1. Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]


introduksiya, eksport, reeksport va tranzit vaqtidagi tekshiruvlar


Download 437.98 Kb.
bet17/18
Sana12.02.2023
Hajmi437.98 Kb.
#1190760
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
290 20.10.2014

introduksiya, eksport, reeksport va tranzit vaqtidagi tekshiruvlar — ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan sertifikat va ruxsatnomalarni tekshirish, shuningdek namunalarni o‘rganish hamda zaruriyat tug‘ilganida, tahlil yoki chuqurroq o‘rganish uchun namuna olish;
reeksport — ilgari import qilingan har qanday namunaning eksporti;
qutqaruv markazi — SITESning Ma’muriy organi tirik namunalarni, xususan musodara qilingan va olib qo‘yilganlarini parvarish qilishni topshiradigan muassasani anglatadi;
kelib chiqishi haqidagi sertifikat — Konvensiyaning I, II va III Ilovalariga kiritilgan turlar namunalari eksportiga ruxsat berish haqidagi hujjat, ushbu namunalar o‘zining bunday ro‘yxati bo‘lmagan mamlakatdan kelib chiqqan bo‘lsa;
kelib chiqish mamlakati — u yoki bu namuna yovvoyi tabiiy muhitda tutilgan, yoxud tug‘ilgan, yoki tutqunlikda yetishtirilgan, yoxud sun’iy ravishda urchitilgan yoxud introduksiya natijasida olingan mamlakat;
tranzit — O‘zbekiston Respublikasi bojxona qoidalari bilan belgilangan tranzit tartib-taomillari;
eksport — qaytarib olib kirish haqidagi majburiyatsiz O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olib chiqish, agar qonun hujjatlarida boshqa holat nazarda tutilgan bo‘lmasa;
4. SITES ilovalariga kiritilgan namunalarni bojxona chegaralaridan o‘tkazishda maxsus tartib-taomillardan o‘tishni nazarda tutadi. Namunalarning har bir turkumiga maxsus SITESning ruxsatnomasi bo‘lishi lozim. SITES ilovalari har uch yilda taraflar — Konvensiya ishtirokchilari bo‘lgan mamlakatlar Konferensiyasida aniqlanadi.
SITESning I Ilovasi yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu turlarni tijorat maqsadida eksport, reeksport va import qilish taqiqlanadi, Konvensiya Kotibiyati tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan pitomniklarda (shu jumladan hayvonot bog‘larida) ko‘paytirilgan ikkinchi avlod namunalari bundan mustasno. I Ilovadagi namunalarni chet elga olib chiqish uchun SITESning ham eksport, ham import ruxsati olinishi talab etiladi.
SITESning II Ilovasi mazkur vaqtda yo‘qolib ketish xavf ostida bo‘lmasa-da, lekin shunday xavf ehtimoli bo‘lgan turlardan foydalanishda tirik qolishiga xavf soluvchi shart-sharoitlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, bunday turlar bilan oldi-sotdi qilinishi qat’iy tartibga solinmasligi, ularning bunday xavf ostida qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan turlarni o‘z ichiga oladi. II ilovadagi namunalarni chet elga olib chiqish uchun SITESning eksport ruxsatnomasi olinishi talab etiladi.
SITESning III Ilovasi foydalanishning oldini olish yoki cheklash maqsadida har bir Konvensiya Tarafining tavsifi bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida tartibga solinishi lozim bo‘lgan va ularga nisbatan savdo-sotiq nazoratini amalga oshirish borasida boshqa Konvensiya Taraflari hamkorligi zarur bo‘lgan turlarni o‘z ichiga oladi. III Ilovadagi namunalarni chet elga olib chiqish uchun SITESning eksport ruxsatnomasi olinishi talab etiladi.
I, II va III Ilovalarga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar namunalarini eksport, reeksport va import qilish uchun ruxsatnoma SITES Ilmiy organining ijobiy xulosasi berilishi sharti bilan SITES Ma’muriy organi tomonidan beriladi.
5. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi SITESning O‘zbekiston Respublikasidagi Ma’muriy organi hisoblanadi.
SITESning Ma’muriy organi SITES Konvensiyasi qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti SITESning O‘zbekistondagi Ilmiy organi hisoblanadi.
II. SITES Ma’muriy organining huquq va majburiyatlari, SITES Ilmiy organining funksiyalari
6. SITES Ma’muriy organining huquqlari:
hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining namunalari saqlanayotgan xona va transport vositalarini ko‘zdan kechirish;
ruxsatnoma berish haqidagi qarorni qabul qilish uchun talab etilayotgan qo‘shimcha ma’lumotni taqdim etishni talab qilish;
Konvensiya va ushbu Nizomning talablarini buzgan shaxsni ruxsatnoma olish huquqidan butunlay yoki vaqtincha mahrum qilish;
flora va fauna namunalariga taalluqli bo‘lgan hujjatlar bilan tanishish;
eksport, reeksport va importga ruxsatnomalarni bekor qilish va foydalanilganlarini saqlash;
ushbu Nizom talablarini buzishda gumon qilinayotgan shaxsni ushlab turish, shuningdek taxmin etilayotgan huquqbuzarlikka aloqasi bo‘lgan namuna olib qo‘yilishi yoki musodara qilinishi va uning keyinchalik foydalanilishi haqida qaror qabul qilish;
Konvensiya Ilovalariga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar — turlarni saqlash va sun’iy yetishtirish bo‘yicha pitomniklar (plantatsiyalar)ning tashkil etilishini, ro‘yxatdan o‘tkazilishini va ulardan foydalanilishini nazorat qilish;
ushbu Nizomning amal qilishi sohasiga taalluqli har qanday masalalarni ko‘rib chiqishda sud muhokamalarida ishtirok etish;
Konvensiya Kotibiyati va Konvensiya Taraflari, shuningdek Konvensiyaga qo‘shilmagan mamlakatlarning tabiatni muhofaza qilish organlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish va 30 kun ichida ruxsatnomalarni rasmiylashtirish;
Konvensiya doirasidagi xalqaro uchrashuvlarda O‘zbekiston manfaatlarini ifodalash.
7. SITES Ma’muriy organining majburiyatlari:
SITES Konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining turlarning saqlanishiga aloqador talablarini amalga oshirishda va ularga rioya qilinishini ta’minlashda boshqa tegishli organlar bilan hamkorlik qilish;
import, eksport va reeksport uchun ruxsatnoma va sertifikatlar berish hamda ruxsatnomaga ushbu organ lozim topgan shartlarni qo‘shish;
belgilangan tartibda ruxsatnoma berishni rad etish;
ariza beruvchining yolg‘on yoki yanglishtiruvchi ma’lumotlari asosida berilgan ruxsatnomani qaytarib olish yoki o‘zgartirish;
hayvonlar va o‘simliklar turlari namunalari bilan xalqaro savdo operatsiyalarini ro‘yxatga olish va hisobini yuritish hamda bunday savdo bo‘yicha har yilgi hisobotni tayyorlash, shuningdek bu hisobotni hisobot yilidan keyingi har bir yilning 31-oktabrigacha Konvensiyaning Kotibiyatiga taqdim etish;
Konvensiya qoidalarini amalga oshirish va ularga rioya qilinishini ta’minlash uchun qabul qilinishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqidagi takliflarni Hukumatga kiritish;
SITES Ilmiy organi bilan kelishilgan holda olib qo‘yilgan yoki musodara qilingan tirik namunalar uchun qutqaruv markazlarini tashkil etish.
8. SITES Ilmiy organi funksiyalariga quyidagilarni taqdim etish kiradi:
Konvensiyaning I, II va III Ilovalariga kiritilgan flora va fauna turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqish masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;
I Ilovaga kiritilgan flora va fauna turlari namunalari importi bo‘yicha xulosalar berish;
I Ilovaga kiritilgan flora va fauna turlari namunalari eksporti bo‘yicha xulosalar berish, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan Konvensiya Kotibiyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan pitomniklarda yetishtirilgan hayvonlar bundan mustasno;
hayvonlarning saqlanishi bo‘yicha xulosalar berish;
pitomniklarni ro‘yxatga olish bo‘yicha xulosalar berish.
III. Eksport, reeksport va importni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va majburiyatlari
9. Yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Nizomga muvofiq Konvensiyaning I, II va III Ilovalariga kiritilgan har qanday hayvonlar va o‘simliklar turlari namunasi eksporti, reeksporti va importini amalga oshirishga haqli.
10. Ushbu Nizomga muvofiq ruxsatnomasiz yoki haqiqiy emas deb hisoblanadigan soxta ruxsatnoma bilan Konvensiyaning I, II va III ilovalariga kiritilgan har qanday hayvonlar va o‘simliklar turlari namunasini import, eksport va reeksport qilish yoki import, eksport va reeksport qilishga urinish huquqbuzarlik hisoblanadi.
11. Noqonuniy olib kirish yoki O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqishga urinish (SITES Ma’muriy organining maxsus ruxsatnomasisiz) vaqtida ushlangan hayvonlar va o‘simliklar, shuningdek ularning qismlari, zoologik va botanik kolleksiyalar, hayot faoliyati mahsulotlari va ularning hosilalari, o‘ljalar, tulumlar SITES Ma’muriy organi qaroriga muvofiq olib qo‘yilishi lozim.
Olib qo‘yilgan hayvonlar va o‘simliklar, shuningdek ularning qismlari, zoologiya va botanika kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari va ularning hosilalari, o‘ljalar, tulumlardan keyinchalik foydalanish haqidagi qaror SITESning Ma’muriy organi tomonidan, SITESning Ilmiy organi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
12. Konvensiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Konvensiya talablarini bajarish bo‘yicha majburiyatlarini amalga oshirish maqsadida Ma’muriy organ tomonidan tasdiqlanadigan va zarurat tug‘ilganida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan nizom, qoidalar va yo‘riqnomalar ishlab chiqilishi mumkin.
13. Huquqbuzarlikda aybdor deb topilgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Aybdor deb topilgan shaxs hayvon yoki o‘simlikni tabiiy muhitidan ajratib olganligi yoki bunga imkoniyat tug‘dirganligi, turni noqonuniy ko‘chirganligi (eksport, import) uchun yetkazilgan zararni qoplaydi. Qoplanadigan zararning miqdori turning Konvensiyaning u yoki bu Ilovasiga tegishliligiga bog‘liq.
14. Har qanday turga egalikning qonuniyligini isbotlash majburiyati ushbu tur egasiga yuklanadi.
15. SITESning Ma’muriy organi mansabdor shaxsi huquqbuzarlikni tasdiqlovchi dalillar mavjudligiga ishonch hosil qilsa, gumon qilinuvchi shaxsni ushlab turishi va taxmin qilinayotgan huquqbuzarlikka aloqador namunani olib qo‘yishi mumkin.
16. Namunalar olib qo‘yilishi natijasida yuzaga kelgan xarajatlar, shu jumladan ularni saqlash, tashish va joylashtirish xarajatlari hamda hayvon va o‘simliklarni olib qo‘yilgan vaqtda parvarish qilish bilan bog‘liq xarajatlar huquqbuzardan majburiy tartibda undirib olinadi.
Huquqbuzarlik obyekti hisoblangan namunalar har qanday hollarda olib qo‘yiladi.
IV. Konvensiyaga kiritilgan hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi
Umumiy qoidalar
17. Konvensiyaning Ilovalariga kiritilgan hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida muayyan harakatlarni sodir etishga va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga ruxsatnomalar (keyingi o‘rinlarda ruxsatnoma deb ataladi) SITES Ma’muriy organi tomonidan ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
18. Ruxsatnomalar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha beriladi.
Ruxsatnomada quyidagi kodlardan foydalaniladi:
a) “№ Appendix /№ Ilova” blokida:
I — I Ilova;
II — II Ilova;
III — III Ilova;
b) “Source/Kelib chiqish manbai” blokida:
W — tabiatdan ajratib olingan namunalar;
R — yovvoyi hayvonlarni ko‘paytiruvchi maxsus pitomniklardan kelib chiqqan namunalar;
D — Konvensiyaning 4-bandi VII moddasiga muvofiq eksport qilinadigan I Ilovaga kiritilgan tijorat maqsadlarida tutqunlikda (sun’iy yetishtirilgan) hayvonlar va o‘simliklar hamda ularning qismlari va derivatlari;
A — sun’iy ko‘paytirilgan o‘simliklar hamda ularning qismlari va derivatlari (notijorat maqsadlarida sun’iy ko‘paytirilgan I Ilovaga kiritilgan turlar namunalari hamda II va III Ilovalarga kiritilgan turlar namunalari);
S — “tutqunlikda yetishtirilgan” hayvonlar hamda ularning qismlari va derivatlari (notijorat maqsadlarida tabiatdan tashqarida ko‘paytirilgan I Ilovaga kiritilgan turlar namunalari va II va III Ilovalarga kiritilgan turlar namunalari);
F — tutqunlikda yetishtirilgan tushunchasiga to‘liq javob bermaydigan tabiiy bo‘lmagan joyda yetishtirilgan hayvonlarning birinchi avlodi hamda ularning qismlari va derivatlari;
U — kelib chiqish manbai aniq emas;
I — musodara qilingan yoki ushlab qolingan namunalar;
v) “Purpose/Maqsad” blokida:
T — tijorat uchun;
Z — hayvonot bog‘lari uchun;
G — botanika bog‘lari uchun;
Q — sirklar va ko‘chma ko‘rgazmalar uchun;
S — ilmiy maqsadlar uchun;
N — ov o‘ljalari uchun;
R — shaxsiy buyumlar uchun;
M — biologik izlanishlar uchun;
E — ta’lim maqsadlari uchun;
N — tabiatga introduksiya yoki reintroduksiya qilish uchun;
V — tabiatdan tashqarida ko‘paytirish yoki sun’iy yetishtirish uchun.
19. Ruxsatnomada quyidagi yozuvlar mavjud bo‘lishi lozim: “Tirik hayvonlar uchun mazkur ruxsatnoma haqiqiy hisoblanadi, transport vositalarida olib yurish shartlari SITES tavsiyanomalari, aviatsiyada tashilgan taqdirda esa — IATAning tirik hayvonlar to‘g‘risidagi tavsiyanomalari shartlariga muvofiq bo‘lsa (Forliveanimals, this permit is only valid if the transport conditions conform to the CITES Guide lines for Transport of Live Animalsor, in the case of air transport, to the IATA Live Animals Regulations)”, bu tirik hayvonlarni transport vositalarida tashish shartlari bajarilmaganda bojxona chegarasida mutasaddi organlar ruxsatnomalarni olib qo‘yishga, hayvonlarni esa musodara qilishga majbur ekanligini anglatadi.
20. Ruxsatnomalar har bir alohida namunalar turkumi uchun eksport va reeksportga 6 oygacha, importga esa 12 oygacha muddatga beriladi.
Nazorat qiluvchi organlar uchun faqat maxsus himoya markasiga ega bo‘lgan va SITES Ma’muriy organi muhri bosilib mansabdor shaxs imzo qo‘ygan, aniq bir mamlakat undan foydalanadigan ruxsatnomaning asl nusxasi haqiqiy hisoblanadi.
SITES ruxsatnomasining mavjudligi eksport qiluvchini bojxona, veterinariya va fitosanitariya qoidalariga rioya etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Bojxona chegarasida tegishli tartib-taomillardan o‘tib bo‘linganidan keyin ruxsatnomaning asl nusxasi import qiluvchi mamlakatning SITES Ma’muriy organiga yuborilishi lozim.
Ruxsat beruvchi talablar va shartlar
21. Sodir etishga va (yoki) amalga oshirishga ruxsat berilgan harakatlarni sodir etishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
harakatlarni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan Konvensiya talablariga majburiy rioya qilish;
tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxs uchun — nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganligi yuzasidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng, tabiatdan foydalanuvchi jismoniy shaxs uchun — davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida berilgan guvohnomadagi familiyasi, ismi va otasining ismi yoki faoliyat joyi o‘zgarganidan so‘ng yetti kun ichida SITES Ma’muriy organini xabardor qilish;
tegishlicha vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarga hamda ekologik, sanitariya-gigiyena va boshqa normalar va qoidalarga majburiy rioya qilish;
ruxsatnomalarda ko‘rsatilgan doirada harakatlarni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish;
Havo transporti Xalqaro Assotsiatsiyasining Tirik hayvonlarni tashish qoidalariga rioya etish;
ruxsatnomada ko‘rsatilgan talablarga rioya etish;
ruxsatnomaga o‘zboshimchalik bilan har qanday to‘g‘rilash va qo‘shimchalar kiritilishining taqiqlanganligi;
ruxsatnoma olish uchun ariza ko‘rib chiqilganligi va ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lovni to‘lash.
22. Olib kirish va chetga olib chiqish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida ruxsatnoma boshqa shaxsga berish huquqisiz faqat ariza beruvchiga va uning ishonchli vakiliga beriladi.
Ruxsatnomani olgan shaxs uni boshqa shaxsga foydalanish uchun berishga haqli emas, ruxsatnoma tashkilot rahbari nomiga berilgan hollar bundan mustasno.
23. SITESning Ma’muriy organi ushbu namuna yuzasidan:
qonunchilik buzilishi, shu jumladan namuna kelib chiqqan mamlakat — davlat qonunchiligi buzilgan holda sotib olinmaganligiga;
reeksport qilinishi lozim bo‘lgan namuna ushbu Nizom talablariga muvofiq import qilinganligiga;
tirik namunalarni transportda tashish Konvensiya prinsiplariga muvofiq amalga oshirilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
24. Ruxsatnoma uchun to‘lov amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ariza SITES Ma’muriy organi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 15 ish kuni mobaynida undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Foydalanilmagan ruxsatnomalar yoki qisman foydalanilgan ruxsatnomalarning nusxalari bojxona organlarining belgisi bilan berilgan joyga qaytariladi. Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining olib chiqilmagan (olib kirilmagan) miqdori uchun tabiatdan foydalanuvchining arizasiga muvofiq yangi ruxsatnoma berilishi mumkin. Agar ilgari berilgan ruxsatnoma bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarishidan oldin rasmiylashtirilgan bo‘lsa, narxdagi farq miqdorida ustama to‘lov amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
26. Chetga olib chiqib ketilayotgan hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining bojxona rasmiylashtiruvi SITES Ma’muriy organining ruxsatnomalari asosida amalga oshiriladi, bunda ularga ushbu obyektlarni davlat chegarasidan o‘tkazish vaqtida bojxona organlari tomonidan tegishli belgi qo‘yiladi.
27. Ruxsatnoma uchun to‘lovlar miqdori Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 13-ilovasiga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni olish tartibi
28. Ruxsatnoma tabiatdan foydalanuvchining arizasi asosida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:
yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning familiyasi va ismi;
jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili (telefon raqami) va pasport nusxasini ilova qilgan holda;
eksport, reeksport, importning maqsadlari (tijorat, ilmiy izlanishlar, muzey va hayvonot bog‘lari o‘rtasida almashinuv, ov o‘ljalari, sovg‘a va hokazo);
hayvon yoki o‘simlik turi, uning o‘zbek, lotin va rus tillaridagi to‘liq nomi;
namunalar ta’rifi (tirik hayvonlar, ularning terilari, tulumlar, hayvon tanasi, suyaklari, shoxlari, tishlari, qoni, uvuldirig‘i, shuningdek mahsulotlar va hokazo; tirik hayvonlar uchun — jinsi va yoshi, belgilarining mavjudligi; o‘simliklar uchun — o‘simlikning qaysi qismlari ekanligi) va miqdori;
namunaning kelib chiqishi (tabiatdan olingan, sun’iy sharoitlarda-plantatsiya, oranjereya, pitomniklarda va hokazolarda yetishtirilgan yoki katta qilingan, boshqa mamlakatdan import qilingan, musodara qilingan, sotib olingan, sovg‘a sifatida yoki meros tariqasida olingan va boshqalar);
namunalarni olib kirish yoki chetga olib chiqish mo‘ljallanayotgan muddat, hayvonlar va o‘simliklar namunalarini tashish uchun transport vositalari;
eksport qiluvchi (reeksport qiluvchi) va import qiluvchining yuridik manzili (jismoniy shaxslar uchun — uy manzili va pasport ma’lumotlari) o‘zbek, rus va ingliz tillarida.
Arizaga hayvonlar va o‘simliklar hamda ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya va botanika kolleksiyalarini yetkazib berishga shartnoma (kontrakt), shuningdek arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim. Agar shartnoma (kontrakt) bo‘yicha chetga olib chiqish bir necha bor amalga oshirilsa, u bir marotaba taqdim etiladi.
29. Ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tabiatdan foydalanuvchi tomonidan SITES Ma’muriy organiga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda ularning qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma bilan topshiriladi. Elektron shaklda topshirilgan hujjatlar tabiatdan foydalanuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
30. Ruxsatnoma olish uchun SITES Ma’muriy organiga topshirilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha yoki ariza nusxasiga muvofiq qabul qilinadi, ular ko‘rsatilgan organ tomonidan hujjatlar qabul qilinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda tabiatdan foydalanuvchiga darhol qaytarib beriladi.
Arizani ko‘rib chiqish va ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
31. Ariza hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab 10 ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
32. Ariza ko‘rib chiqilganligi va ruxsatnoma berilganligi uchun har safar:
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslardan — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 koeffitsiyenti miqdorida;
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatdan foydalanuvchi — yuridik shaxsdan — bazaviy hisoblash miqdorining 0,2 koeffitsiyenti miqdorida;
(32-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
chet el fuqarolaridan — 50 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
33. Yig‘im summasi SITES Ma’muriy organining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
34. SITES Ma’muriy organi tabiatdan foydalanuvchiga ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlardan beriladigan qo‘shimcha hujjatlar olishi talab qilingan hollarda, ruxsatnomani berish soddalashtirilgan tartibda “bir darcha”da amalga oshiriladi, bunda SITESning Ma’muriy organi ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni tabiatdan foydalanuvchi ishtirokisiz mustaqil ravishda oladi.
35. Yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning turlarini aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasini olish zarur bo‘lganda SITES Ma’muriy organi Fanlar akademiyasiga xat bilan murojaat etadi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
hayvon yoki o‘simlik turi;
xulosa olishning maqsadi.
36. Xatni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan ko‘rib chiqish muddati — hujjat olingan kundan boshlab 5 ish kunidan oshmasligi lozim.
37. SITES Ma’muriy organi tabiatdan foydalanuvchi tomonidan muayyan xatti-harakatlarni sodir etish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlash zarur bo‘lganda qaror qabul qilish uchun mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda tadqiq qilish, tekshirish yoki boshqa texnik baholashni amalga oshirish huquqiga ega. Ushbu holda ko‘rib chiqish muddati 30 kunga qadar uzaytiriladi.
38. SITES Ma’muriy organi tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay tabiatdan foydalanuvchilarga ruxsatnomani beradi (yuboradi) yoki ruxsatnoma berish rad etilganligi haqida ularni yozma ravishda xabardor qiladi.
39. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:
ruxsatnoma berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning tabiatdan foydalanuvchi tomonidan to‘liq taqdim etilmaganligi;
tabiatdan foydalanuvchining ruxsat berish tartib-taomillari talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
tabiatdan foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini transportda tashish shartlarini ko‘rib chiqish, o‘rganish, tekshirish va boshqa ilmiy va texnik baholash natijalari bo‘yicha asosli salbiy xulosa berilganligi.
40. Ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma tabiatdan foydalanuvchiga rad etish sabablari, aniq qonunchilikning normalari va tabiatdan foydalanuvchi kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqish uchun topshirishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan xolda yozma ravishda xabarnoma jo‘natiladi (topshiriladi).
Tabiatdan foydalanuvchi rad etish sabablarini bartaraf etib, qaytadan ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni topshirish muddati ruxsatnoma berish rad etilganligi haqidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab 10 ish kunidan kam bo‘lmasligi lozim.
41. Rad javobi berilishiga asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatlarda tabiatdan foydalanuvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqish, ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish vakolatli organ tomonidan tabiatdan foydalanuvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi haqidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmasligi lozim. Ariza qaytadan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
42. Arizani qaytadan ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan ilgari ariza beruvchiga yozma ravishda bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarini keltirish bundan mustasno.
43. Ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin tabiatdan foydalanuvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
44. Tabiatdan foydalanuvchi ruxsatnoma berish rad etilganligi hamda vakolatli organ mansabdor shaxsning xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish va dublikatlar berish
45. Tabiatdan foydalanuvchi — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng 7 ish kuni ichida, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, SITESning Ma’muriy organiga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
46. Tabiatdan foydalanuvchi — jismoniy shaxsning unga berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat manzili o‘zgargan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tkazishdan o‘tgandan so‘ng 7 ish kuni ichida, ushbu ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, SITESning Ma’muriy organiga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
461. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ruxsatnomaga ega bo‘lgan tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda, ruxsatnomani ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
462. Ruxsatnomadagi mavjud ma’lumotlar mazkur Nizomning 45, 46 va 461-bandlarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgargan taqdirda, ruxsatnoma tabiatdan foydalanuvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.
(461 va 462-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
47. Hujjatlar tabiatdan foydalanuvchi tomonidan SITESning Ma’muriy organiga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda ularning qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma bilan topshiriladi. Elektron shaklda topshirilgan hujjatlar tabiatdan foydalanuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
48. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilgunga qadar ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan tabiatdan foydalanuvchi yoki uning huquqiy vorisi (merosxo‘ri) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qo‘yilgan ariza asosida unda ko‘rsatilgan harakatni va/yoki faoliyatni sodir etadi yoki amalga oshiradi.
49. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda SITESning Ma’muriy organi berilgan ruxsatnomalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish vakolatli organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan boshlab 5 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
50. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi uchun tabiatdan foydalanuvchining ruxsatnoma berish haqidagi arizasi SITESning Ma’muriy organi tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berilgan sanada to‘lanishi lozim bo‘lgan summaning 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi SITESning Ma’muriy organi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Olingan mablag‘lar moddiy-texnik ta’minlash va tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun sarflanadi.
51. Ruxsatnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda tabiatdan foydalanuvchining arizasiga binoan uning dublikati beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
52. SITESning Ma’muriy organi ariza hamda ruxsatnoma yaroqsiz holga kelgan taqdirda uning asl nusxasi va ruxsatnoma dublikati berilganligi uchun tabiatdan foydalanuvchi tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan boshlab 5 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ruxsatnoma dublikatini berishi (yuborishi) shart. Ruxsatnoma dublikati berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi SITESning Ma’muriy organi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish
53. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, ruxsatnomani bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida belgilangan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
54. Ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatishga asos bo‘luvchi ruxsat berish talablari va shartlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga quyidagilar kiradi:
SITESning Ma’muriy organi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshirishdan bosh tortish;
ruxsatnomadan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini buzish;
ruxsatnoma olish uchun soxta hujjatlar taqdim etish yoki o‘simliklarni asrash va saqlash sharoitlari mavjud emasligi.
Berilgan ruxsatnomalar reyestri
55. SITESning Ma’muriy organi berilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritadi va uni o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
56. Berilgan ruxsatnomalar reyestrida tabiatdan foydalanuvchilar haqidagi quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
tabiatdan foydalanuvchilar — yuridik shaxslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli;
tabiatdan foydalanuvchilar — jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
ruxsatnoma berilgan sana va uning raqami;
ruxsatnomaning amal qilish muddati;
ruxsatnomani qayta tiklash, amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatishning asoslari va sanasi;
ruxsatnomani bekor qilishning asoslari va sanasi;
ruxsatnoma dublikatini berishning asoslari va sanasi.
57. Berilgan ruxsatnomalar reyestridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaning I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar turlari namunalari va o‘simliklar turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsat berish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.


Download 437.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling