1. Tadbirkorlik kapitalining mohiyati, doiraviy aylanishi, uning bosqichlari va funksional shakllari


Download 31.21 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi31.21 Kb.
#1562978
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisod nazariyasi 5

Obligatsiya – uning egasiga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo’yganligini tasdiqlaydi. Aktsiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi uning kreditori hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya akitsyadan farq qilib, o’z egasiga yillik kafolatlangan daromad keltiradi, ammo hissadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda ovoz berish huquqini bermaydi. Obligatsiyalar bo’yicha to’lanadigan daromad odatdagi ssuda foizi miqdoridan ortiq bo’lmaydi. Uning qiymati hissadorlik amiyati tomonidan ma‘lum muddat o’tishi bilan to’lanadi. Aktsiyaga qo’yilgan mablag’ obligatsiyaga joylashtirilgandan farq qilib, aktsioner talabi bo’yicha qaytarilishi mumkin emas va faqat sotish orqali qoplanadi.
Hissadorlik jamiyatining tashkil topishi ta‘sischilik foydasi kabi daromad turining paydo bo’lishi bilan bog’liqdir. Ta‘sischilik foydasi sotilgan aktsiyalar summasi va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo’yilgan mablag’ miqdori o’rtasidagi farqdan iborat. Hissadorlik korxonasida ta‘sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi daromad turi shakllanadi.
Dividend (lotincha dividendus – bo’linishga tegishli) – aktsiya egasiga to’lanadigan daromad. Dividend vositasida aktsiya egasi qimmatli qog’ozning shu turiga qo’yilgan pul mablag’lari (kapital) ning tegishli qismiga o’zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat hissadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi, qolgan qismi jamg’arishga, soliq to’lashga ketadi. Dividend miqori olinadigan foyda va chiqarilgan aktsiya miqdoriga bog’liq bo’lib, odatda ssuda foizlari yuqori bo’ladi.
T  adbirkor ixtiyorida bo’lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag’lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi. Tadbirkorlik kapitali doimo ishlab chiqarish va muomala jarayonida harakatda bo’ladi. Bu harakatda kapital bir qancha bosqichlarni bosib o’tadi. Ishlab chiqarishga sarflanadigan har fanday sarmoya o’z harakatini pul shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya‘ni ishlab chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi). Sotib olingan tovarlar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslardiр
Iv
P  → Т (1)
Ik
Pul ko’rinishidagi kapital (mablag’lar) unumli kapital shakliga aylanadi. Kapital harakatdagi ikkinchi bosqich ishlab chiqarish (Ich) jarayoni hisoblanib, uning natijasida unumli tovar (T) shaklini oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq bo’ladi, ya‘ni


Iv
Т …… IT' (2)
Ik
Bu bosqichda hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositalarining ko’chgan qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va ular tomonidan vujudga keltirilgan qo’shimcha mahsulot qiymati ham mavjud bo’ladi.
Uchinchi bosqichda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish sodir bo’ladi. Ya‘ni, Т' → P′ (3) aylanadi.
Т' = Т + ∆t; P′ = P + ∆n бo’лади.
Tovarlarni sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish omillari sotib olish uchun sarflanadi va jarayon takrorlanaveradi.
Tadbirkorlik kapitalining o’z harakatidagi uch bosqichni izchil bosib o’tib, muntazam ravishda bir shakldan boshqa bir shaklga aylanib, yana dastlabki shakliga qaytib kelishi uning doiraviy aylanishi deyiladi. Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muomala sohasida, ya‘ni resurslar va tovarlar bozorida, ikkinchi bosqich esa ishlab chiqarishda ro’y beradi. Formuladagi (.....) ishlab chiqarish jarayoni va muomala sohasi o’rtasidagi oraliqlar bilan ajratilib ko’rsatiladi.
Kapital birinchi bosqichda pul shaklida, ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari va uchinchi bosqichda tovar shaklida yuzaga chiqadi. Kapital doiraviy aylanish jarayonida uning har bir shakli alohida vazifani bajaradi va shunga ko’ra ular kapitalning harakati shakllari deyiladi.
Kapital pul shaklining harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratishda iborat. Bu jarayonda pul avanslanib, unga ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olishga sarflanadi. Kapital unumli shaklining harakati tovarlar ishlab chiqarish va xuddi shu jarayonda qiymatning o’sishiga erishishni ta‘minlash sodir bo’ladi. Kapital tovar shaklining harakati orqali ishlab chiqarilgan tovarlar qiymatining narx shaklida ro’yobga chiqishi sodir bo’ladi va o’sgan qiymatning pul aylanishi bilan tadbirkorning foyda olish maqsadi ta‘minlanadi. Tadbirkorlik kapitalining har uchala shakli bir vaqtda o’z doiraviy aylanishiga ega bo’ladi.
Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi:
Iv
P  → Т ....I....Т' → P′ (4)
Ik
Unumli kapitalning doiraviy aylanishi:
Iv
Т ....I....Т' → P′ (5)
Ik
Tadbirkorlik kapitali tovar shaklining doiraviy aylanishi
Iv
Т →P → Т ....I....Т' → P′ (6)
Ik
Xullas, kapital o’z harakatini puldan boshlasa P-bilan, unumli-ishlab chiqarishdan boshlasa unumli ishlab chiqarish bilan, tovar shaklidan yana tovar shakliga qaytib kelishi lozim
Kapitalning harakati doimiy va uzluksiz aylanma harakatda bo’lishi lozim. Shu jumladan tadbirkorlik kapitali ham o’z aylanma harakatida takrorlanib turadi.
Kapital harakatining ketma-ket uzluksiz aylanishi, takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyiladi. Aylanma harakatda bo’lgan kapitalning harakati bir xil tezlikda bo’lmaydi. Masalan,unumli iste‘molda bo’lgan xom ashyo va materiallar qiymati bir doiraviy aylanishdan keyin, boshqa qismi, masalan, mehnat qurollari qiymati bir necha doiraviy aylanishdan keyin o’zining boshlang’ich shakliga qaytadi.
Kapital o’zining aylanishiga ko’ra ikki qismga bo’linadi:
1. Asosiy kapital;
2. Aylanma kapital.
Ishlab chiqarish jarayonida ko’p marta doiraviy aylanishda ishtirok etib, o’zining qiymatini tayyor mahsulotga va xizmatga bo’lib-bo’lib o’tkazib borishi va o’zining ashyoviy-buyum shaklini o’zgartirmasligi asosiy kapital deyiladi.
Bir doiraviy aylanish davomida to’liq iste‘mol qilinib, o’zining qiymatini mahsulot va xizmatlarga to’liq o’tkazishi va ashyoviy-buyum shaklini o’zgartirishi yoki yo’qotishi aylanma kapital deyiladi.
Asosiy va aylanma kapitallar bir-birlaridan farq qiladi:

Download 31.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling