1. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yichaqo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida


Download 51.06 Kb.
bet2/3
Sana22.09.2023
Hajmi51.06 Kb.
#1684916
1   2   3
Bog'liq
Ijtimoiy tadbirkorlik

ikki oy muddatda yengil konstruksiyali xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini auksion savdolari orqali joylashtirish tartibini joriy etish;
bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A.Qo‘chqorov, S.O‘.Umurzakov va Sh.M.G‘aniyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasini tashkil etish
Hududiy guruhlar tomonidan chuqur tahlil asosida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishdagi byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish belgilandi.
Quyidagilar hududiy guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holatini, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va boshqa infratuzilmani o‘rganish, shuningdek, ularni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklari mablag‘larini jalb etgan holda yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

  • hududlarning ehtiyoji va salohiyatidan (resurs, tabiiy-iqlim, mehnat va boshqalar) kelib chiqib, investitsiya kiritishni talab etadigan istiqbolli loyihalarni, shuningdek, bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalarini o‘rganish va aniqlash;

  • tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va tegishli hududda amalga oshirish taklif qilinayotgan istiqbolli loyihalarni tezkor ko‘rib chiqish choralarini ko‘rish, salohiyatli investorlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish;

  • tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklarining kredit liniyalari hisobidan amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini ta’minlash;

  • bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalarini auksion savdolariga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarning tezkorlik bilan hal etilishini ta’minlash;

  • joylarda davlat organlari va tashkilotlari darajasida hal qilinmagan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq muammoli masalalarni, shuningdek, zarur hollarda, istiqbolli tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni Komissiyaga kiritish;

  • vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalarining tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish.

Hududiy guruhlar moliyalashtirish manbalarini (mahalliy byudjet, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning tegishli faoliyat sohalari bo‘yicha byudjetdan tashqari jamg‘armalari) aniqlagan holda, davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga tegishli hududda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli loyihalar bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnoma asosida loyiha tashkilotlarini jalb etish yuzasidan majburiyatlarni yuklash huquqiga ega.
Tegishli hududda, shu jumladan, bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalaridan foydalangan holda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining veb-saytlarida va Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladi, shuningdek, televideniyeda e’lon qilinadi.
Qarorda O‘zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasini tashkil etish to‘g‘risdagi taklif ma’qullandi. Uning asosiy vazifalari loyiha, injiniring va konsultatsiya xizmatlarini rivojlantirish, uyushma a’zolarini istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatga jalb etish, uyushma a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish, xalqaro moliya institutlari hisobidan moliyalashtiriladigan muhandislar-konsultantlar, loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarining malakasini oshirish va boshqalardan iborat.
Bundan tashqari, xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda ixtisoslashtirilgan investitsiya kompaniyasini tashkil etish rejalashtirigan bo‘lib, investitsiya kompaniyasi investorlar, shu jumladan, xorijiy investorlar resurclarini jalb etishi, investitsiya kompaniyasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ustav kapitalida ularning samaradorligi va daromadliligi ko‘rsatkichlarini oshirish uchun ishtirok etishi, investitsiya kompaniyasi bo‘sh mablag‘larining respublika hududlaridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun joylashtirilishi, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish uchun mahalliy va xorijiy konsultantlar jalb etilishi nazarda tutilgan.


Download 51.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling