1. Ishlab chiqarishda (jarayoni) harakat qilishi bo’yicha farqi bo’ladi. Asosiy kapital aylanma harakatda o’zining buyum ko’rinishini uzoq davrlar saqlab qoladi. Masalan, stanok 10 yil, bino 5-100 yil davomida faoliyatda ishtirok etadi. Aylanma kapital (masalan, paxta, jun, metall) har bir doiraviy aylanishda to’liq unumli iste‘mol qilinadi va qiymatini mahsulotga yoki xizmatga to’liq o’tkazadi.
2. Qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarga o’tkazishi bo’yicha ham farqi bo’ladi. Asosiy kpital ishlab chiqarishda uzoq davrlarda qatnashib, qmyatini qisman-qisman mahsulot va xizmatlarga ko’chirib boradi. Xom ashyo va materiallar, yoqilg’i va energiya kabi aylanma kapital unsurlari har bir doiraviy aylanishda to’lig’icha unumli iste‘mol qilinadi va ularning qiymati mahsulot va xizmatlar qiymatiga to’lig’icha o’tadi.
3. Kapital qiymatining aylanish usuli bo’yicha farq qiladi. Asosiy kapital qiymati ikkiga bo’linadi. Qiymatning mahsulotga o’tgan qismi tovarlar va xizmatlar bilan birga muomalada bo’ladi va pul shakliga o’tib, qoplash fondi shaklida asta-sekin jamg’arilib boradi. Mahsulotga o’tmagan qismi ishlab chiqarish doirasida mavjud bo’lgan asosiy kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. Iste‘mol qilingan mehnat predmetlari qiymati to’la-to’kis aylanib, yangi mahsulotlar qiymati tarkibiga kiradi.
4. Qayta tiklanish usuli. Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida to’xtovsiz ishtirok etishi natijasida yoyiladi, eskiradi, uni yaroqli holatiga qaytarish uchun uning jamg’arilgan qiymatidan sarf qilinadi va yangilanadi. Aylanma kapital har bir doirviy aylanishdan keyin ashyoviy byyum shaklida qaytib tiklanadi.
Tadbirkorlik kapitali o’z harakatida ishlab chiqarish va muomala bosqichlarini bosib o’tadi. Shu sababli uning aylanish vaqti (Av) ishlab chiqarish vaqti (Iv) bilan va muomala vaqti (Mv) yig’indisida iborat bo’ladi:
Av = Iv + Mv (7)
Ishlab chiqarish vaqti uch qismdan iborat bo’ladi:
1) Bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri (Id);
2) Turli tanaffuslar davri (Td);
3) Ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zahiralarida bo’lish davri (Zd).
Demak,
Do'stlaringiz bilan baham: |