1. Tadbirkorlik kapitalining mohiyati, doiraviy aylanishi, uning bosqichlari va funksional shakllari
Download 31.21 Kb.
|
Iqtisod nazariyasi 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat ishlab chiqarish korxonalari
- Kooperativ tadbirkorlik
Davlat korxonalari учта гуруhга бo’лиш мумкин:
1) Бюджет корхоналари; 2) Давлат ишлаб чиqариш корхоналари; 3) Аралаш корхоналар. Huquqiy va xo’jalik mustaqilligiga ega bo’lmagan korxonalar byudjet korxonalariga kiradi. Bu korxonalar davlatning ma‘muriy-boshqarish tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlariga bevosita bo’ysunadi. Ular olgan foydasidan soliq to’lamaydi, barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali o’tadi. Davlat ishlab chiqarish korxonalari - bu korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular alohidalashgan mol-mulkka ega bo’lib, xo’jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi. Aralash kompaniyalar – hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aktsiyalari davlatga va xususiy omonatchilarga taaluqli bo’ladi. Ular qonun doirasida ish yuritadigan yuridik shaxslar siftaida ish yuritadilar. Ularga davlat tomonidan moliyaviy yordam va dotatsiyalar beriladi, chet el litsenziyalarini yengil shartlar bilan oladilar, davlat korxonalaridan xom ashyo va yarim narxlarda olish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan ta‘minlangan bo’ladilar. Korxonalar xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, jamoa korxonalari, ijara korxonalari, xo’jalik birlashlamalari shaklida tuzilishi mumkin. Kooperativ tadbirkorlik – jamoa tadbirkorlikning alohida shakli bo’lib, jamoa mulkiga asoslanadi va kooperatsiya a‘zolarining uning faoliyatida o’z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo qiladi. Kooperativ mulkchilikning asosiy belgilari bor: a) ishlovchilar ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita qo’shiladi; b) kooperatsiya a‘zolarining ishlab chiqarish ositalaridan keng foydalanadi; v) iqtisodiy jihatdan teng huquqlidir; g) jamoa o’z-o’zini boshqaradi; d) jamoani va shaxsiy manfaatlari uyg’unlashadi. Download 31.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling