvarishxonalar — o‘simliklarning urug‘i, ildizi, piyozboshchalari, mitseliylari va qalamchalaridan ko‘paytirish maqsadida foydalaniladigan, insonning doimiy nazoratidagi maydonlar; vakolatli organlar — qonun hujjatlari bilan zimmasiga tadbirkorlik subyektlariga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish vazifasi yuklangan davlat organlari va boshqa tashkilotlar; ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat — vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan va tabiatdan foydalanuvchiga beriladigan, harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan hamda ruxsatnoma, kelishuv, xulosa shaklida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ifodalanadigan qaror. 3. Quyidagilar o‘simlik dunyosi obyektlari hisoblanadi: yovvoyi holda o‘suvchi organizmlar — daraxtlar, butalar va o‘tsimon urug‘laydigan o‘simliklar, qirqquloqsimonlar, yo‘sinsimonlar, suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘lar o‘zining barcha xilma-xil turlari bilan; yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o‘simlik guruhlari yoki ularning har qanday majmui; kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlari; yovvoyi o‘simliklarning mevalari, urug‘lari va boshqa qismlari yoki ularning o‘sish davridagi mahsullari. Tanasi, po‘stlog‘i, shoxlari, poyasi, ildizi, g‘unchasi, gullari, urug‘lari, mevalari, barglari, piyozboshchalari va sharbati (yelimi) o‘simliklarning qismlari hisoblanadi. II. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish 4. Quyidagilar o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari hisoblanadi: a) yovvoyi holda o‘suvchi ozuqa mahsulotlarini chorvachilik ehtiyojlari uchun g‘amlash; b) chorva mollarini o‘tlatish; v) o‘simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish; g) yovvoyi o‘simliklarning texnik xomashyosini g‘amlash; d) yovvoyi o‘simliklarning dorivor xomashyosini g‘amlash (yig‘ish); e) yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun g‘amlash (yig‘ish); j) daraxt va butalarni kesish (sanitariya tartibida, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda, shuningdek bino, inshoot va kommunikatsiya qurilishlari bilan bog‘liq holatlarda); z) o‘simlik dunyosi obyektlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish; i) o‘simlik dunyosi obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiya, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish; k) o‘simlik dunyosi obyektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish; l) o‘simlik dunyosi obyektlaridan kolleksiyalash maqsadlarida foydalanish. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlarda ham amalga oshirilishi mumkin. 5. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus bo‘lishi mumkin. 6. O‘simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish mazkur Nizomning 4-bandi “g”, “d”, “e”, “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan turlarda hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 7. O‘simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish foydalanuvchilar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun bepul amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Umumiy foydalanish me’yorlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat qo‘mitasi deb ataladi) bilan kelishuv bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi. (7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son) Oldingi tahrirga qarang. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. (10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. (101-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. (11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. (12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. (13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034-son) Oldingi tahrirga qarang. (14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. (15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. III. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi (III bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi) Umumiy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 16. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma tegishli vakolatli organlar tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasidagi sxemaga asosan beriladi. (16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. (17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. 18. Yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqib ketish uchun ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladi. (18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. (19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. (20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. (21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) 22. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish, shu jumladan olib kirish va chetga olib chiqib ketish uchun ruxsatnomalar belgilangan namunadagi blankalar asosida beriladi, ularda nazorat markalari, hisobga olish raqamlari va himoyalanganlik darajalari bo‘ladi. Oldingi tahrirga qarang. 23. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalar mazkur Nizomning 7-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha beriladi. (23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi) Ruxsat berishga doir talablar va shartlar 24. Quyidagilar harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlar hisoblanadi: tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda qonun talablariga majburiy rioya etish; tabiatdan foydalanuvchi — yuridik shaxs bo‘lganda, uning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, tabiatdan foydalanuvchi — jismoniy shaxs bo‘lganda, unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organlarni xabardor qilish; Oldingi tahrirga qarang. (24-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) ruxsatnomalarda ko‘rsatilgan doirada harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amal oshirish; Oldingi tahrirga qarang. (24-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) ruxsatnomada ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish; ruxsatnomaga o‘z ixtiyori bilan qandaydir tuzatishlar va qo‘shimchalarni kiritishni taqiqlash; ruxsatnomani olishga arizani ko‘rib chiqish va ruxsatnomani berish uchun to‘lov. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida yovvoyi o‘simliklarni g‘amlash (to‘plash) uchun ruxsatnoma faqat arizachiga yoki uning ishonchli vakiliga, boshqa shaxslarga bermaslik huquqi bilan beriladi. Ruxsatnoma talablariga rioya qilgan, yovvoyi o‘simliklarni muhofaza qilish va qayta tiklash tadbirlarini amalga oshirgan, o‘simlik mahsulotlari zaxirasini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazgan yuridik va jismoniy shaxslar teng sharoitlarda yovvoyi o‘simlik turlarini g‘amlash va to‘plashga ruxsatnomalar olishda ustuvor huquqlardan foydalanadilar. 25. Ruxsatnoma olgan shaxs foydalanish uchun uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega emas, ruxsatnoma korxona rahbari nomiga berilgan holatlar bundan mustasno. Oldingi tahrirga qarang. (25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) 26. O‘simlik dunyosi obyektlarini olganligi uchun to‘lov ariza vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab, amaldagi qonunchilik asosida 15 ish kuni davomida undiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 27. O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqib ketish uchun berilgan ruxsatnomalar foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan bo‘lsa, bojxona organlarining qo‘yilgan belgisi bilan olingan joyiga qaytariladi. Tabiatdan foydalanuvchining arizasiga ko‘ra, chetga olib chiqilmagan (olib kirilmagan) o‘simlik dunyosi obyektlarining miqdori uchun yangi ruxsatnoma berilishi mumkin. Agar avval berilgan ruxsatnoma bazaviy hisoblash miqdori o‘zgargungacha rasmiylashtirilgan bo‘lsa, bunday hollarda narxlardagi tafovut qo‘shimcha ravishda to‘lanadi. (27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son) Oldingi tahrirga qarang. 28. Chetga olib chiqilayotgan o‘simlik dunyosi obyektlarining bojxona rasmiylashtiruvi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi, ushbu obyektlar davlat chegarasidan olib o‘tilayotganda bojxona organlari tomonidan tegishli belgi qo‘yiladi. (28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son) 29. O‘simlik dunyosi obyektlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish uchun to‘lovlar miqdorlarini hisoblash mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartibi Oldingi tahrirga qarang. (30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034-son) Oldingi tahrirga qarang. (31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. 32. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsatnoma Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi: (32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son) yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi; jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa; turlar bo‘yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan o‘simliklarning, ularning qismlari, mevalari, urug‘lari va botanika kolleksiyalari miqdori va soni. Botanika kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir nusxasining soni ko‘rsatiladi; chetga olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi; olib chiqish uchun asos — yovvoyi o‘simlikning qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat (yovvoyi o‘simliklarni qonuniy g‘amlash (to‘plash) olishga ruxsatnomaning tartib raqami); 33. Sun’iy sharoitda (maxsus ekin maydonlarida (plantatsiyalarda, parvarishxonalarda) o‘stirilgan o‘simliklarning mahsulotlarini chetga olib chiqish uchun quyidagilarni ko‘rsatgan holda ariza beriladi: yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi; jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa; olib chiqilayotgan o‘simliklar, ularning qismlari, mevalari, urug‘lari miqdori. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer maydonini ajratish to‘g‘risidagi qarori yoki yer maydonini ijaraga berish shartnomasi; yovvoyi o‘simliklar zaxirasining holati to‘g‘risida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va ta’lim muassasalari biolog mutaxassislarining xulosasi. Oldingi tahrirga qarang. (34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034-son) Oldingi tahrirga qarang. (35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034-son) Oldingi tahrirga qarang. (36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) 37. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 38. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun tegishli vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat yoki ariza nusxasi bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxat mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda darhol tabiatdan foydalanuvchiga beriladi. Arizani ko‘rib chiqish va ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qarorni qabul qilish 39. Ariza hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab 15 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. Oldingi tahrirga qarang. (40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) 41. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsatnoma berish uchun arizalarni ko‘rib chiqishda har gal: Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 koeffitsiyenti miqdorida; (41-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son) Oldingi tahrirga qarang. tabiatdan foydalanuvchilardan — yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 0,2 koeffitsiyenti miqdorida; (41-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son) xorijiy fuqarolardan — CITES ruxsatnomalari uchun 50 AQSh dollari va boshqa ruxsatnoma uchun — 10 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 42. Ruxsatnoma berganlik uchun yig‘im summasi “Bioinspeksiya”ning maxsus hisob raqamiga yoki O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi. (42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) 43. Vakolatli organ tabiatdan foydalanuvchiga ruxsatnoma berish uchun, boshqa vakolatli organlar tomonidan beriladigan qo‘shimcha hujjatlar olishi talab qilinadigan hollarda, ruxsatnoma berish soddalashtirilgan tartibda “bir darcha” orqali amalga oshiriladi, bunda vakolatli organ mazkur hujjatlarni tabiatdan foydalanuvchining ishtirokisiz mustaqil ravishda oladi. Oldingi tahrirga qarang. (44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. (45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. (46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) 47. Vakolatli organ qaror qabul qilish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur bo‘lsa, mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda tadqiqlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar o‘tkazish huquqiga ega. Bunda ko‘rib chiqish muddati 30 kungacha uzaytiriladi. 48. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay tabiatdan foydalanuvchilarga ruxsatnoma beradi (yuboradi) yoki ruxsatnoma berish rad etilganligi to‘g‘risida ularni yozma shaklda xabardor qiladi. 49. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin: ruxsatnoma berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning tabiatdan foydalanuvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi; tabiatdan foydalanuvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi; tabiatdan foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi; o‘simlik dunyosi obyektlarini g‘amlash, ularni ushlab turish (saqlash), transportda tashishni o‘rganishlar, tadqiqlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi. 50. Ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish haqidagi xabarnoma tabiatdan foydalanuvchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq me’yorlari va tabiatdan foydalanuvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Tabiatdan foydalanuvchi rad etish sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. 51. Tabiatdan foydalanuvchi ruxsatnomani berishning rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish tabiatdan foydalanuvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 52. Arizani takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini vakolatli organ tomonidan keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno. 53. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi yozma xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin tabiatdan foydalanuvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi. 54. Tabiatdan foydalanuvchi ruxsatnomani berish rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish va ularning dublikatlarini berish 55. Tabiatdan foydalanuvchi — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart. 56. Tabiatdan foydalanuvchi — jismoniy shaxsning unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart. Oldingi tahrirga qarang. 561. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ruxsatnomaga ega bo‘lgan tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda, ruxsatnomani ushbu Nizomning 55-bandida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. 562. Ruxsatnomadagi mavjud ma’lumotlar mazkur Nizomning 55, 56 va 561-bandlarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, ruxsatnoma tabiatdan foydalanuvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi. (561 va 562-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son) 57. Hujjatlar tabiatdan foydalanuvchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ularning olinganligi haqida xabardor qilgan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tabiatdan foydalanuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 58. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilgunga qadar ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan tabiatdan foydalanuvchi yoki uning huquqiy vorisi (merosxo‘ri) ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qo‘yilgan ariza asosida, unda ko‘rsatilgan harakatni va (yoki) faoliyatni bajaradi yoki amalga oshiradi. 59. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda vakolatli organ berilgan ruxsatnomalar reyestriga tegishli o‘zgartishlarni kiritadi. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organ tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. 60. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirganlik uchun tabiatdan foydalanuvchining ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi arizasi vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza topshirilgan sanada to‘lanadigan summaning 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ruxsatnoma beruvchi vakolatli organlarning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Olingan mablag‘lar moddiy-texnik ta’minot va tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga sarflanadi . 61. Vakolatli organga ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ariza uning amal qilish muddati tugagunga qadar topshirilgan bo‘lishi kerak. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, foydalanilmaganlik holatining asoslangan sabablari ko‘rsatilganda, ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibida amalga oshiriladi. 62. Ruxsatnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda tabiatdan foydalanuvchining arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi. 63. Vakolatli organ ariza, shuningdek hujjat yaroqsiz holga kelgan taqdirda, ruxsatnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnomaning dublikati berilganligi uchun tabiatdan foydalanuvchi tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan e’tiboran 5 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ruxsatnomaning dublikatini berishi (yuborishi) shart. Oldingi tahrirga qarang. Ruxsatnomaning dublikati berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi vakolatli organlarning hisob raqamiga o‘tkaziladi. (63-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son) Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish 64. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi. 65. Quyidagilar ruxsat berishga doir talablar va shartlarni bir marotaba qo‘pol ravishda buzganlik uchun ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatishga asos bo‘ladi: vakolatli organning ruxsat berishga doir talablar va shartlarning bajarilishini belgilangan tartibda tekshirishidan bosh tortish; Oldingi tahrirga qarang. ruxsatnoma berish natijasida harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga yoki o‘simlik dunyosi obyektlariga haqiqatda xavf solishga olib kelsa; (65-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi) tabiatni muhofaza qilish qonunchilik me’yorlarining va ruxsatnoma talablarining buzilishi; Oldingi tahrirga qarang. ruxsatnoma olish uchun qalbaki hujjatlarning taqdim etilganligi. (65-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi) Berilgan ruxsatnomalar reyestri 66. Vakolatli organlar berilgan ruxsatnomalarning reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb — saytlariga joylashtiradi. 67. Berilgan ruxsatnomalar reyestrida tabiatdan foydalanuvchilar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: tabiatdan foydalanuvchi — yuridik shaxslarning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli; tabiatdan foydalanuvchi — jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi; ruxsatnomaning berilgan sanasi va tartib raqami; ruxsatnomaning amal qilish muddati; ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash asoslari va sanasi; ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi; ruxsatnomani bekor qilish asoslari va sanasi; ruxsatnoma dublikatini berish asoslari va sanasi. 68. Berilgan ruxsatnomalar reyestridagi mavjud ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi. IV. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanilishini nazorat qilish tartibi Oldingi tahrirga qarang. 69. O‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni ko‘paytirish yuzasidan davlat nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, mahalliy davlat hokimiyati organlari va Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan amalga oshiriladi. (69-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son) Oldingi tahrirga qarang. 70. O‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni ko‘paytirish yuzasidan idoraviy nazorat yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan hudud qarashli bo‘lgan organlar: davlat o‘rmon fondida — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan; o‘z hududlarida — yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladi. (70-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) Oldingi tahrirga qarang. 71. O‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni ko‘paytirish yuzasidan jamoatchilik nazorati fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. (71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/937/4054-son) 72. Davlat nazorati organlari tomonidan foydalanuvchilarning belgilangan muddatlarga, me’yorlarga hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni muhofaza qilish va ko‘paytirishning boshqa qoidalariga rioya etilishi tekshiriladi. 73. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari quyidagi huquqlarga ega: o‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish me’yorlari va talablari buzilishini aniqlash maqsadida yovvoyi o‘simliklar ko‘paytiriladigan hududni qarshiliksiz borib ko‘rish; o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish, o‘simlik dunyosi obyektlarining tayyorlangan mahsulotlarini, o‘rmonchi va egerlar qorovulxonasini, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning qorovulxonalarini, omborlar va boshqa imoratlarni tekshirish, shuningdek transport vositalarining barcha turlarini ko‘zdan kechirish va to‘xtatib turish; o‘simlik dunyosining tayyorlangan obyektlari bilan bog‘liq shaxslardan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun berilgan hujjatlarni ko‘rsatishni, ular tomonidan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi sababli yozma tushuntirishlar berilishini talab etish; mazkur Nizom, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari, me’yorlari, muddatlari va boshqa talablari buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida o‘simlik dunyosi obyektlaridan barcha foydalanuvchilarning bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni berish; mazkur Nizom va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qo‘yish, shuningdek noqonuniy tayyorlangan mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qo‘yish hamda tayyorlov va savdo tashkilotlariga berish; o‘tkazilgan tekshirish to‘g‘risida dalolatnomalar va ma’muriy qonunbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish; o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ularni ko‘paytirish bo‘yicha foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish; “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, mazkur Nizom hamda o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan holda amalga oshirilayotgan ishlarni to‘xtatib qo‘yish; o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish va qonun buzilishi to‘g‘risidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish; Oldingi tahrirga qarang. berilgan xizmat qurolini va uning o‘q-dorilarini belgilangan tartibda olib yurish. (73-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi) 74. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlariga rioya qilishga va o‘z faoliyatini berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirishga majbur. 75. Ruxsatnomasiz yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartiblar va me’yorlar (kvotalar) buzilgan holda tayyorlangan o‘simlik dunyosi obyektlari qonunni buzuvchilardan olib qo‘yiladi, ko‘rsatib o‘tilgan qonun buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar esa o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladilar va zararni undirish miqdorlarini hisoblash uchun koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda, mazkur Nizomning 14 — 19-ilovalariga muvofiq o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni qoplashi shart. Oldingi tahrirga qarang. G‘amlashga (to‘plashga) to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berilgan holda g‘amlangan (to‘plangan) yalang‘och qizilmiyadan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan to‘lanmagan to‘lovlar summasi o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar qoplangan holda ushbu bandning birinchi xatboshiga muvofiq undiriladi. (75-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-martdagi 85-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 12-son, 113-modda) 76. O‘zbekiston Respublikasi hududida ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda yig‘ilgan, tayyorlangan, shuningdek qonun hujjatlari buzilgan holda tashish, sotish, uning hududidan olib chiqishga urinish vaqtida ushlangan yoki olib qo‘yilgan o‘simlik dunyosi obyektlari hamda ularning qismlari qonunni buzuvchilardan olib qo‘yiladi va: agar qonun buzilishi va olib qo‘yish davlat o‘rmon fondi yerlari boshqaruvida bo‘lgan o‘rmon qo‘riqchiligi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa — tabiatni muhofaza qilish organiga yoki o‘rmon xo‘jaligi organiga, yovvoyi o‘simliklar mahsulotlari noqonuniy g‘amlangan huquqbuzarlik holatlari tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari tomonidan aniqlanganda va olib qo‘yilganda — mahsulotlar tabiatni muhofaza qilish organlariga topshiriladi. 77. Olib qo‘yilgan yovvoyi o‘simliklardan, shuningdek ularning qismlaridan, o‘sish davridagi mahsullaridan quyidagi tarzda foydalaniladi: tirik o‘simliklar Fanlar akademiyasining O‘simlik va hayvonot olami genofondi institutiga saqlash va kelgusida foydalanish uchun yoki ularni sotish huquqiga ega bo‘lgan savdo tashkilotlariga shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotish uchun beriladi; jonsiz o‘simliklar va ularning qismlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, sotish huquqiga ega bo‘lgan savdo tashkilotlariga shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotish uchun beriladi. Tovarni olib qo‘yishdan boshlab u topshirilgungacha bo‘lgan barcha tartibotlar uchun xarajatlar tovar egasi tomonidan to‘lanadi. 78. Foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik talablari buzilgan taqdirda o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi to‘xtatib turilishi yoki to‘xtatilishi mumkin. Tabiiy o‘simlik guruhlarida qayta tiklab bo‘lmaydigan o‘zgarishlar xavfi paydo bo‘lgan taqdirda o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi to‘xtatiladi. 79. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Yuridik va jismoniy shaxslar o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qoplashi shart. Zararni qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. (1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. (2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. (3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-sentabrdagi 278-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 511-modda) Oldingi tahrirga qarang. (4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) Oldingi tahrirga qarang. (5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034-son) Oldingi tahrirga qarang. (6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son) O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA Oldingi tahrirga qarang.
Download 437.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling